|
qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash
|
bet | 51/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgqarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha AATni ham kiritish
mumkin. U tahliliy ishlar va bashoratlarni shakllantirish, biznes-rejani tuzish,
o‘rganilayotgan jarayonlar, ishlab chiqarish-xo‘jalik amaliyoti voqealari
bo‘yicha asoslangan baho va xulosalar chiqarish uchun iqtisodiy-matematik
modellardan keng foydalanishni nazarda tutadi. Hozirda keng tadbiq etilayottan
95
elektron ofis va qarorlar bo‘yicha ekspert madadi
deb nom olgan AAT ham
mazkur guruhga mansub.
AATning ushbu ikkinchi guruhi mutaxassislar va rahbarlar ishini
avtomatlashtirishga yangicha yondashishni integratsiyalash borasidagi
oxirgi yutuqlardan foydalanishga mo‘ljallangan. Bu boshqaruv
ishlarini to‘liq avtomatlashtirilishi kasb vazifalarini ma’lum bir ish
joyida va ofisda sifatli hamda o‘z vaqtida bajarishga imkon beradi.
Foydalaniladigan texnologiyalar bo‘yicha ta’minlovchi va funksional
axborot texnologiyalari o‘zaro farqlanadi. Ta’minlovchi texnologiyalardan turli
xil masalalarni hal etish uchun turli kredit sohasida vosita sifatida foydalansa
bo‘ladi. Ular hal qilinadigan masalalar tarkibiga ko‘ra ham tasniflanishi
mumkin. Odatda mazkur texnologiyalar turli kompyuterlar va dasturiy
muhitlarida bajariladi. Asosiy vazifa — ushbu texnologiyalarni yagona axborot
tizimiga birlashtirishdir.
Funksional
texnologiyalar
—
ayrim
vazifalar,
funksiyalarni
avtomatlashtirishni ta’minlovchi texnologiyalar majmui sanaladi.
Amalga oshiriladigan texnologik operatsiyalar sinflari bo‘yicha AAT
mohiyatan, dasturiy jihatdan ko‘rib chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
matnni qayta ishlash, elektron jadvallar, avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki,
grafik va ovozli axborotlarni qayta ishlash, multimedia va boshqa tizimlar.
Kompyuter texnologiyalari rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishi — bu
yuqori sifatli ovoz va videotasvirlar uchun dasturiy vositalar yaratish sanaladi.
Videotasvirlarni shakllantirish texnologiyasi kompyuter grafikasi deb nom
olgan.
|
| |