Elektron hukumatga o‘tishdan asosiy maqsad




Download 184,87 Kb.
bet7/87
Sana22.01.2024
Hajmi184,87 Kb.
#143131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87
Bog'liq
Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

Elektron hukumatga o‘tishdan asosiy maqsad: 
 Aholiga xizmatlar sifatini oshirish

18
 Hukumatning fuqarolar va buyurtmachilar uchun ochiq-oydin ish olib


borishini takomillashtirish
 Hukumat, fuqarolar va xo‘jalik subyektlari o‘rtasida informatsion axborot
almashinuvi ta’minlanishi
 Ma’muriy xarajatlarning kamaytirilishi. 
Elektron hukumat hukumat vazifalarini o‘zgartirib, uning jamiyatdagi
boshqaruv rolini kuchaytiradi.

Elektron hukumat klassik modelida quyidagi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha


axborot ayirboshlash sohalari ajratiladi :
 G2C - government to citizens, davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasida
axborot ayirboshlash;
 G2B - government to business, davlat organlari bilan tijorat sohasi faoliyat
ko‘rsatayotgan xususiy kompaniyalar, ishbilarmonlar o‘rtasida axborot
ayirboshlash;
 G2G - government to government, davlat organlari bilan davlat organlari
o‘rtasida axborot ayirboshlash;
 G2E – government to employee, davlat organlari bilan uning xodimlari
o‘rtasida axborot ayirboshlash.
Shuningdek elektron hukumat modeliga quyidagi :
 Fuqarolarning davlat axborot resurslariga erkin murojaat qilishlarini
ta’minlovchi;
 Davlat organlarida ish yuritishning qog‘ozsiz texnologiyalarini joriy
etuvchi;
 Barcha davlat organlarining yil davomidagi faoliyati ko‘rsatkichlarini
fuqaro
va
parlament
tomonidan
kuzatish
va
boshqarishni
ta’minlovchi;
 Davlat organlari bilan tijorat kompaniyalari o‘rtasida oldi-sotdi
transaksiyalarini amalga oshiruvchi va shu kabi qator foydali amaliy
elementlar ham kiradi.

19
O‘zbekiston elektron hukumat yaratish konsepsiyasiga muvofiq elektron


hukumatning
asosiy
maqsadi

zamonaviy


axborot-kommunikatsiya
texnologiyalardan keng ko‘lamda foydalangan holda davlat organlari faoliyati
samaradorligini oshirish va boshqarishni takomillashtirishdir.
Shulardan kelib chiqqan holda elektron hukumatda quyidagi vazifalar
bajarilishi kerak:
 hukumat tasarrufidagi elektron hujjatlarning ayirboshlanishini (G2G – 
davlat organlari bilan davlat organlari o‘rtasida axborot ayirboshlash
modeli bo‘yicha) amalga oshirishni ta’minlovchi Davlat korporativ
tarmog‘i – Intranetni shakllantirish;
 Internet tarmog‘idan foydalangan holda Davlat axborot xizmati
ko‘lami va assortimentini kengaytirish (G2C, G2B modellari
bo‘yicha) va axborotlarga murojaat qilishni ta’minlash;
 Davlat organlari bilan fuqarolar, boshqa subyektlar o‘rtasida muloqot
tashkil etishning elektron tizimlarini yaratish va joriy etish (e-
demokratiya modeli);
 texnik va axborot xavfsizligini ta’minlash.

O‘zbekiston elektron hukumati modeli jahon tajribalariga asoslangan


holda ikki bir-biri bilan bog‘langan, lekin funksional jihatdan mustaqil bo‘lgan
bloklardan iborat: hukumatning Intranet tarmog‘i va tashqi infrastruktura, ya’ni
barcha uchun ochiq bo‘lgan Internet tarmog‘i.
Hukumat Intranet tarmog‘i davlat idoralari o‘rtasida korporativ
masalalarni yechishga qaratilgan axborot tizimining ichki infrastrukturasini
qamrab oladi.
Korporativ
masalalar idoralar
ichida
va
idoralararo
munosabatlarni va turli pog‘onadagi davlat organlari xodimlari o‘rtasidagi
jamoa ishlarini bajarishdagi munosabatlarini o‘z ichiga oladi.

20
Hukumat Intranet tarmog‘ining asosiy komponentlaridan biri ichki


axborot tizimlari ishini qo‘llab-quvvatlovchi va ularning o‘zaro hamkorlikda
ishlashini ta’minlovchi himoyalangan yagona transport muhitidir.
Elektron hukumatni shakllantirishga oid O‘zbekitston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007 yil 23 avgustda 181- sonli «Davlat va
xo‘jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy
shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» Qarori qabul qilingan. Mazkur Qarorda Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi
Nizom, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri tasdiqlangan.
Qarorda Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Тoshkent shahar hokimliklari interaktiv davlat
xizmatlari ko‘rsatish va ko‘rsatilayotgan ana shunday xizmatlarni kengaytirish,
yuridik va jismoniy shaxslarning interaktiv davlat xizmatlaridan sifatli
foydalanishini ta’minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng
qo‘llash yo‘li bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati
organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishlari
belgilab o‘tilgan.

Download 184,87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87




Download 184,87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron hukumatga o‘tishdan asosiy maqsad

Download 184,87 Kb.