• Ekspert tizimi
  • Sun’iy intellekt
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 184,87 Kb.
    bet38/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    3. EKSPERT TIZIMLARI
    Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot
    texnologiyalarining turli-tumanligi, kompyuterda yechiladigan masalalarning
    murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator
    vazifalarni qo‘ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini
    insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani yechish
    yo‘llaridan biri — bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi.
    Ekspert o‘zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali axborotni
    aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning eng
    maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi.
    Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar
    bazasidan foydalaniladi.
    Ekspert tizimi — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va
    qo‘llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi
    mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash
    chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi.

    76
    Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil


    etadi.
    Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan.
    Sun’iy intellekt deganda aqliy xatti-harakatlarga nisbatan kompyuter
    tizimining qobiliyati tushuniladi. Ko‘pincha bunda inson fikrlashi bilan bog‘liq
    qobiliyat anglanadi.
    Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U
    foydalanuvchining roziligidan qat’iy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta
    oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan, tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara
    oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari
    keladigan axborotlarni guruhlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi,
    identifikatsiyalaydi, tashxis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi
    va hokazo.
    Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha:
    • yaqin davrlargacha EHMda yechish qiyin yoki umuman yechib
    bo‘lmaydigan deb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini yechish,
    optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;
    • dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga (eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z
    tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni
    vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash;
    • yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish
    uchun ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari,
    ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi;
    • foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod
    rang-barangligi, yoki hatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul
    qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli yecha olmaydigan savollar yoki
    muammolarni hal etish;

    77
    • takomillashgan


    asboblar
    va
    ushbu
    tizimdagi
    foydalanuvchi
    mutaxassisning shaxsiy tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi
    ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish imkoniyati;
    • ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish
    maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi.
    Bilimlar bazasi — bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar yechimini
    topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar
    (ma’lumotlar) majmuidir.

    Axborot ta’minotining alohida yaxlit strukturasi ko‘rinishida yaqqol ko‘zga


    tashlangan va tashkil etilgan predmet sohasi haqidagi bilim boshqa bilim
    turlaridan, masalan, umumiy bilimdan ajratib turadi. Bilimlar bazasi asosiy
    ekspert tizimi sanaladi. Bilimlar fikrlash va vazifalarni hal etish usuliga imkon
    beruvchi aniq ko‘rinishda ifodalanadi va qaror qabul qilishni soddalashtirishga
    ko‘maklashadi. Ekspert tizimining asosligini ta’minlovchi bilimlar bazasi
    tashkilotning bo‘linmalaridagi mutaxassislar bilimini, tajribasini o‘zida
    mujassamlashtiradi va institutsional bilimlarni (ixtisoslashganlar majmuini,
    yangilanayotgan strategiyalar, qarorlar uslublari) ifodalaydi.
    Bilim va qoidalarni turli aspektlarda ko‘rib chiqish mumkin:
    • chuqur va yuzaki;
    • sifat va miqdoriy;
    • taxminiy (noaniq) va aniq;
    • muayyan va umumiy;
    • tavsifiy va ko‘rsatma (yo‘l-yo‘riq) beruvchi.
    • Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruv qarorlarini olish
    uchun qo‘llashlari mumkin.

    Download 184,87 Kb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87




    Download 184,87 Kb.