|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 16/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.org7.
Nazorat qilish
— boshqariladigan obyektlarning me’yorida ishlashidan
chalg‘ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat.
8.
Boshqarish
— tasodifiy ta’sirlar sababli tizim ishining me’yoriy rejasidan
chetlashishini bartaraf etash maqsadida qaror qabul qilish, ya’ni qayta aloqa
asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor o‘lchovlari o‘zgarishiga
ko‘ra boshqariluvchi obyektga ta’sir ko‘rsatishidir.
9.
Tahlil
— tizimning joriy holatini o‘rganishda ish samaradorligini oshirish
uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat.
Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo
bo‘lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida
boshqaruvga ehtiyoj bo‘ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan
tayyorlangan axborot talab qilinadi.
35
6. Axborot tizimlari, ularning vazifalari
Tegishli tashkilotlar (obyektlar)da faoliyat ko‘rsatuvchi va turlicha
tuziluvchi axborotlar majmui uning axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi — barcha resurslarni samarali
boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab chiqish,
tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat.
Boshqaruv tizimini ko‘rib chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta
darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin: strategik, taktik va tezkor. Ushbu har bir
darajaning o‘z vazifalari bo‘lib, ularni hal etishda axborotga bo‘lgan ehtiyoj,
ya’ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot
tizimidagi tegishli axborotlarga qaratilgan. Axborot texnologiyalari talablarni
qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib javoblarni shakllantirshni
imkonini beradi. Shunday qilib, boshqaruvning har bir darajasida kerakli qarorni
qabul qilish uchun asos bo‘luvchi axborot paydo bo‘ladi.
Boshqaruv darajasi ahamiyatligiga ko‘ra qancha yuqori bo‘lsa,
mutaxassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan
ish hajmi shuncha kam bo‘ladi. Biroq, bu holda, axborot tizimining
murakkabligi va intelektual imkoniyatlari hamda menejerning qaror qabul qilish
chog‘idagi roli ortadi. Boshqaruvning har qanday darajasi turli miqdor va turli
darajadagi axborotga muhtoj bo‘ladi.
Axborot texnologiyalari kabi axborot tizimlari ham texnik vositalardan
foydalanib va ularsiz ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiq masala.
Tashkilot axborot tizimida axborot hajmining o‘sishi, uni yanada murakkab
usullarda qayta ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini
avtomatlashtirish, ya’ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
36
Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish
bilan bog‘liq barcha harakatlar inson tomonidan amalga oshiriladi. Axborotni
qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi
qoidalarni qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o‘z navbatida
«sof axborot tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya’ni boshqaruv
jarayonida qo‘llaniladigan ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, to‘plash, qidirish,
qayta ishlash va uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida
boshqarish va shuningdek insonning qaror qabul qilish bo‘yicha ishi qisman
amalga oshirilgan.
|
| |