|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 2/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.org2.Axborot
tizimlari
va
texnologiyalari,
ularni
iqtisodiy
jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar.
Axborot tizimidagi jarayonlar quyidagi bloklardan iborat:
axborotlarni tashqi yoki ichki manbalardan kiritish;
kiritilgan axborotlarni qayta ishlash va qulay ko‘rinishda tasvirlash;
axborotlarni iste’molchilarga chiqarish yoki boshqa AТlarga uzatish;
teskari aloqa – mazkur tashkilot personali tomonidan qayta ishlanib
yana kiritiladigan axborot.
Axborot tizimlari quyidagi xususiyatlarga ega:
har qanday axborot tizimi -tizimni yaratishning umumiy tamoyillariga
binoan tahlil qilinishi, qurilishi va boshqarilishi mumkin;
axborot tizimi o‘zgaruvchan va taraqqiy etuvchidir;
axborot tizimini yaratishda tizimli yondoshishga amal qilinadi;
7
axborot tizimining mahsuloti bo‘lmish axborotga asoslangan holda
qarorlar qabul qilinishi mumkin;
axborot tizimini axborotlarni qayta ishlashning inson-kompyuter tizimi
sifatida qarash mumkin.
Hozirda axborot tizimini kompyuter vositasida yaratiladigan tizim sifatida
tushuniladi, lekin umuman olganda axborot tizimi kompyutersiz variantda ham
yaratilishi mumkin.
Axborot tizimining faoliyatini tushunish uchun u hal qiladigan
muammolarning mohiyatini va u jalb qilingan tashkiliy jarayonlarni e’tiborga
olish lozim. Masalan, qaror qabul qilishni ta’minlovchi kompyuterli AТ ning
imkoniyatlarini tushunishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
yechilayotgan boshqaruv masalalarining strukturalashganini;
firma boshqaruvining yechimni qabul qilishi lozim bo‘lgan darajasini
(bo‘g‘inini);
hal kilinayotgan muammoning biznesning muayyan funksional
sohasiga tegishliligini;
ishlatilayotgan axborot texnologiyasining turini.
|
| |