|
Operativ boshqaruv pog‘onasiga tegishli axborot tizimlari
|
bet | 21/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgOperativ boshqaruv pog‘onasiga tegishli axborot tizimlari:
buxgalteriya;
bank depozitlari;
buyurtmalarni qayta ishlash;
aviabiletlarni qayd qilish va realizatsiya qilish;
oylik maoshlarni hisoblash va boshqalar.
Mutaxassislar axborot tizimlari ma’lumotlar bilan ishlovchi mutaxassislar,
loyihachilar, muhandislar mehnat unumdorligini oshirishda yordam beradilar. Ularning
vazifasi qog‘ozli axborotlarni qayta ishlashni osonlashtirish va yangi ma’lumotlarni
tashkilot bazasida integratsiyalashdan iboratdir.
46
Jamiyat va ishlab chiqarish taraqqiyoti, iqtisodiyotning o‘sishi kelajakda
mana shunday axborot tizimlarining keng ko‘lamda joriy etilishiga bog‘liq.
Bunday tizimlarda ikki guruhni alohida ajratib o‘tish o‘rinlidir:
• ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari;
• bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari.
Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari o‘zining soddaligi va keng
qamrovligi tufayli ixtiyoriy tashkiliy bo‘g‘in xodimlari tomonidan faol
ishlatiladilar. Ko‘pincha ulardan o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan kichik
mutaxassislar, buxgalterlar, kotibalar va hattoki yuqori malakaga ega bo‘lgan
mutaxassislar foydalanadilar. Asosiy maqsad – ma’lumotlarni qayta ishlash, ish
yuritish samaradorligini oshirish va axborotlarni qayd qilish, ularni izlash,
so‘rovlar bo‘yicha muayyan shakllar yoki jadval ko‘rinishidagi hisobotlarni
tayyorlashni tezlashtirishdir.
Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari axborot xizmati ko‘rsatish sohalari
xodimlarini xaridorlar, buyurtmachilar, iste’molchilar bilan aloqani o‘rnatish
imkonini yaratadi. Ularning faoliyati asosan hujjatlar yuritish, kommunikatsiyani
boshqarish, reja-jadvallar ishlab chiqishni qamrab oladi. Bunday tizimlar quyidagi
funksiyalarni bajaradilar:
• turli matn protsessorlari asosida kompyuterda matnlarni qayta ishlash;
• yuqori sifatli bosma mahsulotlarni ishlab chiqish;
• hujjatlarni arxivlash;
• elektron kalendarlar va ish yuritishga doir ma’lumotlarni elektron yozuv
daftarchasida saqlash;
• elektron va audiopochta;
• video- va telekonferensiyalar.
Bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari, shu jumladan, ekspert tizimlar
muhandislar, huquqshunoslar, olimlar uchun yangi mahsulot yaratishda
foydalaniladigan zarur bilimlarni qamrab oladilar. Ularning vazifasi yangi
axborot va yangi bilimlarni yaratishdir. Masalan, muhandislik va ilmiy
47
loyihalashning ixtisoslashtirilgan ishchi stansiyasi yuqori darajadagi sifat
talablariga javob beradigan texnik ishlanmalarni yaratish uchun imkoniyat
yaratadi.
|
| |