• Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari.
  • Ikkinchidan
  • Uchinchidan
  • Birinchidan, har qanday din ijtimoiy hodisa fenomen hisoblanib, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir; Ikkinchidan




    Download 1,63 Mb.
    bet3/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    Birinchidan, har qanday din ijtimoiy hodisa fenomen hisoblanib, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir;
    Ikkinchidan, diniy tasavvur va e'tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy sharoitlari ta'sirida turli-tuman shakl kasb etgan;
    Uchinchidan, ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlar evolyustiyasini e'tirof etish dinshunoslik haqida to‘g`ri ilmiy xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
    Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, “Dinshunoslik” predmetini quyidagicha ta'riflash mumkin:
    Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo‘lgan barcha din shakllarining ma'naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini, ularning ta'limoti va marosimchiligi, ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funkstiyalarini ilmiy jihatdan o‘rganuvchi fandir.
    Dinshunoslik kursining falsafa, tarix, etika, psixologiya fanlari bilan bog`liqligidan tashqari bu kurs din sostiologiyasi bilan ham bog`liq, bo‘lib, uning natijalari muhim amaliy ahamiyatga ega.
    Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Dinshunoslik kursini o‘qitishdan birinchi maqsad talabalarni din va diniy ta'limotlarning diniy talqinidan tashqari ilmiy tushuncha, ta'limot, nazariya, falsafiy xulosalar bilan qurollantirishdan iborat. Buning uchun hozirgi zamon fani yutuqlari asosida dinning kelib chiqishi, evolyustiyasi, hozirgi holati, insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o‘rni haqida ilmiy-nazariy ta'limotlar bilan qurollantirish ko‘zda tutiladi.
    Ikkinchidan, O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda VIII asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga aylanganligi, xalqimiz turmush tarziga chuqur kirib borganligini hisobga olib, uning shaxs, oila, jamiyat hayotida tutgan o‘rni, madaniyat va ma'naviyat, san'at va adabiyotni boyitishga ko‘shgan hissasi xususida talabalarni ilmiy-falsafiy bilimlar asosida fikr yuritishga o‘rgatilishdan iborat.
    Uchinchidan, ibtidoiy dinlardan tortib to jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlarning shakllari, ta'limotlari, yo‘nalish va oqimlari mazhab va sektalari haqida umumiy ilmiy tasavvur hosil qilish orqali mustaqil falsafiy xulosalar chiqara olish malakasini hosil qilishdan iborat.
    Yuqoridagi maqsadlarga erishishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g`risida” gi yangi tahrirdagi qonun, Jinoyat, Fuqorolik, Oila, Yoshlar kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko‘rsatmalar, qoidalar dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi.

    Download 1,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 1,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Birinchidan, har qanday din ijtimoiy hodisa fenomen hisoblanib, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir; Ikkinchidan

    Download 1,63 Mb.