• I. Tarixiy-geografik tasnif
  • O’zbеkistоn rеspublikаsi




    Download 1,63 Mb.
    bet6/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    3. Dinlarning tasnifi. Dininy e`tiqodda muayyan timsollar, ramzlar (buyum, harakat, so`z, matnlar) diniy ma`no va mazmun kasb etadi. Har bir din yoki din ichidagi yo`nalishlar o`ziga xos asosiy aqidalar yoki e`tiqod ramzlariga ega. Bir dinga e`tiqod qiluvchi shaxslarning diniy marosim va ibodatlarni birgalikda bajarishlari natijasida diniy birlashmalar shakllanadi. Diniy uyushmalar diniy tashkilot, sekta va denominatsiya shakllarida bo`lish mumkin. Xususan, diniy tashkilotlar – muayyan davlatdagi bir dinga e`tiqod qiluvchi shaxslarning diniy ehtiyojlarini birgalikda bajarish maqsadida tuzgan ko`ngilli birlashmalari hisoblanib, ular amaldagi qonunlarga asoslangan holda davlat ro`yxatidan o`tishi bilan tashkilot sifatida ko`riladi. Denominatsiya esa aksariyat holatlarda xristianlikda cherkov va sekta oralig`idagi diniy birlashma sifatida mavjud bo`ladi.
    Sekta – diniy qarashlari va marosimlaridagi tafovutlarga ko`ra, muayyan dindan masalan, rasmiy cherkovdan ajralib chiqqan guruh yoki tashkilot bo`lib, odatda, davlat hokimyati va cherkovga muxolifatda turadi. Shu bois ko`p holatlarda sekta a`zolari davlat hokimyati va an`anaviy din vakillari tomonidan ta`qib qilinadi2.
    Dinlar unga e'tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma'lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik yetuk bo‘lishidan qat'i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo‘lmaydi. Chunki har qanday tasnif ma'lum bir jihatga e'tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi. Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagicha tasniflari mavjud:

    I. Tarixiy-geografik jihatga ko‘ra;


    II. Etnik jihatga ko‘ra;
    III. E'tiqod qiluvchilarining soniga ko‘ra;
    IV. Hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar)


    I. Tarixiy-geografik tasnif:
    1) O‘rta yer dengizi havzasi dinlari:
    a) grek;
    b) Rim;
    v) ellinistik;

    Download 1,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 1,63 Mb.