|
Axborotlashtirish qoidalarini buzish
|
bet | 60/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgAxborotlashtirish qoidalarini buzish
» nomli 174-moddasi chiqarib tashlandi va
uning o‘rniga «
Axborot texnologiyasi sohasidagi jinoyatlar
» nomli 6 moddadan
iborat yangi bob kiritildi. Bu bobda quyidagi moddalar nazarda tutilgan:
«
Axborotlashtirish qoidalarini buzish
» nomli 278/ 1-modda;
«
Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
»
nomli 278/ 2-modda;
«
Kompyuter tizimidan qonunga hilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadida ko‘zlab tayyorlash yoxud
o‘tkazish va tarqatish
» nomli 278/ 3-modda;
«
Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish
» nomli 278/ 4-modda;
«
Kompyuter sabotaji
» nomli 278/ 5-modda;
«
Zarar
keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish
» nomli
278/ 6-modda.
2. Axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari
Axborot xavfsizligi deb ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga
yo‘naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har
qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
Axborot xavfsizligi deb axborot tizimida tasodifiy yoki g‘arazli ravishda
axborot egasiga yoki uning foydalanuvchisiga ziyon yetkazuvchi xurujlardan
himoyalanganlikka aytiladi. Axborotga yoki uning infrastrukturasiga nisbatan
amalga oshiriladigan xurujlar tabiiy yoki sun’iy ravishda bo‘lib, ular axborot
orqali munosabatda bo‘lgan subyektlarga juda katta zarar yetkazishi mumkin.
Axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarning majmui
axborot muhofazasi deyiladi.
Axborot xavfsizligi muammolariga to‘g‘ri yondoshish uchun dastlab
axborot tizimlaridan foydalanuvchi axborot munosabatlari subyektlari va
ularning manfaatlarini aniqlab olish kerak.
109
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash
mumkin:
• maxfiylik — aniq bir axborotga faqat tegishli shaxslar doirasigina kirishi
mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy hujjatlarga muvofiq cheklab qo‘yilib,
hujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o‘g‘irlik yoki axborotni
|
| |