• 2. Din tushunchalarining mohiyati. Dinning funksiyalari va ijtimoiy ahamiyati.
  • Dinshunoslik fanining vazifalari quyidagilardan iborat




    Download 1,63 Mb.
    bet4/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    Dinshunoslik fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
    Birinchidan, Oliy o‘quv yurti talabalariga shu sohada chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va obyektivlik uslubini qo‘llanib, ularga diniy qarashlar taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan dunyoviy imon va e'tiqodni shakllantirish;
    ikkinchidan, ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug`, qabila va milliy dinlargacha, ularda jahon dinlarining paydo bo‘lishi va rivojlannshining ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini tarixiy dalillar asosida har tomonlama ilmiy taxlil kilish va umumlashtirish;
    uchinchidan, kursni o‘rganish jarayonida dinning ta'rifi, tavsifi, diniy va ilmiy kategoriya (asosiy tushunchalar), dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli bosqichlarda tutgan o‘rni; jamiyatni, shaxsni ma'naviy kamol toptirishda milliy va diniy qadriyatlarning ahamiyati; islomning Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston xalqlari madaniyati va ma'naviyatiga ta'siri kabi masalalarni falsafiy taxlil qilish;
    to‘rtinchidan, talabalarga islom manbalari - Qur'oni karim, hadis, shariat haqida umumiy ilmiy tushunchalar berish, uni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan vatandosh bobokalonlarimiz hayoti va ijodi bilan tanishtirish; hadislarning tarbiyaviy ahamiyatini keng yoritish; tasavvuf ta'limotini takomillashtirishda hamyurtlarimiz ijodini bayon etish;
    beshinchidan, hozirgi davrda mustaqil mamlakatimizda vijdon erkinligining to‘liq kafolatlanganligi isbotlab berish, islomdagi real qadriyatlarni tiklash yo‘lida qilinayotgan sa'y-harakatlarni tavsiflash, nihoyat, milliy va diniy qadriyatlarning sog`lom avlodni, jumladan talabalarni kamol toptirishga bag`ishlash, ularda din haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
    2. Din tushunchalarining mohiyati. Dinning funksiyalari va ijtimoiy ahamiyati.
    Din tushunchasi o‘zbek tiliga Arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, ishonch, inonmoq ma'nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o‘ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning bir turidir. E'tiqod so‘zi ham Arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, chuqur, mustahkam ishonch ma'nosini anglatadi - demak, diniy e'tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya'ni diniy ta'limot nuqtai nazardan “din”, «diniy e'tiqod» tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma'nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo‘lgan, uni go‘yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir «to‘g‘ri», «haqiqiy», «Odil» hayot yo‘llarini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarashlar, ta'limotlar majmuidan iboratdir.
    Dinlarning paydo bo‘lishi, qaror topishi va kayta tiklanishining gnoseologik, ijtimoiy va psixologik ildizlari mavjudsir. Uning ildizlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ularning egallagan o‘rni ham, odamlarga ta'sir darajasi ham goh kuchayib, goh pasayib turadi; bu ildizlar tufayli din tarqalib, qaror topib, amal qilib, goh avj olib, goh zaiflashib turadi. Masalan, hozirgi davrda umumbashariy (global) muammolar, chunonchi oziq-ovqat etishmasligi, xom ashyo kamayib borayotganligi, energiya tanqisligi, aholining tez ko‘payib borayotganligi, termo-yadro urushi xavfi kuchayayotganligi, atrof-muhitning tobora ifloslanayotganligi, ekologik vaziyat, ya'ni axloqiy buzilish (siyosiy, diniy ekstremizm, terrorchilik, korupsiya, o‘garlik, talonchilik, buzg‘unchilik va h. k., tobora ko‘proq taxdid, xavf-xatar tug‘dirmokda.
    Din kishilar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar va bu borada diniy tashkilotlarning faoliyatidan ham iboratdir. Dinning hamma tarkibiy qismlari singari diniy munosabatlar va diniy tashkilotlar faoliyati ham ijtimoiy vaziyatlar bilan belgilanadi. Bularning faoliyati nisbiy mustaqillikka ega bo‘lib, kishilarning voqelikka bo‘lgan munosabatiga muayyan darajada ijobiy yoki salbiy ta'sir etib turadi.
    Diniy tushunchalar, tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning bevosita ta'siri natijasida vujudga keladigan dindorlar o‘rtasidagi aloqadorlik va diniy jamoa, uyushma va tashkilotlarning faoliyatlari diniy munosabatlar deb ataladi. Bunday munosabatlar ijtimoiy, goyaviy, mafkuraviy munosabatlarning turlari bo‘lib, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi, pirovardi-oqibatda ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli hisoblanadi.
    Jamiyatda diniy munosabatlar alohida mavjud bo‘lmaydi; ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlari, chunonchi siyosiy, huquqiy, axloqiy, ma'naviy munosabatlar, mehnat jarayonlari bilan uzviy bog‘liqtsir; bir-birini oziklantirib turadi.
    Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning obyekti va subyekti diniy jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang‘ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha:
    1) diniy e'tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a'zolari orasidagi o‘zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning birligi.
    Diniy jamoalarning tuzilishi an'analar va urf-odatlar, huquq yoki umumiy dasturlar, qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar sosida rasmiy va norasmiy guruxlarga: - “jamoa kengashi”, «ruhoniylar», «qavmlar» va «va'zxonlar» ga, diniy va xo‘jalik, moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi.
    “Dinshunoslik” fani dinning gnoseologik va ijtimoiy ildizlarini, uning mohiyatini, kelib chiqishi va rivojlanib borishini mufassal taxlil etib bergan. Dinning psixologik ildizi inson psixikasining xususiyatlariga bog`liq bo‘lib, u olamning odam ongida in'ikos etishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.
    Dinga ishonuvchining rastional va hissiy elementlarini o‘z ichiga oluvchi bu ruhiy (psixik) holatlari diniy o‘z-o‘zini anglash va o‘zini o‘zi his etish vujudga kelishi uchun shart-sharoit va imkoniyat yaratadi. Bunda muayyan ijtimoiy, avvalo salbiy subyektiv omillarning ta'sirida ro‘yobga chiqishi, amalga oshishi mumkin. Bu omillar turli xil salbiy hislar paydo bo‘lishi uchun sababdir. Dinshunoslikning vazifasi talabalarga ana shu sabablarning salbiy oqibatlari oldini olish, ularni bartaraf etish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
    Ilmiy falsafaning inson ijtimoiy munosabatlar majmuidir, degan qoidasiga asoslanadigan bo‘lsak, jamiyatdagi birliklarni, hamkorliklarni shakllantirishda ijtimoiy omillar hal kiluvchi rol o‘ynashi, shaxs bu omillarning qonuniy mahsuli ekanligi ayon bo‘ladi.
    Ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqotchini jamiyatga xos bo‘lgan asosiy hodisalar xususiyatlarini, ularning paydo bo‘lishi, o‘zgarishi va rivojlanishini aniqlashga undaydi va anglashga yordam beradi. Tarixiy, ijtimoiy usul deb atalmish bunday yondashuv tarixiy etnografik tadqiqotlarni olib borishda va ularning natijalaridan talabalarni xabardor qilishda ayniqsa yaxshi samara beradi. U yosh avlodda, jumladan talabalarda diniy e'tiqod va an'analarning saqlanishi va takrorlanishiga sabab bo‘ladigan ijtimoiy-psixologik omillarni tadqiq etishda to‘g`ri yo‘nalishni belgilab olish imkonini beradi. Yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, ijtimoiy-psixologik hodisalarning xususiyatlarini hisobga olmay turib dinni tushunish, izoxdash, tavsiflash mumkin emas. Din ma'naviy, aniqrog`i, g`oyaviy-madaniy omil bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda, ko‘pgina jihatlardan ijtimoiy-ruhiy hodisa hamdir.
    Din ijtimoiy birliklar va guruhlar mafkurasi va psixologiyasining tarkibiy qismi, bayram, urf-odat va marosimdarning manbai bo‘lib, jamoa va guruxlar fikrini shakllantiradi, shaxs va ijtimoiy guruxlarning dasturlarini, qadriyat yo‘nalishlarini belgilaydi. Shu bilan birga, dinning paydo bo‘lishi va evolyustiyasi, muayyan jamiyatdagi shart-sharoitni va uning dastlabki shakllari - totemizm, fetishizm, animizm, sehrgarlik, zardushtiyliklarni o‘rganish, turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda dinning paydo bo‘lish, mavjud bo‘lib turish sabablari va ildizlarini o‘rganishni ham taqozo etadi.
    Umuman din, xususan Islom dini 5 asosiy funkstiyani boshqaradi. Bular qatoriga kompensatorlik, to‘ldiruvchilik, integrativ (birashtiruvchilik), regulyativ (nazorat qiluvchilik), kommunikativ (aloqa bog`lovchilik), legitimlik (qonunlashtiruvchilik) funksiyalar kiradi.
    Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo‘lgan din xalqlar hayoti bilan bog`liq holda rivojlangan, moslashgan, sekin-asta diniy tizimni vujudga keltirgan. Natijada muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, tarbiyaviy vazifalarni bajarishni o‘z zimmasiga olgan. Bunday vazifalar jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanib muayyan qolipga tushib, har biri maxsus qoida, g`oya, mafkura, dastur sistemasiga aylangan.
    Dinning yuqorida qayd qilingan besh funksiyasining qisqacha ta'rifi va tavsiflari quyidagilardan iborat.

    Download 1,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 1,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dinshunoslik fanining vazifalari quyidagilardan iborat

    Download 1,63 Mb.