• Annotatsiya
  • Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini axborot-kommunikatsiya yondashuvi asosida shakllantirish ergashov Jamshid Baxtiyorovich




    Download 33.14 Kb.
    Sana21.10.2023
    Hajmi33.14 Kb.
    #89529
    Bog'liq
    Ergashov Jamshid
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR

    BO‘LAJAK INFORMATIKA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KO‘NIKMALARINI AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA YONDASHUVI ASOSIDA SHAKLLANTIRISH
    Ergashov Jamshid Baxtiyorovich
    Jizzax davlat pedagogika universiteti
    Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi
    dotsenti, p.f.f.d.(PhD)


    Annotatsiya: Maqolada axborot-kommunikatsiya yondashuvi maqsad va vazifalari asoslangan. Shu bilan birga o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan bir qator o‘ziga xos tamoyillar keltirilgan.
    Kalit so‘zlar: axborot-kommunikatsiya, rasamli texnologiya, kompetensiya, pedagogik faoliyat, ta’lim jarayoni, ilg’or ta’lim, modul.

    Axborot-kommunikatsiya yondashuvi qo‘yilgan ta’lim maqsadlariga erishish uchun ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan optimal foydalanishdan iborat. Axborot-kommunikatsiya yondashuvi borasida bir qator olimlardan L.N.Aleksandrova, I.M.Vlasova, N.V.Gerova, M.V.Kruchinin, G.A.Kruchinina, V.G.Manyaxina, I.V.Robert, I.P.Tomina va boshqalar izlanishlar olib borganlar. Ta’lim jarayoni “talaba – o‘qituvchi” axborot almashinuvi jarayonida amalga oshiriladi va, birinchi navbatda, AKT dan foydalangan holda ma’lumot almashishni o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuvning ahamiyati “talabalarning sinf va darsdan tashqari mashg‘ulotlardagi faolligini, ilmiy tadqiqot faoliyatiga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda hamda ba’zi hollarda o‘qituvchining o‘quv materiallarining multimedia to‘plamini yaratish ustida ishlagan mualliflari bilan talabalarning hamfikr va ma’lum darajada hamkorlikdagi roli bilan ta’minlanadi” [1].


    Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bilan interaktivlik tamoyili, ta’limni individuallashtirish, aniqlash, ta’limni tartibga solish, muloqot qilish, ilg‘or ta’lim, qayta aloqa, tashqi nazorat va o‘z-o‘zini baholash, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlik, o‘quv fanlarining mehnat unumdorligini hisobga olish va mustaqil ishlarni optimal rejalashtirish, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish kabi tamoyillarni hisobga olish zarur bo‘ladi.
    A.A.Andreyev, N.V.Voljenin, S.V.Gavrыsh, I.B.Gotskaya, V.I.Gritsenko va boshqalar masofaviy ta’limning quyidagi tamoyillarini ajratib ko‘rsatadilar: o‘zgaruvchanlik, shaxsiylashtirish, ta’limning mobilligi, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik maqsadga muvofiqligi, ta’lim mazmunini tanlash, axborot xavfsizligini ta’minlash, ta’limning boshlang‘ich darajasi, texnologiyalarning o‘quv dasturiga mosligi, to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar va boshqalar.
    Xorijiy maqolalar tahlili elektron ta’limdan foydalangan holda ta’lim tamoyillarini yoritilganligini ko‘rsatadi: aloqa tamoyili (shakllar va vositalar aloqasining ochiqligi), interaktivlik (talaba-talaba, talaba-o‘qituvchi va boshqa bilvosita shaxsiy ta’sir), nazorat qilish (AKTdan foydalangan holda faoliyatni qat’iy tartibga solish va boshqarish), yaroqlilik (AKTdan keraksiz va pedagogik jihatdan asossiz foydalanishning oldini olish), moslashuvchanlik (masalan, mashg‘ulot vaqti va joyini tanlash), mazmun va faoliyatning amaliy yo‘nalganligi, amaliy tadqiqot (ta’lim jarayonidagi o‘zaro munosabatlar dialogik va vaziyatga yo‘naltirilgan o‘zaro aloqalar), motivatsiyani qo‘llab-quvvatlash, darsning modul-blok qurilishi, muvaffaqiyati, kursning tuzilmaliligi, o‘tilgan materialga qaytish, dars mazmunini tanlash.
    R.Doneva, D.Deniv va boshqalar masofaviy kursni loyihalash uchun maxsus sakkiz tamoyilni taklif qiladilar: foydalanishning adolatliligi tamoyili, foydalanishning moslashuvchanligi, interfeys tushunchasining soddaligi va intuitivligi, axborotning ko‘rinishi, xatolarga chidamliligi, o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash, xayrixohlik va sog‘liqni saqlash tamoyili.
    Umuman olganda, EATM dan foydalangan holda ta’lim jarayoni masofaviy va elektron ta’lim bilan bog‘liq tamoyillar va umumiy pedagogik tamoyillarni amalga oshirish imkonini beruvchi ijobiy tomonlarga ega.
    Mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning ishini tahlil qilish o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan bir qator o‘ziga xos tamoyillarni aniqlash imkonini beradi, jumladan:
    - ta’lim oluvchilarning hamkorligi va o‘qituvchi bilan ma’lumot almashish zaruratini belgilaydigan interaktivlik tamoyili;
    - kirishning qulayligi tamoyili talaba va o‘qituvchi uchun qulay vaqtda turli joylardan elektron tizim bilan ishlash imkoniyatini nazarda tutadi;
    - axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi tamoyili o‘quv kursi va ta’lim xizmatlarining tegishli mazmunini ilgari suradi [3].
    Shunday qilib, axborot-kommunikatsiya yondashuvi aniqlashtirilgan va mualliflik tamoyillari kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining umumiy kompetensiyalarini shakllantirishdagi pedagogik jarayonlarning yaxlitligi va turlicha bo‘lishini ta’minlaydi, uning maqsadi va natijasi mustaqil fikr yurita oladigan, qaror qabul qila oladigan, hamkorlik qila oladigan, kelajakdagi kasbiy faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalana oladigan shaxsni shakllantirishdan iborat.
    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Рогушина Ю.В. Внедрение современных Интернет-технологий в образовательный процесс // Educational Technology & Society. - 11(3). -2008. - С. 375-381.

    2. Куликова Т.А. Организация самостоятельной работы студентов Вуза в информационно-коммуникативной образовательной среде [Текст]: дис. ... канд. пед. наук: 13.00.08 / Куликова Татьяна Сергеевна. - Ставрополь, 2011. - 229 с.

    3. Винник В.К. Развитие навыков создания сайта у учащихся среднего профессионального образования / В.К. Винник, А.А. Беспалько, Н.В. Сочнева // Современные проблемы науки и образования. - 2018. - № 2.

    Download 33.14 Kb.




    Download 33.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini axborot-kommunikatsiya yondashuvi asosida shakllantirish ergashov Jamshid Baxtiyorovich

    Download 33.14 Kb.