Strategik axborot tizimlari




Download 184,87 Kb.
bet23/87
Sana22.01.2024
Hajmi184,87 Kb.
#143131
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
Bog'liq
Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

 Strategik axborot tizimlari 

Har qanday tashkilotning istiqboli va kelajagi qabul qilingan strategiyaga bog‘liq.


Strategiya deganda istiqbolli, uzoq muddatga mo‘ljallangan masalalarni yechishga
yo‘naltirilgan metodlar va vositalar to‘plami tushuniladi.

49
Ushbu tushuncha bilan “strategik metod”, “strategik vosita”, “strategik tizim” va shu


kabi tushunchalarni ishlatish mumkin. Hozirgi vaqtda firmaning rivojlanish va istiqbolli
strategiyasi masalalarida axborot tizimlarining o‘rniga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday axborot tizimlari strategik muhim tizim sifatida e’tirof etilib, firmaning ravnaqi,
vazifalari, metodlari, mahsulotlari, xizmatlari sifatini oshirishda, raqobatchilardan o‘zib
ketishga, iste’molchilar va ta’minlovchilar o‘rtasida yangi munosabatlarning
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadilar. Yangi strategik axborot tizimlari paydo bo‘ldi.
Strategik axborot tizimi — tashkilotning strategik istiqbolli maqsadlarini
amalga oshirishga oid qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter
axborot tizimidir.
Axborot tizimlarining yangi sifatlari hattoki firmaning strukturaviy tuzilishi, uning
mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishlarini o‘zgartirib, gurkirab rivojlanib ketishiga ta’sir
ko‘rsatgani haqida ma’lumotlar ko‘pgina. Biroq shunday salbiy holatlar ham kelib
chiqqanki, axborot tizimi joriy etilishi natijasida shtatlar soni qisqartirilishi, firmadagi
ruhiy holatning o‘zgarishi kuzatilgan.
Iste’mol bozorida mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, o‘zining
raqobatchilariga ega bo‘lgan firma faoliyati misolida strategik axborot
tizimlarining
sifatini
ko‘rib
chiqaylik.
Bunday
sharoitlarda
firma
raqobatchilaridan o‘zib ketishi kerak. Strategik axborot tizimidan foydalanish
bunday vaziyatlarda nimalarni beradi?
Bunday savolga javob olish uchun, firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini
tushunib olish kerak. Firma faoliyatiga quyidagi tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
• bozorda o‘z siyosatlarini yuritayotgan raqobatchilar;
• tovar xarid qilish va xizmatlardan foydalanish bo‘yicha turli imkoniyatlarga
ega bo‘lgan xaridorlar;
• mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazib
beruvchi ta’minotchilarning narxlar bo‘yicha siyosati.
Firma raqobatda yutib chiqib, bozorda o‘zining siyosatini yuritishi uchun
quyidagi omillarga e’tibor qaratishi va strategiyalarga amal qilishi zarur:

50
 bozorda mavjud bo‘lgan tovarlardan farq qiladigan, yangi tovarlar va


xizmatlarni yaratish;
 firmaning tovar va xizmatlari sifati boshqa raqobatchi firma tovarlari va
xizmatlaridan tubdan farq qiladigan, afzalligi e’tirof etiladigan yangi
bozorlarni va sharoitlarni izlab topish;
 firma o‘zga xaridorlar va ta’minotchilarni izlab topib, ularga murojaat
qilishidan ko‘ra har xil aksiyalar asosida muqim xaridorlar va
ta’minotchilarni o‘ziga biriktirib olishi;
 mahsulot sifatini pasaytirmagan holda uning narxini tushirish.
Strategik bo‘g‘in axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilar uchun
strukturalashtirilmagan masalalarning
yechimini olish, uzoq muddatli
rejalashtirish ishlarini bajarish imkonini beradilar. Asosiy masala – firmaning
yoki tashkilotning tashqi muhitdagi holatni tahlil qilish va solishtirishi asosida
ichki imkoniyatlari va zahiralarini baholash. Ular tasodifan yuzaga keladigan
vaziyatlarni hisobga olishda, nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilishda
kompyuter va telekommunikasion qaror qabul qilishning umumiy muhit
yaratishlari kerak. Eng so‘nggi takomillashtirilgan dasturlardan foydalanib,
bunday tizimlar ixtiyoriy vaqtda ko‘pgina manbalardan zarur axborotlarni
yetkazib berishlari mumkin. Ba’zi strategik axborot tizimlari uchun chekli
analitik imkoniyatlar mavjud.
Ushbu tashkiliy bo‘g‘inda axborot tizimlari yordamchi rolni o‘ynaydilar va
ulardan menejer tomonidan qaror qabul qilish uchun zarur axborotlarni operativ
tarzda yetkazib berishda foydalanadilar.
Hozirgi strategik axborot tizimlaridan ko‘p rejalilik, ko‘p funksiyaviylik
sharoitida foydalanilayotgan bir paytda ularni yaratishning umumiy tamoyillari
hali ishlab chiqilmagan. Bu masala borasida ikki xil nuqtai-nazarlar mavjud:
birinchisi - dastlab maqsadlar va ularga erishishning strategik yo‘llarini aniqlab
olish kerak, so‘ng esa axborot tizimlarini unga moslashtirish kerak; ikkinchi
nuqtai-nazar - tashkilot strategik axborot tizimlaridan o‘z maqsadlarini

51
aniqlashda va strategik rejalashtirishni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.


Lekin kelajakda bu ikki nuqtai-nazarning umumiy sintezi asosida strategik
axborot tizimlarini yaratish yaxshi samara berishi e’tirof etilmoqda.

Download 184,87 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Download 184,87 Kb.