• Kommunikasiya tizimining rivojlanishi.
  • Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi




    Download 184,87 Kb.
    bet36/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi. Aytish mumkinki, axborot
    texnologiyasi bir necha million yillar avval odamzod o‘rtasida ilk bor o‘zaro
    muloqotga kirishish usullari (turli tovushlar chiqarish, imo-ishora, xatti-
    harakatlar qilish) paydo bo‘lishi bilan birga yuzaga kelgan deb aytish mumkin.
    Bunda axborot almashinuvi faqat yakka shaxslar o‘rtasidagina amalga
    oshirilgan. Nutq paydo bo‘lishi bilan birga (taxminan 100 ming yil oldin)
    odamlar miyasida axborot to‘planishi imkoniyati yuzaga keldi.
    Keyingi bosqichda, ya’ni yozuvning paydo bo‘lishi (5—6 ming yil avval)
    insoniyatning umumiy, jamoa xotirasining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.

    71
    Aynan yozuvning paydo bo‘lishi axborotni to‘plash, uzatish, qayta ishlash,


    saqlash va yetkazish kabi to‘liq jarayonni amalga oshirishga imkoniyat yaratib
    berdi. Bu imkoniyat tufayli axborot moddiy tashuvchilarda qayd etila boshlandi.
    Axborot tizimi va texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan
    kommunikatsiya vositalari bilan bog‘liq.
    Kommunikasiya tizimining rivojlanishi. Axborot
    texnologiyasining
    rivojlanishi axborotni taqdim etish tizimidan tashqari, axborot kommunikatsiya
    vositalarini takomillashtirish bilan bog‘liq edi. Ular axborotning nomoddiy
    tashuvchisi, ya’ni nutq paydo bo‘lgandan so‘ng yuzaga kelgan. Buni axborot
    texnologiyasining rivojlanishi tarixidagi ilk «portlash» deb baholash mumkin
    edi. Taraqqiyotning keyingi fazasi — qog‘oz kashf qilingunga qadar
    axborotning moddiy tashuvchi vositalari o‘zgarib bordi. Ya’ni, so‘zlarni toshga
    o‘yib yozish orqali birinchi marta axborotni ko‘z bilan ko‘rib qabul qilish
    imkoniyati yuzaga keldi. Eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikda avvaliga
    loydan, so‘ng yog‘ochdan yasalgan taxtakachlarga yozishga o‘tildi va bu
    axborot-kommunikatsiyalarga dinamik mazmun kasb etdi. Papirusning kashf
    etilishi axborot tashish vositasining hajmini oshirdi va unga bo‘yoq qo‘llash
    imkoniyati mavjudligi bois ahamiyati ham oshib bordi. Pergamentning paydo
    bo‘lishi (eramizdan avvalgi III asr) bilan esa yangi axborot «portlashi» ro‘y
    berdi: axborotning eng maqbul tashuvchisi — kitob yuzaga keldi (IV asr).
    Axborot texnologiyasining qog‘oz fazasi V asrdan boshlanadi. Bu paytda
    qog‘oz (II asrda Xitoyda kashf etilgan) Yevropa mamlakatlarining sanoat ishlab
    chiqarish obyektiga aylangan edi. Shundan keyingi davr axborot texnologiyasi
    rivojlanishida katta rol o‘ynadi. Shundan so‘ng savdo va hunarmandchilik
    rivojlangach shahar pochtasi, XV asrdan boshlab esa xususiy pochta (G‘arbiy
    Yevropa), XVI—XVII asrlarda markaziy qirollik pochtasi (Fransiya, Shvesiya,
    Angliya va boshqalar) yuzaga keldi. Ushbu barqaror kommunikatsiya tufayli
    axborot faoliyatiga yanada ko‘proq odamlar jalb etilmoqda va u yirikroq
    mintaqalarni qamrab olmoqda.

    72
    Germaniyada kitob chop etilishining kashf etilishi (XV asr o‘rtasida)


    axborot texnologiyasi rivojlanishi jarayonida kashfiyot bo‘ldi. Bu hol unga
    ommaviylik olib keldi. Mohiyatan bu tabiatshunoslikda ilmiy-texnik
    taraqqiyotining yangi bosqichi bo‘lib qoldi. Ilmiy-texnik atamaning paydo
    bo‘lishi axborot texnologiyasida sifat o‘zgarishini, ko‘p nusxada kitob, jurnal,
    gazeta, geografik xarita, texnik chizmalarning chop etilishi esa miqdor
    o‘zgarishini kelti-rib chiqardi.
    XIX asr oxiridagi texnik inqilob bilan bog‘liq axborot texnologiyasi
    rivojlanishidagi yangi bosqich barqaror xalqaro kommunikatsiya shakli sifatida
    pochta aloqasining yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Ayni davrda fotografiya
    (1879 y.), telegraf (1832 y.), telefon (1876 y.), radio (1895 y.) kashf qilingan
    edi. Axborot texnologiyasi rivojlanishida foydalanuvchi uchun qulay shaklda
    axborotni olish, saqlash va tezda uzatishning umumjahon tizimini yaratish davri
    yuzaga keldi. Bu esa axborotni texnik, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning
    harakatlanuvchi kuchiga aylantirdi hamda zamonaviy texnik inqilob bosqichida
    uning yetakchilik kuchini belgilab berdi. Natijada uzoq yillar davomida
    jamiyatda juda katta hajmda axborot to‘planib qolishi va undan oqilona
    foydalana olmaslik masalasini hal etish imkoniyati yuzaga keldi.
    Axborot ham mazmun, ham miqdor jihatidan insoniyat iste’mol qiladigan
    eng qimmatli mahsulotlardan biriga aylandi. Axborot inqilobining taraqqiyoti
    XX asr ikkinchi yarmida yangi bosqichga keldi. Bu davrda axborot
    texnologiyasi rivojlanib qog‘oz o‘rnini texnik vositalar egalladi. Endi axborotni
    uzatish (elektromagnit to‘lqinlar yordamida) tezligi og‘zaki nutqqa nisbatan
    million marta ortib ketdi.
    Intuitsiya (ekspert tizimi) ishlab chiqarish kuchiga aylandi, sun’iy intellekt
    esa texnik taraqqiyotning sifat jihatidan yangi vazifalarini hal etish imkoniyatini
    yuzaga keltirdi. Mashinaviy dinamik axborot tizimining alohida ahamiyati
    jamiyat hayotida eng oldingi rejaga yanada zamonaviy EHM va u bilan bog‘liq
    texnologiyalarni yaratish muammosini qo‘ydi. Insonlar o‘rtasida (endilikda

    73
    inson va mashina o‘rtasida) o‘zaro axborot harakati mexanizmining rivojlanish


    tarixi axborot texnologiyasini barcha ilm sohalari rivojlanishining yagona
    integratsiya tizimi sifatida tushunishga asos beradi.

    Download 184,87 Kb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




    Download 184,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi

    Download 184,87 Kb.