• Xususiyatlar
  • Bog‘lanishlar
  • Tizimning xususiyatlari
  •  Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari




    Download 184,87 Kb.
    bet8/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    4. Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari 

    O‘rganilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham umumiy, ham ayrim


    xususiyatlarga ega bo‘lgan tizimning ko‘plab tushuncha va ta’riflari mavjud.
    Tizim 
    deganda elementlari orasidagi va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi
    aloqalar majmuiga ega bo‘lgan, ya’ni bir-biriga chambarchas bog‘langan
    qismlardan iborat bir butun obyektlar majmuasi tushuniladi. «Tizim»ni
    aniqlashda quyidagi atamalar ishlatiladi: «obyektlar», «bog‘lanishlar» (aloqalar),
    «xususiyatlar».

    21
    Obyektlar — 


    tizimning bir bo‘lagi yoki komponentlari bo‘lib, jismoniy,
    matematik o‘zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar,
    axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo‘linmalari kabi ko‘plab cheklanmagan
    qismlarga ega.
    Xususiyatlar — 
    bu obyektning sifatini ifodalovchi parametrlardir.
    Xususiyat tizimning ma’lum bir o‘lchamga ega obyektlarini bittalab miqdoriy
    jihatdan bayon etish imkonini beradi. Obyektlarning xususiyatlari tizim harakati
    natijasida o‘zgarishi mumkin.
    Bog‘lanishlar (aloqalar) 
    obyektlar va ularning xususiyatlarini tizim
    jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining
    kenja tizimlari va tizimlar o‘rtasida aloqa bo‘lishi nazarda tutiladi. Ayrim
    umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o‘rtasida
    aloqaning mavjud bo‘lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar
    bilan biror-bir aloqaga ega bo‘lmagan element ko‘rib chiqilayotgan tizimga
    kirmaydi.
    Tizimning xususiyatlari
    quyidagilar sanaladi: elementlar murakkabligi,
    maqsadga qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi,
    bo‘linishligidir.
    Tashkiliy murakkablik tizimning asosiy xususiyati sanaladi va u elementlar
    o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar (o‘zaro harakatlar) miqdori bilan aniqlanadi.
    Elementlar o‘rtasidagi chatishib, qo‘shilib ketgan o‘zaro aloqalar shunday
    tuzilganki, u birorta parametr aloqasining o‘zgarishiga olib keladi.
    Tashkiliy murakkablik elementlar tizimini tashkil etuvchi tavsiflar miqdori
    bo‘lmagan, yaxlit holda, faqat tizimga tegishli tavsiflarni aniqlaydi. Umuman
    olganda, tizim uni tashkil etuvchi elementlardan boshqacharoq tavsiflarga ega
    bo‘libgina qolmay, balki uning barcha qismlaridan sifat jihatidan farqlanadi.
    Shuningdek elementlar ega bo‘lmagan boshqa vazifalarni ham bajarish
    xususiyatiga ega.
    Tizim
    butunligining
    o‘ziga
    xosligi
    bilan
    aniqlanadigan
    yangi
    xususiyatlarning paydo bo‘lishi ba’zan emerjentlik (inglizcha «emergent» —

    22
    yuzaga keluvchi, paydo bo‘luvchi) deb ataladi. Tizimlarni qismlarga, ayniqsa


    o‘zi tarkib topadigan elementlarga bo‘lganda bunday vazifalar yoki tavsiflar o‘z-
    o‘zidan yo‘q bo‘ladi.

    Download 184,87 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




    Download 184,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari

    Download 184,87 Kb.