• Tashkiliy tizim
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 184,87 Kb.
    bet10/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    Tizimlar tasnifi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga
    o‘xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi.
    Tasniflash — 
    bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar, ya’ni, kirish va
    chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi,
    boshqaruvning resurslari bilan ta’minlanganligi va hokazo bo‘yicha amalga
    oshirish mumkin. Bizni tizimning kelib chiqishi bo‘yicha tasniflash qiziqtiradi.
    Sun’iy tizimlar 
    — bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir.
    Tabiiy tizimlar 
    bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan
    tizimlar.
    Aralash tizimlar
    tabiiy va sun’iy tizimlarni o‘z ichiga oladi.
    Ergonomik tizimlar — 
    bu, «mashina — inson — operator» majmui.
    Biotexnik tizimlar 
    — tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan
    tizimlardir.
    Tashkiliy tizimlar — 
    bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar
    jamoasidan tashkil topgan tizimlar sanaladi.
    Tashkiliy tizim — boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma, maqsadlar,
    boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag‘batlantirish qoidalari mezonlari
    uchun foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va texnik vositalarning
    ishlatilish tartibini belgilovchi qoidalar yig‘indisidir.
    Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar
    jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo‘ljallangan.
    Oxirgisi ancha muhim holat hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar texnik
    vositalarning o‘ziga xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi
    lozim.

    24
    Tizimda boshqaruv obyekti - bu muayyan moddiy zaxiralarga ega va aniq


    mahsulotni olishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajaruvchi
    vazirlik, idora, korxona, sex, ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi
    yoki ayrim shaxslardir. Boshqaruv obyektining faoliyati ishlab chiqarish
    jarayoni
    chog‘idagi
    turli
    holatlardagi
    vazifalarni
    amalga
    oshirishga
    bo‘ysindirilgan.
    Boshqaruv organi obyektni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan
    foydalanuvchi shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi.
    Tashkiliy tizimlar avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan bo‘lishi
    mumkin.
    Tashkiliy tizimlar bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki o‘ziga
    xosligi shuki, tizimning asosiy elementi murakkab, faol tizim bo‘lgan insondir.
    Inson yurish-turishi, xulqi jihatlarining amaliy talablarini bayon etuvchi
    norasmiy modellarini tuzish juda murakkab, ba’zan esa iloji yo‘q. Ayni paytda
    inson tashkiliy tizimlarda qaror qabul qiluvchi shaxs (QQSh) hisoblanadi.
    Tashkiliy tizimlarning ikkinchi o‘ziga xosligi — ko‘p maqsadli ishlash
    xususiyatidir. Ushbu tizimlar faoliyatining samaradorligi umuman olganda ham
    uning kichik tizim va elementlarini tashkil etuvchilariga ko‘ra ko‘plab
    miqdordagi texnik, iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi.
    Samaradorlikni baholashning ko‘pqirraligi ko‘pgina o‘zaro bog‘liq jihatlar
    bo‘yicha boshqarishni tashkil etish zaruriyatiga olib keladi. Bunda tizimning
    boshqa elementlari bilan moddiy va axborot jihatdan o‘zaro ta’sirini tashkil etish
    talab etiladi.
    Uchinchi o‘ziga xoslik - tashkiliy tizimlarning uzluksiz rivojlanishini o‘z
    ichiga oladi, u yangi ehtiyojlar paydo bo‘lishi, bu ehtiyojlarni tashqi va ichki
    shart-sharoit hamda o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda qondirish yo‘llarini
    takomillashtirishdan iborat. Oqibatda, obyektlar tarmoqlari doimiy o‘zgaradi,
    uning elementlari o‘rtasida yanga aloqalar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ham
    alohida obyekt, ham umuman tizim sifatida boshqarish tizimi o‘zgaradi.

    25
    Axborot tizimi deb ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, izlash, qayta ishlash


    va uzatishning qo‘yilgan maqsadga olib boruvchi vositalari, metodlari va
    personalning o‘zaro bog‘liq majmuasiga aytiladi.
    O‘zbekiston Respublikasida 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan
    “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunda axborot tizimiga quyidagicha ta’rif
    berilgan: «Axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov
    berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga
    solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari».
    Demak, axborot tizimi deb qo‘yilgan maqsadga erishish uchun axborotni
    to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini
    beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot
    texnologiyalari va aloqa vositalari hamda personalning o‘zaro bog‘liq
    majmuasiga aytiladi.

    Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari 1.1-jadvalda aks


    ettirilgan.
    1.1-jadval. Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari

    Download 184,87 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87




    Download 184,87 Kb.