|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 61/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgoshkor qilish, deyiladi;
• konfidensiallik — ishonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi
kafolati;
• yaxlitlik — axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni
saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi
kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;
• autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs
haqiqatan ham axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu
bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;
• apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron
biznesda keng qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi
kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.
Yuqoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish
mumkin:
ishonchlilik — tizim me’yoriy va g‘ayri tabiiy hollarda rejalashtirilganidek
o‘zini tutishlik kafolati;
• aniqlilik — hamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati;
• tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruhlari axborot manbalariga
har xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishi
kafolati;
• nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xohlagan qismini
to‘liq tekshirish mumkinligi kafolati;
• identifikatsiyalashni nazorat qilish — hozir tizimga ulangan mijoz aniq
o‘zini kim deb atagan bo‘lsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati;
110
• qasddan buzilishlarga to‘sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar
chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning
oldindan kelishilgan holda o‘zini tutishi.
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi,
o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lgan xavf-xatarning oldini olish;
- axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish,
to‘siqlash bo‘yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
- hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini
ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy
aralashuvlarning ko‘rinishlarining oldini olish;
- axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy
maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion
huquqlarini himoyalash;
- davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning
konfidensialligini saqlash;
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni
yaratish, ishlab chiqish va qo‘llashda subyektlarning huquqlarini ta’minlash.
|
| |