|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 45/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgElektron ofis. Idora (ofis)ning asosiy faoliyati qaror qabul qilish maqsadida
axborogai qayta ishlashdir. Turli darajadagi idoralarda tashkilot siyosati
shakllanadi va shu yerdan rahbariyat kundalik operatsiyalarni amalga oshiradi.
Idorada bo‘linmalardan, tashqi olamdan axborot yig‘iladi, yig‘ilishlar,
uchrashuvlar o‘tkaziladi, qarorlar qabul qilinadi. Chunki idora boshqaruv ishini
tashkil etish shakli bo‘lib, uning ishini takomillashtirish boshqaruv apparati
ishining samaradorligini oshirish shartlaridan biridir.
«Elektron ofis» idora faoliyatida axborot texnologiyasining turli
vositalarini qo‘llash joyi sanaladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari idoralarga
axborotni saqlash, uzatish va qayta ishlashning yangi tamoyillariga asoslangan
quyidagi vositalarini taklif etadi: zarur dasturiy ta’minotli shaxsiy kompyuter;
yuqori sifatli chop etadigan printer; nusxa ko‘paytiruvchi texnika; xotirali
telefon; telekonferensiya o‘tkazish uchun apparatura, ma’lumotlarning tashqi
bazasi.
Elektron ofis boshqaruv mehnatini avtomatlashtirish va boshqaruvchilarni
axborot bilan yaxshiroq ta’minlash imkonini beradi.
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi — kompyuter
tarmoqlari bazasida tashqi muhit va tashkilot ichida kommunikatsiya
jarayonlarini tashkil etish hamda qo‘llab-quvvatlashdir.
86
Avtomatlashtirilgan
ofis
texnologiyalaridan
boshqaruvchilar,
mutaxassislar, texnik xodimlar foydalanadi, u ayniqsa muammolarni guruh
bo‘lib hal etish uchun qulay.
Elektron ofisda deyarli har qanday turdagi — gistogramma, diagramma,
sxema, jadval va hokazo tasvirni olish imkonini beruvchi mashina grafikasidan
foydalaniladi. Elektron ofis amaliyotida shuningdek, muassasa faoliyatini
nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi vositalardan ham foydalaniladi. Ular
yordamida barcha boshqaruv faoliyati bajariladigan ishning xususiyatlarini
tavsiflovchi jarayonlar majmui sifatida aks etadi. Ayni paytda har qanday
alohida xodimning faoliyatigina emas, boshqa xodimlar bilan axborot va
subordinatsiya aloqalari ko‘rib chiqiladi. Shakllangan sxemaga muvofiq
ko‘rsatilgan muddatlarda bevosita ijrochilar uchun kerakli vazifalar avtomatik
ravishda yaratiladi. Dasturlar paketlarining quyidagi funksional guruhlaridan
foydalaniladi:
• matnlarni qayta ishlash;
• jadvallarni yaratish va qayta ishlash;
• ma’lumotlar bazalarini boshqarish;
• grafik axborotni qayta ishlash;
• elektron yozuv daftari.
Dasturlarning bunday paketlari ko‘pincha ixtisoslashtirilgan deb yuritiladi,
chunki ular sanab o‘tilgan funksiyalardan birini bajarish uchun mo‘ljallangan.
Ixtisoslashtirilgan dastur paketlaridan biridan (masalan, OFFICE XR, OFFICE
2007) tez-tez foydalanishning qulayligi dasturning integrallashgan dastur
paketlarini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligini shart qilib qo‘ydi. Shuni
hisobga olish lozimki, bitta joy bo‘lgan hollarda, faoliyatning qat’iy belgilangan
turi (masalan, matnlarni qayta ishlash) ko‘proq uning uchun mo‘ljallangan
bo‘ladi. Shunday qilib foydalanuvchining vazifasi faqat dastur paketini aniq bir
holatlar uchun to‘g‘ri tanlash sanaladi.
87
|
| |