|
Boshqaruv faoliyatida axborot texnologiyalari
|
bet | 44/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.org3. Boshqaruv faoliyatida axborot texnologiyalari
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, rahbar intellektual ish uchun o‘z ish
vaqtining 29%ini sarflar ekan, qolgan qismidan esa (71%) samarasiz
foydalanadi. Boshqaruv qarorini qabul qilish uchun katta hajmdagi
ma’lumotlarni (faktografik, statistik, iqtisodiy, ilmiy, siyosiy va hokazo) qayta
ishlash natijasi bo‘lgan axborot zarur. O‘sib kelayotgan axborot oqimi tufayli va
murakkab boshqaruv mexanizmining elementi sifatida muassasa xodimining
strategik qarorlarni tayyorlash va qabul qilishga vaqti qolmaydi.
70-yillar o‘rtalarida avtomatlashtirilgan tizim qiyofasi shakllangan vaqtda
(korxonalar, tarmoqlar uchun ABTlar kabi) tashkiliy boshqaruv uchun xos
bo‘lgan axborotni birinchi marta qayta ishlash bilan ma’lumotlarni yig‘ish
vazifasi avtomatlashtirilgan. Odatda kichik ma’muriy xodimga yuklatiladigan
reglamentlashtirilgan ommaviy eski operatsiyalar avtomatlashtirilgan. Maxsus
bilim talab etiladigan o‘rta va katta boshqaruv xodimining ishi esa
avtomatlashtirilmay qoldi.
Bu shu bilan bog‘liq ediki, qaror qabul qilish ishi nisbatan moslashuvchan
va kuchli dasturiy ta’minot va qat’iy vaqtinchalik cheklashlarni talab qiladi.
85
Yangi axborot texnologiyalari, jumladan kuchli hisoblash resurslariga ega
personal kompyuterlar ma’lum ma’noda mavjud sharoitni o‘zgartiradi.
Ma’muriy boshqaruv sohasiga nafaqat qarorlar qabul qilish kiradi, shu
bilan birga yangi hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqaruv obyektining hozirgi
holati bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotnomalar bilan bog‘liq idora faoliyati (idora
deganda har qanday tashkilot, uning bo‘limlari, muassasa, institut, vazirlik va
hokazo nazarda tutilmoqda) ham muhim o‘rin egallaydi. Mazkur faoliyatni
avtomatlashtirish yangi axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni qayta
ishlash,
saqlash
va
qidiruvni
amalga
oshiradigan
«elektron
ofis»
konsepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi.
|
| |