• Тayanch so‘z va atamalar
  • Nazorat uchun savollar
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 184,87 Kb.
    bet30/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    7. Ekspert tizimlari — ET (intellektual komponentli axborot tizimi) EHMda
    ma’lumotlar bazasidan tashqari yana ikkita — bilimlar va maqsadlar bazasi
    mavjudligi bilan ajralib turadi. Ma’lumotlar bazalari (MB) boshqaruv tizimi va
    obyektining miqdoriy formal tavsifiga ega; bilimlar bazasi (BB) tashqi muhit
    haqidagi noformal semantik tasavvurlar, obyektlarning ayrim sifat tavsifini, ular
    orasidagi munosabatlar, mumkin bo‘lgan harakatlar, holatlar, abstraksiyalar,
    stereotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi modellashtiriladigan obyektlar
    uchun xos bo‘lgan o‘zaro bog‘liq maqsadlar, kenja maqsadlar, ularga yetishish
    uslublari va vositalari to‘g‘risidagi tasavvurga ega. Bunday tizimlar ijodiy,
    ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida juda dolzarb.
    Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo‘yicha mutaxassislar
    tajribasi va bilimini to‘plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi.
    Тayanch so‘z va atamalar 
    Axborot; axborotga bo‘lgan ehtiyoj, axborotlashtirish; axborotlashgan
    jamiyat; axborot madaniyati; informatika; axborot resursi; axborot resurslarining

    61
    yoki axborot tizimlarining mulkdori; axborot resurslarining yoki axborot


    tizimlarining egasi; axborot texnologiyasi; axborot tizimi; elektron raqamli
    imzo; elektron raqamli imzoning yopiq kaliti
    Tizim; obyektlar, xususiyat; aloqalar; tizim xususiyatlari; tizim tasnifi;
    axborot tizimlari; axborot tizimidagi jarayonlar; boshqarish tizimining
    pog‘onaliligi; axborot tizimining vazifalari; axborot tizimi; axborot ta’minoti,
    texnik ta’minot, matematik ta’minot, dasturiy ta’minot, huquqiy ta’minot,
    ergonomik ta’minot, lingvistik ta’minot, tashkiliy ta’minot, uslubiy ta’minoti
    Nazorat uchun savollar: 
    1. «Axborot tizimlari» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari nimalardan
    iborat?
    2. Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni
    boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar nimalardan iborat?
    3. O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish
    borasida qanday ishlar olib borilmoqda?
    4. axborotlashtirishning asosiy tushunchalari tarkibi nimalardan iborat?
    5. Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni yechishda qaysi asosiy
    jarayonlarni o‘z ichiga oladi?
    6.Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda axborot tizimlari fanining roli?
    7. Axborot tizimlarini joriy etilishi orqali qanday natijalarga erishish
    mumkin?
    8. O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasining asosiy
    maqsadlari nimalardan iborat?
    9. Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning asosiy ustivor yo‘nalishlari
    nimalardan iborat?
    10. Obyekt, xususiyat yu aloqalarning ta’rifini keltiring.
    11. Qanday turdagi tizimlarni bilasiz ? Tashkilot deganda nimani tushunasiz?
    12. Tashkilotning axborot tizimi nima uchun xizmat qiladi?
    13. Boshqaruv tizimining pog‘onaliligini tushuntirib bering.

    62
    14. Axborot tizimi deganda nimani tushunasiz?


    15. Axborot tizimlari qanday maqsadlar uchun xizmat qiladi?
    16. Axborot tizimining tuzilishini tushuntirib bering.
    17. Axborot tizimining axborot ta’minoti nima?
    9. Axborot tizimining texnik ta’minotini nimalar tashkil etadi?
    10. Axborot tizimining lingvistik ta’minoti nimalarni o‘z ichiga oladi?
    11. Axborot tizimining hayotiy sikli nimalarni o‘z ichiga oladi?
    13. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari qanday tasniflanadi?
    14. Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra axborot tizimlari qaysi sinflarga
    ajraladi?
    15. Qo‘llanilish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari qaysi sinflarga ajraladi?
    16. Boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha axborot tizimlari qaysi sinflarga
    ajraladi?
    17. Integratsiyalashuv darajasiga ko‘ra axborot tizimlarini nechta sinfga
    ajratish mumkin?
    18. Sifat darajasiga ko‘ra axborot tizimlarining qaysi sinflarini bilasiz?
    19. Axborot-qidiruv tizimlari qanday vazifalarni bajaradi?
    20. Axborot-ma’lumotnoma tizimining ta’rifini keltiring.
    21. Ekspert tizimlari qanday masalalarni hal qiladi?

    Download 184,87 Kb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




    Download 184,87 Kb.