|
Axborot tizimlarini tasniflashning boshqa alomatlari
|
bet | 24/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.org
Axborot tizimlarini tasniflashning boshqa alomatlari
Axborot tizimi tushunchasi ko‘p qirrali, uning mazmuni va mohiyati
axborot texnologiyasi qo‘llanilayotgan obyektning o‘ziga xos xususiyatlari,
xossalari bilan belgilanadi. Axborot tizimini to‘liq va har tomonlama bilish
uchun uning o‘ziga xos xususiyatlari tizimini aniqlash kerak bo‘ladi. Shu
maqsadda quyida axborot tizimini bir necha alomatlariga ko‘ra sinflarga ajratish
mumkin:
• avtomatlashtirish darajasi;
• boshqaruv jarayonining turlari bo‘yicha;
• qo‘llanilish sohalari bo‘yicha;
• faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha;
• qo‘llanilish doirasi bo‘yicha;
• boshqaruv tizimi darajasi bo‘yicha;
• integratsiyalashuv darajasi bo‘yicha;
• qo‘llanilish yo‘nalishi bo‘yicha;
• sifat darajasi bo‘yicha va hokazo.
Axborot tizimining sinf belgilari ichida ularning qo‘llanish
sohalari asosiy hisoblanadi.
Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra avtomatlashtirilgan, avtomatik va
avtomatlashtirilmagan (an’anaviy) boshqarish tizimlari o‘zaro farqlanadi.
Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bo‘g‘inini (operatorlar, ma’muriy apparat)
o‘zining organik tarkibiy qismiga kiritadi. Avtomatik tizimlar esa yig‘ish va
sozlashdan so‘ng inson ishtirokisiz (proflaktik nazorat va ta’mirlashni hisobga
olmasa) prinsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni ko‘proq texnologiyalarni
52
boshqarishda qo‘llashadi, garchi bu o‘rinda avtomatlashtirilgan tizimlar afzal
ko‘rilsa ham. Tashkiliy boshqaruv tizimlariga kelganda, ular bu spetsifikasidan
kelib chiqib avtomatik bo‘la olmaydi. Odamlar bu tizimlarda quyidagi asosiy
vazifalarni hal etadi: birinchidan, bu boshqarish maqsadlari va mezonlarining
qo‘yilishi va tuzatib borilishidir (ular sharoit o‘zgarganda o‘zgartirib boriladi),
ikkinchidan, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning eng yaxshi yo‘llarini izlab
topishda ijodiy elementlarni kiritish (qo‘llanayotgan texnologiya yoki tashkiliy
ishni keskin o‘zgartirish), uchinchidan, ishlab chiqilayotgan qarorlar tizimini
tugal tanlash va ularga yuridik kuch berish. Nihoyat, to‘rtinchi vazifa bo‘lishi
mumkin, bu tizimni boshlang‘ich axborot bilan ta’minlashki, uni to‘plashni
to‘liq avtomatlash mumkin emas yoki noratsional hisoblanadi (masalan,
kadrlarni hisobga olish ma’lumotlari, ish joyining o‘zgarishi ahvoli va
hokazolar).
|
| |