|
O’zbеkistоn rеspublikаsi
|
bet | 1/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)
KIRISH
Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz uchun nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik fani vujudga keldi.O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi.
“Dinshunoslik” fani talabalarda jahon dinlarining tamadduni, rivojlanishi, tarixi, falsafasi, xalqlar ijtimoiy va manaviy hayotida tutgan o‘rni bo‘yicha ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, shuningdek, din niqobi ostida turli buzg‘unchi g‘oyalarning mohiyatini anglab yetish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu dastur dunyo dinlari tarixi tushunchasi, predmeti va vazifalari, tamoyillari, manbalari, Dinlari tarixi predmeti va tizimi, manbalari, jahon dinlari, ushbu din vakillari, ularning urf-odatlari, an’analari, dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga jahon dinlarining shakllanishi, mohiyati, tarixi, tamadduni, hozirgi holati, jamiyat hayotida tutgan o‘rni va tarbiyaviy ahamiyati, manaviy madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi, diniy e’tiqod, undan kutilgan asosiy maqsad haqida ilmiy malumot berishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalar ongiga jahon dinlari turlari, ularda vujudga kelgan yo‘nalish va mazhablar, jahon dinlarining ijtimoiy funksiyalari haqida ilmiy-mantiqiy xulosa chiqara olish, shu bilan bir qatorda milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishda jahon dinlarining hissasi va o‘rnini asosli ravishda tahlil qila olish qobiliyatini, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Fanni o‘qitishda ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, xolislik tamoyillariga amal qilgan holda an’anaviy usullar bilan bir qatorda davra suhbati va ilg‘or pedagogic texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
Fan mazmuniga qo`yiladigan malakaviy talablar. “Dinshunoslik” fanidan quyidagilarni puxta o‘zlashtirishlari lozim: jahon dinlari to‘g‘risida tushuncha, jahon dinlari turlari, buddizmning paydo bo‘lishi va uning mohiyati, buddizm dinidagi asosiy g‘oyalar, xristianlik, uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi omillari, xristianlik dinining turli oqimlarga bo‘linib ketishi va uning davlat diniga aylanishi, islom dini, islom dini paydo bo‘lishi davridagi tarixiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarda, islom dini shakllanishi arafasida arab dinlari, Qadimgi Arabistonga tashqi dinlarning kirib kelishi, islom dinining jamiyat va inson hayotida tub burilish yasaganligi, yakkaxudolikka davat, hijratgacha bo‘lgan davrda islomning rivojlanishi, hijratning amalga oshirilishi, islom davlatining qurilishi, islom qadriyatlari, manaviyati va marifati, milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligi, Qur'on va uning shakllantirilishi, islomdagi oqimlar va mazhablarning mintaqa manaviyatidagi o‘rni, islomning rivojlanish xususiyatlari, islomdagi diniy-axloqiy va huquqiy normalar, ularning mazmuni xususiyatlari, komil insonni tarbiyalashda diniy asarlarning roli, Markaziy Osiyoda Islom manaviyatining rivojlanishi, tasavvuf, milliy g‘oya va manaviyatning shakllantirishda diniy bilimlarning ahamiyati.
Talabalar dunyo dinlari, dunyo kishilarining diniy e'tiqodi, dinlar, ulardagi oqimlar va mazhablar, din jamiyatning ajralmas qismi ekanligi haqida tasavvurga ega bo`lishi lozim. Dinning umumiy tarifi, uning kelib chiqishi, talimoti muqaddas manbalari, oqimlari, jahonda mavjud bo`lgan dinlarning umumiy xususiyatlari, dunyo diniy xaritasi, dunyo xalqlarining dinga bog‘liq qadriyatlari to`g‘risida din va qonunning o`zaro munosabatlari. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g‘risida ”gi qonun haqida bilishi kerak. Dinning insoniyat tarixiy taraqqiyotida tutgan o`rni uning insoniyatga o`tkazgan ijtimoiy-psixologik tasiri, kompensatorlik, integratorlik, regulyatorlik, legitimlovchilik kabi jamiyatdagi vazifalari, dunyo madaniyati va san'at sohalarining shakllanishida dinning o`rni, shu bilan bir qatorda ibtidoiy dinlarning elementlari va marosimlarini bilish, yahudiylik, xinduiylik, konfutsiylik, sintoizm, buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlarining kelib chiqishi, talimoti, muqaddas kitoblari va hozirgi zamonda tutgan o`rnini bilishi kerak.
|
| |