• Kompyuter grafikasi
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 184,87 Kb.
    bet52/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    Kompyuter grafikasi — 
    bu EHM yordamida obyektlar modellari va
    ularning tasvirlarini yaratish, saqlash va qayta ishlash demakdir. Ushbu
    texnologiya iqtisodiy tahlil, turli xil konstruksiyalarni modellashtirish sohasiga
    kirib boradi. U reklama faoliyatiga ham kirib borgan. Raqamli protsessor
    yordamida shakllantiriladigan va qayta ishlanadigan tasvirlar namoyish

    96
    qilinadigan va animatsion bo‘lishi mumkin. Birinchi guruhga odatda, tijorat


    (tadbirkorlik va illyustratsiya grafikasi, ikkinchi guruhga — muhandislik va
    ilmiy grafika, shuningdek, yakka tasvirlar emas, film ko‘rinishida ketma-ket
    beriluvchi tasvirlardan iborat reklama, san’at va o‘yinlar grafikasi (interaktiv
    variant) ham kiradi.
    Kompyuter grafikasi
    texnologiyalari hozirgi kunda
    ommaviy ravishda qo‘llaniladigan yo‘nalishlardan biridir.
    Kompyuter bilan matnli, grafik, audio va video axborot almashuvini
    dasturiy-texnik tashkil etish
    multimedia-texnologiya 
    deb nom olgan. Bunday
    texnologiyani multimedia yordamida ega bo‘lgan va kasb faoliyatida, o‘quv,
    ta’lim, ilmiy ommabop, o‘yin sohalarida foydalanish imkonini beruvchi maxsus
    dasturiy vositalar amalga oshiradi. Mazkur texnologiyani iqtisodiy faoliyatda
    qo‘llash davomida kompyuterdan tasvirga ovoz berish, shuningdek, ular orqali
    inson nutqini tushunish, kompyuter orqali mutaxassisning ona tilida suhbat
    yuritish borasidagi imkoniyatlarga yo‘l ochiladi.
    Foydalaniladigan interfeys 
    turi bo‘yicha AATni foydalanuvchining axborot
    va hisoblash resurslariga kirib borish imkoniyati nuqtai nazardan ko‘rib chiqish
    mumkin.
    Shunday qilib, paketli AAT axborotni qayta ishlash avtomat tarzda amalga
    oshirilayotgan paytda foydalanuvchining unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini
    yarata olmaydi. Bu shu bilan izohlanadiki, axborot qayta ishlashni tashkil etish
    operatsiyaning dasturiy jihatdan ketma-ketligi bajarilishiga bog‘liq. Dialogli
    AAT paketli AATdan farqli ravishda, tizimda saqlanadigan axborot
    resurslaridan ma’lum bir vaqt davomida foydalanish bo‘yicha cheksiz
    imkoniyatlar yaratib beradi. Ayni paytda tegishli masalalarni yechish va qaror
    qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotga ega bo‘ladi.


    Download 184,87 Kb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




    Download 184,87 Kb.