• Qo‘llanish sohasi bo‘yicha
  • Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra




    Download 184,87 Kb.
    bet25/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra texnik (texnologik) jarayonlarni
    avtomatik boshqarish tizimlari (TJABT) va tashkiliy (yoki ma’muriy)
    boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TBAT) o‘zaro farqlanadi.
    Dastlabkisi texnologik jarayonlarni keng ma’noda boshqarishga (raketa, stanok
    va hokazolarni boshqarish), ikkinchisi — ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatga ega
    obyektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ularning asosiy farqi boshqarish
    obyektining mazmunida. Birinchi holda — bu turli xil mashina, asbob-uskuna,
    qurilmalar bo‘lsa, ikkinchisida — eng avvalo odamlar, jamoa sanaladi. Boshqa
    bir farqi — axborot uzatish shaklida. Birinchi tizimlarda axborot uzatishning
    asosiy shakllari bo‘lib turli xil signallar (elektrik, optik, mexanik va hokazo)
    xizmat qiladi. Ikkinchi xil tizimlarda asosiy axborot uzatish shakli — hujjatdir.
    So‘nggi paytlarda TJABT va TBATning yagona integratsiyalashgan
    boshqarish tizimiga qo‘shilish tendensiyasi kuzatiladi. Bunday qo‘shilishda
    tizimda aylanuvchi axborotlarni signallar va maxsus turdagi hujjatlar shaklida
    mashina tashuvchilarga uzatiladi. Bu bilan TJABT va TBAT o‘rtasidagi farqlar
    ma’lum darajada yo‘qoladi.

    53
    Qo‘llanish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari moddiy ishlab chiqarish,


    ijtimoiy va boshqaruv sohasiga ajraladi. Ishlab chiqarish sohasida quyidagi
    yo‘nalishlar bo‘yicha axborot tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
    mashinasozlik majmui, yoqilg‘i-energetika majmui, transport majmui,
    metallurgiya majmui, kimyo-o‘rmon majmui, transport majmui, metallurgiya
    majmui.
    Ijtimoiy sohada axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi:
    sog‘liqni saqlash, nafaqa va ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va aholi dam
    olishi, ijtimoiy va sotsial hayot, xizmatlar va aholi maishiy hayoti, savdo va
    umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit muhofazasi.
    Boshqaruv sohasida axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha
    ajratiladi: deputatlar korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va
    statistika, tashqi iqtisodiy faoliyat, moliya organlari, bank tizimlari, huquqni
    muhofaza etish organlari va hokazolarga xizmat ko‘rsatish.
    Faoliyat
    ko‘rsatish
    sohasi
    bo‘yicha
    axborot
    tizimlari
    quyidagi
    yo‘nalishlarga ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi va hokazo.
    Qo‘llanish doirasi bo‘yicha asosiy klassifikatsiyaviy (tasnifiy) belgi
    axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash sohasi bilan aniqlanadi.
    Texnologik
    jarayonlarni
    kompleks
    avtomatlashtirishda
    axborot
    texnologiyalarini
    qo‘llash
    texnologik
    jarayonlarni
    avtomatlashtirilgan
    boshqarish tizimi (TJ ABT), moslashgan ishlab chiqarish tizimlari (MIT ABT),
    transport-omborxona tizimlari (TOT ABT)ning yaratilishiga olib keladi. Bunday
    tizimlarni yaratishdan maqsad — milliy iqtisod tarmoqlarini yuqori ishonchli
    mehnat vositalarini tadbiq etish hisobiga texnik qayta jihozlashni ta’minlash,
    ularni avtomatlashgan uchastka va texnologik jarayonlarga komplekslash, ishlab
    chiqarishga moslashuvchanlik, iqtisodiylik bag‘ishlashdir.
    Axborot texnologiyalarini ilmiy-tadqiqot loyihalarida, konstruktorlik
    ishlarida,
    texnologik
    tayyorlashda
    qo‘llash
    ushbu
    sohalarning
    avtomatlashtirilgan tizimlari yaratilishiga olib keladi.

    54
    Kompleks ITAT va LAT ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha tashkilotlarida


    fundamental tadqiqotlarni olib borish va texnika, texnologiyalarning yangi
    avlodlarini yaratishda foydalaniladi. Bunday tizimlar tarkibiga sun’iy intellekt
    komponentlari (ekspert tizimlar, bilimlar bazasi, multimedia vositalari) va ishchi
    stansiyalari lokal tizimlari va
    tadqiqotchi hamda konstruktorlarning
    avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIU) kiradi.
    Axborot texnologiyalarini ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlari
    va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan asosiy maqsad «tadqiqot
    loyihalash — konstruktorlash — ishlab chiqarishga tayyorlash» hayotiy
    siklining barcha bosqichlarida mahsulot ishlanmalari va texnologiyasini
    o‘tkazish sifati, foydalanish xarakteristikasi, texnologiyasi, yangi mahsulot
    ilmiyligi jihatini oshirish, nomenklaturani kengaytirish, tajribaviy ishlab
    chiqarishni qisqartirishdan iborat.
    Boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy tizimlarida obyekt sifatida iqtisodiyotni
    boshqarishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish,
    ijtimoiy-iqtisodiy funksional jarayonlar xizmat qiladi. Axborot tizimlari
    boshqarish xizmatlari xodimlarining axborot xizmat ko‘rsatish tizimlari bo‘lib,
    axborotni to‘plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash bo‘yicha texnologik
    vazifalarni bajaradi. U konkret iqtisodiy obyekt uchun qabul qilingan metodlar
    va tuzilmaviy boshqaruv faoliyati tomonidan belgilangan reglamentda
    shakllanadi va ishlaydi, uning oldida turgan maqsad va vazifalarni bajaradi.
    Tashkiliy-iqtisodiy tizimlar xalq xo‘jaligida qabul qilgan boshqarish
    organlari tuzilmasiga muvofiq kichik sinflarga bo‘linmasligi mumkin.
    Tashkiliy-iqtisodiy tizimlarda barpo etilgan avtomatlashgan axborot
    vositalari axborotni qayta ishlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun
    mo‘ljallangan axborot, iqtisodiy-matematik metodlar va modellar, texnik,
    dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislar yig‘indisini o‘zida aks ettiradi.

    Download 184,87 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




    Download 184,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra

    Download 184,87 Kb.