Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi




Download 184,87 Kb.
bet35/87
Sana22.01.2024
Hajmi184,87 Kb.
#143131
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87
Bog'liq
Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

 
2. Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi 
Axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqichlari. XIX asrning
ikkinchi yarmigacha axborot texnologiyasining asosini pero, siyohdon va
buxgalteriya daftari tashkil etgan. Kommunikasiya (aloqa) paket (rasmiy
hujjatlar solingan konvert) yuborish orqali amalga oshirilar edi. Axborotni qayta
ishlash mahsuldorligi o‘ta past bo‘lib, har bir xat alohida, qo‘lda ko‘chirib
olingan. Qaror qabul qilish uchun bir-biriga qo‘shiladigan hisob-kitobdan
boshqa axborot ham bo‘lmagan.

70
«Qo‘l» axborot texnologiyasi o‘rniga XIX asr oxirida «mexanik»


texnologiya kirib keldi. Yozuv mashinasi, telefon, diktafonning kashf etilishi,
jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi — bular bari avvaliga axborotni qayta
ishlash texnologiyasida, so‘ng ish mahsuldorligida sezilarli o‘zgarishlar yuz
berishiga zamin bo‘ldi. Mohiyatan, mexanik texnologiya mavjud muassasalarda
tashkiliy tarkibining shakllanishiga yo‘l ochib berdi. XX asrning 40—60-
yillarida «elektr» texnologiyasi paydo bo‘lib, u yechib almashtiriladigan
elementlarga ega elektr yozuv mashinkalari, oddiy qog‘ozdan foydalanuvchi
nusxa ko‘chirish mashinasi, portativ diktafonlardan iborat edi. Aynan shu
vositalar hujjatlarni qayta ishlash sifati, soni va tezligini oshirish hisobiga
boshqarish faoliyati yaxshilandi. Ko‘pgina zamonaviy muassasalar «elektr»
texnologiyasiga asoslangan.
60-yillarning ikkinchi yarmidan esa «elektron (yoki «kompyuter»)
texnologiyasi yuzaga kela boshladi va axborotning shaklini emas, mazmunini
o‘zgartirishga urg‘u berila boshlandi.
Ma’lumki, boshqaruvning axborot texnologiyasi axborotni qayta ishlash
bo‘yicha eng kamida quyidagi muhim uchta tarkibiy qismga ega bo‘lishi lozim:
hisobga olish, tahlil va qaror qabul qilish. Bularni kompyuterlarda amalga
oshirish tobora murakkablashib bormoqda. Chunki, o‘zida sanoqsiz
ma’lumotlarni jamlagan «qog‘ozlar dengizi» tobora kengayib bormoqda.

Download 184,87 Kb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87




Download 184,87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi

Download 184,87 Kb.