|
Boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha
|
bet | 26/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.org
55
Boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha umumdavlat va tarmoqlararo
boshqarish organlari, tarmoq va hududiy boshqarish organlari, tashkilotlarining
axborot tizimlariga ajraladi.
Tegishli organning avtomatlashtirish va ishlash maqsadlariga bog‘liq holda
umumdavlat va tarmoqlararo axborot tizimlari nomlanishda muayyan farqlarga
ega.
Davlat va tarmoqlararo boshqarish organlariga axborotni qayta ishlash
tizimlari, ma’lumotlar bazasi va banki, ekspert va axborot-izlash tizimlari kiradi,
ular davlat hokimiyati organlari va boshqaruv, tarmoqlararo organlar ishini
ta’minlaydi.
Tarmoqlararo avtomatlashgan axborot tizimlari milliy iqtisodni boshqarish
organlarining (bank, moliya, statistika, ta’minot va boshqalar) ixtisoslashgan
tizimidir. Ular o‘z tarkibida qudratli hisoblash komplekslari, tarmoqlararo ko‘p
darajali avtomatlashgan axborot tizimlariga ega bo‘lib, iqtisodiy va xo‘jalik
bashoratlarini, davlat budjetini ishlab chiqish, xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlari
faoliyati natijalarini nazorat qilish va tartibga solishni amalga oshiradi.
Boshqaruvning tarmoq tamoyilini amalga oshiruvchi organlar uchun
axborot tizimlarini tuzilmalarining bo‘g‘inliligidan kelib chiqib ajratish
mumkin: vazirlik (idora, konsern, assotsiatsiya, xolding) axborot tizimlari —
birlashma — korxona.
Boshqaruvni tarmoq tamoyili bo‘yicha amalga oshiruvchi organlar uchun
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash tarmoq axborot tizimlarini barpo
etishga olib keladi, vazirliklar, banklar, idoralar, korporatsiya va hokazolarni
ta’minlovchi axborot, ma’lumotlar banki va bazasini qayta ishlash tizimini
o‘zida namoyon etadi. Bu tizimlar TTTK lokal hisoblash tarmoqlari bazasida
yaratiladi. Tarmoq axborot tizimida axborotni to‘plash, uzatish, qayta ishlash va
tahlil qilish amalga oshiriladi. Bu boshqarish apparatining qarorlarni qabul qilish
va ularni idoralarga qarashli korxona va birlashmalargacha yetkazishda
majburiy ishtirokini ko‘zda tutadi.
56
Korxona (tashkilot, muassasa) tizimida axborot texnologiyalarini tadbiq
etish korxonaning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratishga olib keladi,
u avtonom holda ham, ishlab chiqarish birlashmasi axborot tizimi tarkibida ham,
tarmoq axborot tizimida ham ishlashga mo‘ljallangan.
Agar korxonaga ishlab chiqarish, sex, brigada kabilar majmuasini namoyon
etuvchi tizim deb qaralsa, bu darajalarning har birida axborot
texnologiyalaridan foydalanish mumkin. Ularning
1 - jadval
Axborot tizimlarining sinflari
|
| |