|
Adabiyotlar: 1-7, 11-15, 17-19, 38-40, 42-46
|
bet | 31/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.org
Adabiyotlar: 1-7, 11-15, 17-19, 38-40, 42-46.
63
Mavzu. Axborot texnologiyalarining tasnifi va vazifalari.
Reja :
1. Texnologiyalarning umumnazariy jihatlari.
2. Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi.
3. Ekspert tizimlari.
4. Boshqaruv faoliyatida axborot texnologiyalari.
5. Tadqiqot va loyihalashda axborot texnologiyalari.
6. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari turlari.
Tayanch so‘z va iboralar:
Texnologiya, jarayon, axborot texnologiyasi, avtomatlashtirish, zamonaviy
axborot texnologiyasi, bosqichlar, operatsiyalar, amallar, kommunikatsiya
tizimi,
avtomatlashtirilgan
axborot
texnologiyasi,
elektron
ofis,
avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar tizimlari, avtomatlashgan loyihalash tizimi,
tarmoqli va integrallashgan axborot texnologiyalari, ekspert tizimlari; sun’iy
intellekt; bilimlar bazasi; xususiyat; interpretator
1. Texnologiyalarning umumnazariy jihatlari
Texnologiyalar. Texnologiya deganda ma’lum bir maqsadga erishish
uchun amalga oshiriladigan jarayonlar tizimidan iborat bo‘lgan yaratuvchilik
faoliyati tushuniladi. (yunoncha techne - hunar, sa’nat, logy- fan).
Jarayon deganda maqsadga erishishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar
majmui tushuniladi. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan
belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish
jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor
mahsulot shakli, xususiyati, holatining o‘zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash
64
usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash
deganidir.
Axborot texnologiyalari to‘g‘risida gap ketganda, material sifatida ham,
mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu obyekt, jarayon yoki
hodisa to‘g‘risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo‘ladi. Texnologiya
xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali
namoyon bo‘ladi.
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning
boshidan oxirigacha bo‘lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy
elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy elementlar (texnologik
operatsiyalar) ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur texnologik
jarayon asosiga nisbatan sifatli uslublar va tamoyillar orqali, ikkinchidan,
mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish
uchun jalb etish mumkin bo‘lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning tamoyilial imkoniyatini tavsiflab
beradi. Ularning asosini inson tomonidan o‘rganilgan (balki to‘liq emas) tabiiy
(fizik, kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur soha mutaxassislarining
ilmiy izlanishlari natijasida to‘plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim
qonuniyatlar tashkil etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya usullar va
tamoyillarni belgilovchi butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining
ahamiyati ham turlicha. Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik jihatlarini,
ikkinchisi ishning iqtisodiy tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi.
Uslublar va tamoyillarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga
nisbatan ta’siri har xil bo‘lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub yoki
tamoyillarning ishlab chiqarishga nisbatan ta’siri hisobga olinmasligi mumkin.
Uslub va tamoyillar ishlab chiqarishning oxirgi jarayonidagi mahsulotni
olishni belgilab beradi. Ushbu mahsulotni olishga erishish uchun, ishni kim va
qanday bajarish davomiyligi aniq belgilangan bo‘ladi. Mahsulotni yaratish
jarayonida turli xil ishni amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan
65
asbob-uskuna vositalari texnologiya tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Asbob-uskuna vositalarining mavjudligi (yoki bo‘lmasligi) tayyor mahsulot
ko‘rinishida natijalar olish uchun zarur bo‘lgan texnologik operatsiyalar
ro‘yxatini belgilaydi. Agar uni yaratish bo‘yicha belgilangan barcha funksiyalar
amalga oshirilsa (asbob-uskuna vositalari yordamida yoki ularni qo‘llamasdan),
amalda o‘sha buyumni olish texnologiyasini ishlab chiqish mumkin. Aksincha,
ayrim funksiyalar bajarilmasa yoki mavjud asbob-uskunalar bilan uni bajarish
o‘ta murakkab bo‘lsa, u holda tegishli operatsiyani bajara oladigan asbob-
uskunalarni yaratish vazifasi qo‘yiladi yoki bunday texnologiyani yaratish
imkoniyati yo‘qligi haqida qaror qabul qilinadi. Moddiy ishlab chiqarish
texnologiyasi deganda tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali
belgilanadigan xom ashyo, material holati, xususiyati va shaklining o‘zgarish
jarayoni tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadida
materialning sifati yoki boshlang‘ich holatini o‘zgartiradi.
|
| |