Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari




Download 0.92 Mb.
bet1/3
Sana25.09.2023
Hajmi0.92 Mb.
#84263
  1   2   3
Bog'liq
1-maruza
DNK BIOLOGIYA, Презентация1, pazandachilik asoslari, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023

1-ma’ruza: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi.
REJA:

  1. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

  2. Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi, axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari

  3. Ma’lumotlarni kodlash

  4. Kompyuterning ishlash prinsiplari.

Tayanch iboralar: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining maqsad va vazifalari, fan nimani o‘rganadi, informatika va uning paydo bo‘lishi, axborot texnologiyasining rivojlanish bosqichlari, vatanimizda informatikaning taraqqiyoti va istiqbollari, axborot, texnologiya, axborot turlari, axborot texnologiyasi, axborotning sifat ko‘rsatkichlari (xossalari), axborotlashgan jamiyat, axborot tizimlari va turlari, axborot texnologiyalarining qo‘llanish sohalari, axborot o‘lchov birliklari, axborotlarni kodlash, EHMning arifmetik asosi, sanoq sistemalari, ular ustida amallar. Kompyutеr, informatik, algoritm, konsеpsiya, Pentium, protsеssor. Tеxnik ta’minot, matеmatik ta’minot, dasturiy ta’minot, axborot ta’minoti, tashkiliy ta’minot, xususiy ta’minot. Tеxnologiya.


Ta’limda axborot texnologiyalari fanining maqsadi – zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikasion texnologiyalar, Web-dizayn asoslari, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.


Ta’limda axborot texnologiyalari fanining vazifasi:
- informatika va axborot texnologiyalari haqida bir butun tasavvur hosil qilish;
- informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish;
- informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarining ochib berish;
- axborot tizimlari va texnologiyalarini nima maqsadida va qanday qo‘llash haqida tushuncha hosil qilishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
« Ta’limda axborot texnologiyalari » o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- informatika, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuterlar va uning zamonaviy qurilmalari, kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, amaliy dasturlar paketi, operasion tizimlar, Windows operasion tizimi, Windows paketining dasturlari, zamonaviy axboro-kommunikasiya texnologiyalari, kompyuter to‘rlari, Internet, elektron pochta, ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari, fanlarni o‘іitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini bilishi kerak.
- kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bilan ishlash; axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minotini ko‘llay olish; amaliy dasturiy ta’minot dasturlari bilan ishlay olish, Windows operasion tizimida va Windows paketining dasturlarida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini o‘z predmet sohasida qo‘llay olish, kompyutur lokal to‘rlari, Internet, elektron pochta bilan ishlash, tarmoq texnologiyasidan foydalana olish malakalariga ega bo‘lish kerak.
Informatika bu - axborotlarni kompyuter yordamida qayta ishlash, yig‘ish, ifodalash va uzatish usullari bilan shug‘ullanuvchi fandir.
Informatika deganda har bir odam so‘z qandaydir axborot, ushbu axborot biror narsaga, hodisa yoki jarayonga tegishli ekanligi, va boshqalar haqida borishligini tushunadi. Lekin bu axborot qanday olingan? U qayrda va qanday saqlanadi? Unga qanday yo‘l topish mumkin? – degan savollarning paydo bo‘lishi o‘rinli. Ushbu savollarga javob jamiyatning o‘zgarishiga, uning fan-texnika sohasidagi taraqqiyotiga qarab o‘zgarib turadi.
Informatika atamasi lotincha informatic so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqida fan) sinonimi mos keladi.
Sezish a’zolari, turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa — axborotga aylanadi. Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, birovga ko‘rsatsangiz, u buni ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir telefon raqami qarshisiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo‘yilsa, avvalgi ma’lumot axborotga aylanadi.
Hоzirgi kunda chiqarilayotgan kоmpyuterlar Talabalar va o‘qituvchilar tоmоnidan alоxida fоydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, shaxsiy kоmpyuter (ShK) deb yuritiladi. Shaxsiy kоmpyuterlar, оdatda qandaydir maqsadni amalga оshirishga mo‘ljallangan. Masalan, bank tizimida bank faоliyatini takоmillashtirish uchun kоmpyuterlardan keng fоydalanilmоqda.
Infоrmatika kоmpyuter texnikasining rivоjlanishi tufayli yo‘zaga keldi, unga asоsalanadi, usiz mavjud bo‘la оlmaydi va o‘z navbatida uning rivоjiga, yangilanishiga o‘z xissasini qo‘shadi.
Mustaqil O‘zbekistоnimizda kibernetika va infоrmatikaning taraqqiyot yo‘li qanday kechadi va bu fanlarning rivоjlanish istiqbоllari qanday, degan savоllar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Kibernetika va infоrmatika sоhasida ilmiy-tadqiqоt ishlarini оlib bоrish va xalq xo‘jaligiga jоriy etish maqsadida 1956 yilda akademik M.T.O‘rоzbоev tashabbusi bilan O‘zbekistоn Fanlar Akademiyasi tarkibida V.I.Rоmanskiy nоmli Matematika instituti qоshida Hisoblash texnikasi bo‘limi оchildi. Unga V.K.Qоbulоv raxbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bоr «Ural-1» rusumli EHM o‘rnatildi.
1966 yilda markaziy Оsiyo mintaqasida O‘zbekistоn Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibida hisoblash markazi bo‘lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
O‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 8 dekabrdagi qarоri bilan Fan va texnika bo‘yicha Davlat qumitasi (FTDQ) qоshida Axbоrоtlashtirish bo‘yicha bоsh bоshqarma (Bоshaxbor) tuzildi.
Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari doirasida O‘z FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Axborotlashtirish haqida (1993 yil may), EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqida (1994 yil may) qonunlar shular jumlasidandir.
O‘zR FTDK Axbооrtlashtirish haqida Qоnunning qоidalarini bajara bоrib, 1994 yil dekabrida Vazirlar Maxkamasi O‘zbekistоn Respubliksining axbоrоtlashtirish kоnsepsiyasi mahqo‘llandi. Ushbu Kоnsepsiyaning asоsiy maqsadi va unda quyilgan masalalar quyidagilardan ibоratdir:

  • Milliy axbarоt-hisoblash tarmоgini yaratish;

  • Axbоrоtlarga tоvar sifatida yondashishning iqtisоdiy, xuquqiy va mehyoriy xujjatlarni yuritish;

  • Axbоrоtlarni qayta ishlashning jaxоn standartlariga riоya qilish;

  • Infоrmatika industriyasini majassamlashtirish va rivоjlantirish;

  • Axbоrоt texnоlоgiyasi sоhasida fundamental tadqiqоtlarni ragbatlantirish va qullab-quvvatlash;

  • Infоrmatika vоsitalari fоydalanuvchilarni tayyorlash tizimini muvоfiqlashtirish.

Kоnsepsiyaning asоsiy qоidalari xisоbga оlingan? «Ozbekistоn Respublikasining axbоrоtlashtirish dasturi» ishlab chiqildi. Umaqsadli dasturni o‘z ichiga оladi:

    1. Milliy axbrоt-hisoblash tarmоgi;

    2. EHM ni matematik va dasturiy tahminlash;

    3. Shaxsiy kоmpyuter.

O‘zbekistоn Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kоmpyuterlashtirishni yanada rivоjlantirish va axbоrоt-kоmmunikasiya texnоlоgiyalarini jоriy etish to‘g‘risida»gi farmоni va uni bajarilishini tahminlash yulida Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 6 iyundagi maxsus qarоri Respublikamizda infоrmatika va axbоrоt texnоlоgiyalarini rivоjlantirishda yana bir muxim bоsqich bo‘lib qоldi.
Shaxsiy kоmpyuterlardan keng fоydalanayotgan оdam va kоmpyuter оrasida o‘zluksiz mulоqоt amalga оshadi. Bunda оdam kоmpyuterga axbоrоt o‘zatadi va ularni nima qilish kerakligi haqida turli ko‘rsatmalar bersa, kоmpyuter insоnga natijalarni qulay shaklda qaytaradi. Shunday ish tarkibi shaxsiy kоmpyuterning axbоrоt kiritish-chiqarish qurilmasining to‘zilishini belgilaydi.
Infоrmatika quyidagi savоllarga javоb beradi:

  • Axbrоtni qanday qabul qilish va saqlash kerak?

  • Axbоrоtni ishlоv berish va qandy qilib insоn uchun qulay ko‘rinishga keltirish kerak?

  • Axbоrоt texnоlоgiyalarini yo‘qоri samara bilan qanday ishlatish mumkin?

  • Yangi axbоrоt texnоlоgiyalari vоsitalarini yaratish uchun bоshqa fan yutuqlaridan qanday fоydalanish mumkin?

  • Dasturlar yordamida texnik vоsitalarni qanday bоshqarish kerak?

Infоrmatika fani – malumоtlarni xоtiraga kiritish, saqlash, qayta ishlash, o‘zatish ishlari bilan shugillanuvchi fan.
Infоrmatika uchta asоsiy tushunchasi bоr.

  • Axbоrоt

  • Algоritim

  • Ehm

Algоritim nima?- Algоritim birоr maqsadga erishishiga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan ko‘rsatmalarning aniq, tushinarli, hamda to‘liq tizimi tushintiriladi.
Infоrmatika bu bоrliqni belgi va signallar yordamida aks ettiriladi.


Infоrmatikaning maqsadi:

  • Talabalarga real dunyoni matematik mоdellar оrqali tasvirlashning xususiyatlarini tushiitirish.

  • Talabalarning kelgusi faоliyatlarida EHMdan fоydalanish ko‘nikmasini xоsil qilish.

  • Talabalarda algоritim madaniyatini dasturlashtirish sa’natini shakllantirish.

Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati, axborotning asosiy tavsifi, axborotning sintaktik, semantik va progmatik o’lchovlari.


«Axborot» so’zi lotincha «information» so’zidan olingan bo’lib, biror ish holati yoki kishi faoliyati haqida ma’lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma’lumot, degan ma’nolarni anglatadi.


Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi. Ayni paytda uning miqdoriy tavsifini, ya’ni texnik–iqtisodiy va falsafiy, shuningdek, gnoseologik (axborot anglash vositasi sifatida), kibernetik kabi bir qator jihatlarini farqlaydi.
1. Falsafiy nuqtai-nazaridan axborot ongga nisbatan ikkinchi darajali deb qaraladi. Ong ham o’z navbatida borliqqa nisbatan ikkinchi darajali. Shundan kelib chiqqan holda, axborot signallarni tartibga solingan ketma-ketlik obrazi deyish mumkin. Aniqroq aytganda, semantikaga (mazmun, mohiyatli) ega, fikr tashuvchi bo’lishi kerak.
Axborotning moddiy tashuvchisi axborotni uzatish va saqlashni aks ettirgandagina axborot mavjud bo’ladi, aks holda borliq axborotsiz qoladi. Shunday qilib, axborot moddiy tashuvchining uzviy mazmuni va mohiyati sanaladi.
2. Kibernetik nuqtai-nazaridan, tirik organizm, avtomatik harakatlanuvchi mashina yoki inson-mashina tizimi tomonidan amalga oshirilgan har qanday jarayonda (ongli yoki ongsiz ravishda) axborot yuzaga kelishi, uni qabul qilish, uzatish, qayta ishlanishi yuz beradi. Ayni paytda keladigan axborot signallari obyektining tashqi ta’sirlarga bo’lgan reaksiyasini ishlab chiquvchi signallarga aylantiriladi.
Signallarni uzatish va axborotni qayta ishlash materiya yoki energiyaning borliq va vaqtda harakatlanishi hamda obyektlar yoki muhitlarning o’zaro aloqasini, tarkibining o’zgarishini yuzaga keltiruvchi har qanday jarayonlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
3. Axborot nazariyasida ko’pincha «axborot miqdori» tushunchasidan foydalaniladi. Bunda asosan shu narsa anglashiladiki, axborot– bu axborot olinguncha va olingandan so’ng mumkin bo’lgan javoblar sonining funksiyasi ekanligi ta’kidlanadi. Axborot harakatlanishi undagi mavhumlikni (noaniqlikni) bartaraf etishdan iborat.
4. Informatika nazariyasida saqlash, qayta tuzish va uzatish obyekti sanalgan barcha ma’lumotlar axborot deb yuritiladi. Bunday hollarda axborot, boshqaruv maqsadida uni qayta tashkil etish nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.
5. Iqtisodiy – ho’jalik faoliyatida axborot deganda, keng ma’noda, atrof muhit to’g’risidagi har qanday ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar atrof-muhit bilan o’zaro aloqadan, unga moslashishdan va uning o’zgarishi jarayonidan olingan bo’lishi mumkin.
Iste’molchi nuqtai nazaridan, axborot - bu eng oxiridagi foydalanuvchi tomonidan olingan tushunchalar va foydali deb baholangan yangi ma’lumotdir.
Yuqorida qayd etilganlarni izohlagan holda, axborotga quyidagicha ta’rif
keltirish mumkin. Axborot - bu, yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, to’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda o’g’zaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin bo’lgan atrof-muhit(obyektlar, voqyea-xodisalar) to’g’risidagi ma’lumotlardir.
Mazkur yo’nalishda quyidagilar muhim sanaladi:

  • axborot - bu har qanday ma’lumot emas, balki u mavjud noaniqliklarni kamaytiruvchi yangi bir ma’lumotdir;

  • axborot uni yaratuvchidan tashqarida mavjud bo’ladi, u o’z yaratuvchisidan uzoqlashgan, inson tafakkurida aks etgan bilimdir;

  • axborot xabarga aylandi, chunki u belgilar ko’rinishida ma’lum bir tilda ifodalanadi;

  • xabar moddiy tashuvchiga yozib qo’yilishi mumkin(xabar axborotni uzatish shaklidir);

  • xabar uning muallifi ishtirokisiz aks ettirilishi mumkin;

  • u jamoat kommunikasiyasi kanallari orqali uzatiladi;

  • Axborot tashkilot uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • tashkilotning strategik, taktik va tezkor maqsad hamda vazifalarini belgilash;

  • tashkilotning, bo’linmalarning joriy holatini, ulardagi jarayonlarni nazorat qilish;

  • asosli va o’z vaqtidagi qarorlarni qabul qilish;

  • maqsadga erishishda bo’linmalar ishini muvofiqlashtirish.

Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida keng qo’llanimoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va hayotga keng tadbiq etishdan maqsad – jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan sohalarda boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to’liq va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni hamma joylarda tatbiq etish tushuniladi. Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini hamma joyga tatbiq etish qabul qilinajak qarorlar samarasini oshiradi. Bu faqat milliy iqtisod rivojlanishining iqtisodiy ko’rsatkichlari o’sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil etish, aholining turmush darajasini oshirish, atrof–muhitni muhofaza qilishga yo’naltirilgan fundamental va amaliy fanlarda sifatli ilmiy yutuqlarga erishishni ham ta’minlaydi.
Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan o’rni tobora yuksalib, ular stragegik resursga aylangan. Dunyoda jamg’arilgan axborot va bilimlarning 90 % so’nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan, ta’limda ham axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng ko’lamda samarali foydalanishni talab etmoqda.
Axborot xuddi an’anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo’lgan resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek mudofaa qobiliyatini ham belgilab beradi, deyishga jiddiy asos bor.
Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanish jarayonida ular mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo’ladi. Ayni paytda axborot boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni asrab-avaylashga ko’maklashuvchi yagona resurs turidir.
Shunday qilib, axborot resurslari zamonaviy axborotlashgan jamiyatda ishlab chiqarishning asosiy qismi bo’libgina qolmay, balki milliy daromad manbai sifatida tovar hamdir.
XXI asrga kelib, insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan mehnat resurslarining og’ishmay axborotlar sohasiga aylanib borishi tendensiyasi tobora yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish sur’ati o’sishi va rivojlanishi natijasida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo’lgan axborot hajmi oshib borayapti. Bu o’sishni avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarida kuzatish mumkin.
Axborot tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga tushadi. Ayni paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqish hamda foydalanish bo’yicha eng ko’p xborotga ega
bo’lgan tizim yutib chiqmoqda.
Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini, sanoat rivojlanishi sharoitida, bozor iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sohalari u yoki bu ma’noda axborot bilan bog’liq bo’lib ish bilan band bo’lganlarning 40-60 % ni tashkil etadi. Axborot xizmatlari jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadining 10% ni tashkil qilmoqda. Uning 90% AQSh, Yaponiya va G’arbiy Yevropa hissasiga to’g’ri keladi.
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o’z foydalanuvchilariga yetkazishning usullari va vositalarini ishlab chiqish hamda joriy etish jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Bu − axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini yaratishda o’z aksinitopgan.
Axborotga bo’lgan ehtiyoj, axborotlashtirish. Axborotning yetishmasligi axborotga nisbatan ehtiyojni – biror soha to’g’risidan jamiyat tomonidan to’plangan bilim va alohida bilimlar o’rtasidagi farqni anglashni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarishni va insoniyatning barcha faoliyat sohasini axborot bilan to’ldirish jarayoni − axborotlashtirish, deyiladi. Uzluksiz axborot bilan to’yintirish natijasida axborotlashgan jamiyat yuzaga keladi.
Axborotlashgan jamiyat. Bu jamiyatda barcha fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun hamma sharoit yaratilgan bo’ladi. Mehnat qiluvchilarning ko’pchiligi yoki axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo’ladi yoki bu jarayonlarsiz ishlab chiqarish majburiyatlarini bajara olmaydi. Bu shuni anglatadiki, bunday jamiyat fuqarolari axborot madaniyatiga ega bo’ladi. Ya’ni axborot bilan ishlashni, uni olish, qayta ishlash va uzatish uchun axborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanishni biladilar. Bu inson faoliyatining barcha jabhalariga oid boy bilimlar, ishonchli axborotlardan to’liq va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni joylarda tatbiq etishlishini anglatadi.
Axborot xususiyatlarini o’rganish, uni yig’ish, saqlash, qidirish, qayta ishlash, o’zgartirish hamda inson faoliyatining turli sohalarida foydalanish va tarqatish bilan shug’ullanadigan fan informatika, deb ataladi. Informatikaning asosiy vazifasi – davlat boshqaruv organlarining, sanoat va tadbirkorlik hamda boshqa sohalardagi axborot ehtiyojini qondirish uchun moddiy-texnik bazani yaratishdir.
Informatikaning uchta asosiy yo’nalishi mavjud:
Birinchi yo’nalish: axborotni uzatish, yig’ish va qayta ishlashning texnik vositalarini rivojlantirish nazariyasi bilan bog’liq. U o’z ichiga hisoblash komplekslarini, lokal va global hisoblash tarmoqlari, aloqa nazariyasini olgan keng ilmiy-ommaviy sohadir.
Ikkinchi yo’nalish: ma’lumotlarini qayta ishlash bo’yicha har-xil amaliy vazifalarni hal etish yuzasidan turli kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun texnik vositalar bilan samarali ishlashni tashkil qilish imkonini beradigan, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga yo’naltirilgan, matematik va amaliy fanlar kompleksini o’z ichiga olgan dasturlashtirishdir.
Bu yo’nalishga algoritmlashtirish tillari nazariyasi, ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, qidirish va qayta ishlash nazariyasi, tizimli hamda amaliy dasturlashtirish nazariyasi kiradi.
Axborot tizimini yaratishda ikkinchi yo’nalishni “umumiy va amaliy dasturiy ta’minot” deb atash qabul qilingan.
Uchinchi yo’nalish: – avtomatlashtirilgan usulda turli darajadagi vazifalarni hal etish modellari, algoritmlari, tartibi, texnologiyasini ishlab chiqish va tashkil qilishdir. Informatikaning bu bo’limi hozirda qishloq xo’jaligi sohasida o’ta muhim va dolzarb sanaladi.
Informatikaning moddiy-texnik bazasi boshqaruv faoliyatining turli sohasi va darajalarida ishlayotgan mutaxassislar uchun avtomatlashtirilgan ish joylaridan keng foydalanish imkonini beradi va shuningdek, ekspert– professional(ekspert tizimi) darajasida qaror qabul qilishga qodir bo’lgan ixtisoslashtirilgan predmet sohasida hisoblash tizimini va axborot–kommunikasiya tarmog’ini yaratish imkoni yuzaga keladi.
Axborotni kodlashtirish. Axborotni xabarga aylantirish usullaridan biri – uni moddiy tashuvchi vositasiga yozishdir. Bunday yozish jarayoni kodlashtirish, deb yuritiladi.
Agar kompyuter texnikasidan foydalanish uchun mo’ljallangan moddiy tashuvchilardan foydalanilsa, u holda ma’lumotlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Bu holda axborotni saqlash, qayta ishlash, uzatish va kiritishni avtomatlashtirish maqsadida ularni shartli belgilarga aylantirish axborotlarni kodlashtirishni anglatadi.
Ma’lumotlar. Axborot iste’molchiga yetib borguncha bir qator o’zgarishlarga uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko’ra xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi. Natijada «axborot» tushunchasi nisbatan cheklangan «ma’lumotlar» tushunchasi bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham ma’lumotlarni axborotning kompyuterdagi tasviri deb aytish mumkin.
Ma’lumotlar bir-biri bilan o’zaro bog’langan dalil va raqamlar, fikrlar to’plamini ifodalaydi. Axborot va ma’lumotlar o’rtasidagi farq ta’kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi.
Hujjat, hujjat aylanishi. Axborot tizimi doirasida har qanday tashkilot hujjat va hujjat aylanishi ishiga duch keladi. Hujjat – bu ma’lum bir qoidaga ko’ra rasmiylashtirilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan qog’oz, ovoz yoki electron shakldagi axborot xabaridir. Hujjat aylanishi – hujjatlarni yaratish, izohlash, uzatish, qabul qilish va arxivlashtirish, shuningdek ularning ijrosini nazorat qilish hamda ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash tizimidir.
Axborot jihatlari. Axborotni uchta asosiy jihatdan ko’rib chiqish mumkin, ya’ni, pragmatik, semantik va sintaksis tomonidan. Axborotni aynan shu jihatlardan ko’rib chiqish avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Pragmatik jihat axborotlarni amaliy jihatdan foydaligi, iste’molchi uchun qanchalik qimmatli ekanligi va qaror qabul qilishdagi ahamiyati nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi. Axborotni pragmatik o’rganish boshqaruvning turli darajalarida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar tarkibini aniqlash, ko’rsatkichlar va hujjatlarning unifikasiyalashtirilgan tizimini ishlab chiqish imkonini beradi.
Semantik jihat axborotlarni o’rganishda axborotning mohiyatini ochish va uning elementlarining mazmunan ahamiyati o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatish imkonini beradi. Ushbu jihat axborot qismlari o’rtasidagi bog’liqliklarni ko’rib chiqadi. Mazkur darajada axborot majmuining tashkil bo’lish qonuniyatlari (rekvizitlardan ko’rsatkichlar, ko’rsatkichlardan hujjatlar shakllantirish) tadqiq etiladi. Axborotning miqdoriy bahosi ushbu darajada axborotning shakllanish jarayonini bayon etish, hujjatlar harakatlanishining oqilona yo’nalishini hamda ularni qayta ishlashning texnologik variantini tanlash imkonini beradi. Xullas, axborotni turli jihatlarida o’rganish ularning tartibi va tarkibini, paydo bo’lish qonuniyatini, hajm, vaqt va sifat jihatidan tavsifi (to’liqligi, shonchligi, eskirmaganligini), aniqlash, shuningdek axborot olish, qayta ishlash, himoya qilish imkonini beradi.

Ma’lumotlarning kodlanishi. Axborotlarning turlari, o’lchov birliklari.


Axborotlarining kompyuterda tasvirlanilishi
Kiritiladigan axborotlarni kodlash. Sonlarni va komandalarni EXM xotirasidagi ko’rinishi. Mashinada arifmetik amallarni bajarilishi.
Insoniyat o’zining tarixi mobaynida modda, quvvat va axborotlarni o’zlashtirib keladi. Insoniyatning rivojlanishida butun bosqichlar ushbu bosqichning eng ilg’or texnologiyasi nomi bo’yicha nomlanadi.
Bundan 20-30 yil oldin atom asri boshlandi deyilgan bo’lsa, xozirgi kunda ko’prok axborot asri va EXM asri xaqida eshitish mumkin.
Axborotni ishlaydigan universal mashina – EXM ning paydo bo’lishi axborotni yig’ish, Uzatish va ishlash soxasida inqilob boshlanganligini ifoda etadi. Shunday qilib, axborot nima? Bu atama informatikada ta’riflanmaydigan boshlang’ich tushunchadir.
Informatikada axborotni ishlash deganda axborotni qatori 0 rasmiy qoidalarga asosan bir turdan ikkinchisiga ixtiyoriy tarzda o’zgartirish tushuniladi. Axborotni ma’lum qoida, qonun va belgilar asosida qayta ifodalash kodlash deb ataladi.
Qadimda kodlash maxfiy yozuv uchun foydalanilgan. Rim imperatori Yuliy Sezar begonalar davlat axamiyatiga ega ma’lumotlarni o’qiy olmasliklari uchun shartli belgilardan foydalangan. Uning shartli belgisiga ko’ra alifbo aniq sondagi xarfga o’ngga yoki chapga surilar edi. Masalan, biri o’zgarmagan, ikkinchisi bir xarfga chapga surilgan ikki qator o’zbekcha xarflarni yozaylik;
ABVGDEYoJZIYKLMNOPRSTUFXSChShO’HG’EYuYaO’ЉG’H
BVGDEYoJZIYKLMNOPRSTUFXSChShHG’EYuYaO’QG’HA
U xolda, bunday usul bilan PAXTA so’zi RBSUB ko’rinishda maxfiylashtirilishi mumkin. Xuddi shunga o’xshash kodlashning boshqa usulini qurish mumkin. Masalan, alifbo xarflarini kodlashning boshqa usulini qurish mumkin. U xolda, bunday kodlashda PAXTA so’zini 17,1,23,20,1 kabi raqamlar ketma-ketligida yozish mumkin,eng sodda kodlashdir. Eski telegrafda, masalan, axborot Morze alifbosi bilan , ya’ni nuqta va tirelar ketma-ketligi ko’rinishida kodlashtirilar va o’zgartirilar edi.
Zamonaviy xisoblash texnikasi ko’pincha axborotni signallarning ketma-ketligi yordamida kodlashning ikki usulidan foydalaniladi magnitlangan va magnitlanmagan, yuqori yoki past kuchlanishli va xokazo. Bir xolatni 0 bilan, ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan. Bunday kodlash ikkilik kodlash deyilib,0 va 1 raqamlari bitlar (ing. Dit-dinary-digit-ikkilik raqam) deb ataladi. Bunda xar bir murakkab tushuncha, ikkilik belgilari ketma-ketligida ifodalanadi. Shunday qilib quyidagilar bajariladi.
O’nlik raqamlarni ikkilikda (binarli) kodlash.
Alifbo belgilarini ikkilikda kodlash (axborot almashinishning alifbo standart kodi -AASK). Kodlar ikki xil: tekis va tekis bo’lmagan turda bo’lishi mumkin. Tekis ikkilik kodlari ketma-ketligi bir xil ikkilik belgilariga ega bo’lsa, tekis bo’lmagan turi teng bo’lmagan ikkilik belgilariga ega. Tekis bo’lmagan kodga Morze alifbosi misol bo’la oladi, chunki unda xar bir xarf va raqamga uzun va qisqa signallarning ikkilik ketma-ketligi mos keladi.
Masalan, Ye xarfiga birgina nuqta mos kelsa, R xarfiga to’rtta mos keladi.
Xisoblash texnikasida odatda tekis kodlardan foydalaniladi. Matnli axborotni ikkili kodlashda xar bir belgiga uning kodi-belgilangan mikdordagi nollar va birlar ketma-ketligi mos qo’yiladi. Ko’pgina zamonaviy EXM larda xar bir belgiga bayt deb ataladigan 8 ta nol va birlardan tashkil topgan ketma-ketlik mos keladi. Ular jahmi 256 ta bo’lib, ular 256 xil turli xarflarni, raqamlar, tinish belgilari va xokazolarni kodlash imkonini beradi.

Axborotning o’lchov birliklari


Uzunlik, massa, vaqt va boshqalarni o’lchash uchun asbob va o’lchash usullari o’ylab topilgan. Ma’lumotdagi axborot mikdorini qanday bilish mumkin?
Ikkilik ma’lumotlar uchun bunday sonli o’lchov sifatida ma’lumotdagi bitlar sonidan foydalaniladi. Ushbu mikdor ma’lumotning axborot xajmi deb ataladi.
Bit va baytlardan xotiraning sig’imini o’lchash va ikkili ma’lumotlarni uzatish tezligini o’lchash uchun foydalaniladi. Uzatish tezligi bir sekundda uzatiladigan bitlar soni bilan o’lchanadi (masalan 19200 bit/s).
Ikkilik ma’lumotlarda axborotning mikdorini o’lchash uchun bit va baytlardan tashqari quyidagi kattaroq birliklardan xam foydalaniladi:
1 k bit = 210=1024 bit.
1 M bit = 220=1048576 bit
1 g bit = 230=109bit=1 mld bit
1 k bayt =210=1024 bit
1m bayt =220=1048576 bit
1 g bayt =230=109bit= 1 mld bit
1 tera bayt=1 Тb=243 bit,
1 peta bayt=1 Pb=253 bit,
1 eksa bayt=1Eb=263 bit
Mashina xotirasi yacheykalardan iborat bo’lib, ularga bitta son yoki komanda yozilishi mumkin. Xotira yacheykalari 0 dan N-1 gacha nomerlangan bo’lib, bu nomerlar yacheyka adresi deyiladi. Xozirgi zamon mashinalarida yacheykalar soni 2048 dan tortib 130972 gacha yoki undan ortiq bo’lishi mumkin. Xar bir xotira yacheykasi o’z o’lchamiga ega bo’lib, unga qarab komanda tuzilishlari xam xar xil bo’ladi. Xar bir komanda asosan 2 qismdan iborat. amal kodi, adreslar maydoni. Adreslar soniga qarab EXM lar 1 adresli, 2 adresli, 3 adresli bo’lishi mumkin.
Arifmetik amallar kodlari:
001 - qo’shish
002 - ayirish
003 – ko’paytirish
004 – bo’lish
To’xtatish komandasi maxsus bo’lib, uning kodi 017 bo’ladi. Har qanday axborotni katta bo’lmagan oddiy qismilarga bo’laklarga bo’lish mumkin. Masalan, matn harflardan va belgilardan, son raqamlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Harf-bu matnli axborotlarning, raqam esa – sonlarning elementlar bo’ligidir.

Download 0.92 Mb.
  1   2   3




Download 0.92 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Download 0.92 Mb.