5. Axborot tizimlarining turlari.
Funksional alomat tushunchasi
Fun k s i o n a l a l o m a t
tizimga tegishli qism tizim vazifasi, uning asosiy
maqsadlari va funksiyalarini aniqlaydi. Axborot tizimining strukturasi funksional tizim
qismlari to‘plamidan iborat, funksional alomat esa axborot tizimlarini tasniflashda
foydalaniladi.
41
Ishlab chiqarish, tijorat obyektlari bo‘yicha xo‘jalik yuritish amaliyotida funksional
alomat quyidagi faoliyat turlari bilan bog‘liq: ishlab chiqarish, marketing, moliyaviy,
kadrlar.
I s h l a b c h i q a r i s h
faoliyati bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnika
yangiliklarini yaratish va ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan bog‘liq.
Mapk e t i n g
faoliyati quyidagilardan iborat:
• ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bozorini tahlil etish, savdo-sotiqni
tahlil etish;
• mahsulot realizatsiyasini ta’minlash uchun reklama kampaniyasini tashkil
etish;
• moddiy-texnika ta’minotini ratsional (oqilona) tashkil etish.
Mol i ya vi y
faoliyat firmaning buxgalteriya, statistik va operativ axborotlari
asosida resurslarni nazorat etish va tahlil qilishni tashkil etish bilan bog‘liq.
Kadrlarga
oid faoliyat
firma uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, bu
boradagi xizmat hujjatlarini yuritish bilan bog‘liq.
Yuqoridagi faoliyatlar mos ravishda axborot tizimlarini umumiy holda quyidagi
turlarga ajratish imkonini beradi:
• ishlab chiqarish tizimlari;
• marketing tizimlari;
• moliyaviy va hisobga olish tizimlari;
• kadrlar tizimi;
• firma faoliyati va uning xususiyatidan kelib chiqqan holda yordamchi
vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan boshqa turdagi tizimlar turi.
42
Yirik firmalarda asosiy axborot tizimi funksional vazifalarni bajaruvchi
bir necha qism-tizimlaridan iborat bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqarish faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyaning axborot tizimi quyidagi qism-
tizimlardan tashkil topadi: zahiralarni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini
boshqarish,
mahsulot
realizatsiyasini
boshqarish,
alohida
bo‘limlar
(buxgalteriya, rejalashtirish, kadrlar va boshqalar) ishini bosqarish va shu
kabilar.
1-jadval. Axborot tizimlari funksional alomati.
Marketing
tizimlari
Ishlab
chiqarishning
Moliya va
hisob-kitob
Kadrlar
tizimlari (inson
Boshqa
tizimlar,
masalan,
Bozorni o‘rganish
va
savdoni
bashorat qilish.
Ish hajmini reja-
lashtirish va
kalendar rejalarni
Buyurtmalar
portfelini
boshqarish.
Mehnat
resurslari va
ularga bo‘lgan
Firma faoliyati
ustidan nazorat.
Savdo-sotiqni
boshqarish.
Ishlab
chiqarishning
Kredit
siyosatini
Xodimlar
haqidagi
Dolzarb
muammolarni
Narxlarni tahlil
qilish va
Uskunalarning
ishlashi tahlili.
Moliya rejasini
tuzish.
Kadrlar
tayyorlash
Boshqaruv va
strategik vaziyatlar
Buyurtmalarni
hisobga olish.
Yetkazib
beruvchilarga
buyurtmalarni
Moliyaviy
tahlil va
bashorat.
Strategik
yechimlarni ishlab
chiqish jarayonini
Zahiralarni
boshqarish.
Budjet
nazorati.
Buxgalteriya
hisobi va
43
Axborot tizimining turi u kimlarning manfaatlariga xizmat qilishi va boshqarishning
qaysi bo‘giniga tegishliligi bilan bog‘liq.
1-rasmda axborot tizimlari funksional alomatlarga ko‘ra va boshqarish
pog‘onasiga
taalluqliligi nuqtai-nazaridan tasniflash variantlaridan biri keltirilgan.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, boshqarish pog‘onasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
ushbu pog‘onaga mos mutaxassislarning axborot tizimi asosida ish yuritishlari
ko‘lami shunchalik kam bo‘ladi. Biroq, boshqaruvchi (menejerlar) tomonidan qaror
qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradigan axborot tizimining
intellektual imkoniyatlari va murakkablik darajasiga bo‘lgan talablar oshib boradi.
Boshqarishning ixtiyoriy bo‘g‘ini har bir funksional tizimlardagi turli kesimlardagi
va turli sig‘imlarga ega bo‘lgan axborotlarga ehtiyoj sezadi.
44
|