Informatsion texnologiyalar




Download 184,87 Kb.
bet48/87
Sana22.01.2024
Hajmi184,87 Kb.
#143131
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87
Bog'liq
Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

Avtomatlashtirilgan 
ilmiy 
tadqiqotlar 
tizimlari. 
ITATda
axborot
texnologiyalari quyidagi vazifalarning bajarilishi uchun foydalanishi mumkin:
jarayonlarni boshqarish va asl, tabiiy (natural) eksperimentlarni o‘tkazish
natijalarini qayta ishlash;
• murakkab jarayonlarni modellash;
• ekspertiza o‘tkazish va uni qayta ishlash;
• hisobot va hujjatlarni idora kichik tizimida qurilgan komponentlar sifatida
tayyorlash;
• eksperimental ma’lumotlar bazasini qo‘llab-quvvatlash;
• axborot-izlash, bibliografik va ekspert tizimlarini barpo etishda texnik
vosita sifatida chiqish.
Ko‘rsatilgan komponetlar nisbati konkret ilovalarga bog‘liq holda turlicha
bo‘lishi mumkin.

90
Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirishda axborot texnologiyalarini qo‘llash


samaradorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, eksperimentni
tayyorlash va o‘tkazishni tezlashtirish, real vaqt miqyosida o‘tkaziladigan
ekspress-tahlil natijalaridan tezkor foydalanish, ma’lumotlarni qayta ishlash va
tizimlashtirish vaqtini qisqartirish, o‘lchash va qayta ishlashda xatolar sonini
kamaytirish hisobiga tadqiqotlar (eksperimentlar o‘tkazish) sikli qisqaradi.
Ikkinchidan, natijalar aniqligi va ularning ishonchligi oshadi, chunki ITATda
oraliq natijalarni hisoblashda yaxlitlashda yig‘iladigan xatolar ta’sirini
kamaytiruvchi metodlardan foydalanish mumkin. Uchinchidan, nazorat
qilinadigan parametrlar (kompyutersiz tadqiqotlar bilan qiyoslaganda) sonini
oshirish va ma’lumotlarni yaxshilab qayta ishlash hisobiga eksperimentning
sifati va axborotga boyligi oshadi. To‘rtinchidan, ITAT bilan interaktiv o‘zaro
ta’sir davomida eksperiment jarayonini nazorat qilish va uni optimallash
imkoniyati kuchayadi. Beshinchidan, eksperiment ishtirokchilari shtati
qisqaradi, tadqiqot samaradorligi oshadi. Nihoyat, shu narsa muhimki,
eksperiment natijalari strukturalashadi va eng qulay shakl-grafik yoki ramziy
shaklga tezkor ravishda kiradi. Masalan, ma’lumotlarning uzundan-uzoq
jadvallarini ko‘rib chiqish o‘rniga, ularni grafik obyektlar ko‘rinishida ixcham
shakllantirish mumkin. Jumladan, ikki argument bog‘liqligini «tog‘ massivlari»
ko‘rinishidagi 3 o‘lchovli grafika vositasida tasvirlash juda qulay, ularga
ko‘plab o‘lchamlarni joylash mumkinki, buni odatdagi jadval shaklida berib
bo‘lmaydi.
Shunday qilib grafik shaklda axborot almashinuvi murakkab tuzilmali
obyektlarni tasavvur etish uchun mutlaqo samarali vositadir. Axborotni grafik
shaklda taqdim etish samarasi yuqori bo‘ladi. Bu hol inson psixologik
xususiyatlari bilan izohlanadi. Ya’ni, grafik axborotni ko‘rish analizatori orqali
qayta ishlash tezligi matn ma’lumotlarini qayta ishlash tezligidan o‘nlab, hatto
yuzlab marta yuqori.

91
Yuqori sifatli grafik tasvirlarni olish uchun yuqori texnik imkoniyatlarga


ega bo‘lgan qurilmalar zarur. Bu talab birinchi navbatda xotiraning
samaradorligi va sig‘imiga tegishli.
Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirishda yuzaga keladigan murakkab
muammolardan biri ko‘p o‘lchovli ma’lumotlarni chiqarish muammosidir.
Shaxsiy
kompyuterlardan
foydalanishning
yana
bir
yo‘nalishi
tadqiqotchilarning amaliy faoliyatida uchrovchi modellash vazifalarini hal etish.
Bu o‘rinda tadqiqot faoliyatida an’anaviy ravishda foydalanuvchi biror bir
jarayon yoki hodisani nafaqat modellash, balki vizual — tabiiy modellashga
ham yo‘l qo‘yiladi, u mazkur jarayonlar va hodisalarni mashina grafikasi
vositasida (odatdagi jadval ma’lumot va grafiklar emas) virtual tasvirlash
hisobiga ta’minlanadi, ya’ni tadqiqotchiga real vaqt miqyosida olingan o‘ziga
xos «kompyuter multfilmi» namoyish etiladi. Modellashning ko‘rgazmaliligi bu
holatda ancha yuqori bo‘ladi,
ITATni yaratishda ikki yo‘nalish kuzatiladi. Ulardan biri tor doiradagi
vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan tizimlarni (ishchi
stansiyalarni) ishlab chiqish bilan bog‘liq. Juda ommaviyligi bilan farqlanuvchi
ikkinchi yo‘nalish keng vazifali universal paketlarni ishlab chiqishga aloqador.
Bunda ikki yo‘nalish oralig‘ida muayyan qonuniyat mavjud. Shaxsiy kompyuter
takomillasha borgani sari ko‘pgina ixtisoslashgan funksiyalar ommaviy
xususiyat kasb etadi.

Download 184,87 Kb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87




Download 184,87 Kb.