|
) Qadimiy Yaqin va O‘rta Sharq dinlari
|
bet | 7/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)2) Qadimiy Yaqin va O‘rta Sharq dinlari:
a) Misr;
b) Shumer;
v) Akkad;
g) g`arbiy-somiy;
d) islomgacha arablar dinlari;
3) Yaqin va O‘rta Sharqning payg`ambarli dinlari:
a) zardushtiylik;
b) yahudiylik;
v) xristianlik;
g) manixeizm;
d) islom;
4) Hindiston dinlari:
a) vedalar dinlari;
b) hinduizm;
v) hind buddizmi (teravada, maxayana);
g) jaynizm;
5) Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo dinlari:
a) Shri-Lanka, Tibet, Janubi-Sharqiy Osiyo havzasi buddizmi;
b) Xitoy dinlari (daosizm, konfutsiychilik, buddizm maktablari);
v) Koreya va Yaponiya dinlari;
6) Amerika hindulari dinlari:
a) toltek va atsteklar dinlari;
b) inklar dinlari;
v) mayyalar dinlari.
II. Etnik tasnif.
Urug`-qabila dinlari – totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug`idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sig`inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba'zi qabilalarda saqlanib qolgan;
Millat dinlari – ma'lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduizm (hindlarga xos), konfutsiychilik (xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi;
Jahon dinlari – dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat'inazar unga e'tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Ular safiga odatda buddizm, Xristianlik va islom dinlarini kiritadilar. Jahon dinlariga faol misseonerlik va targ`ibot-tashviqot o`tkazish xos bo`lib, ular turli millat va elat, ijtimoiy tabaqaga mansub odamlar ichida da`vat qilinadi. Shu bilan birga jahon dinlarining barchasida umuminsoniy qadriyatlar, barcha odamlarning teng ekani haqidagi g`oyalar ilgari suriladi.
Noan`anaviy dinlar va yangi diniy harakatlar: G`arbda ko`proq xristianlik asosida vujudga kelgan, masalan «Iso Masih cherkovi», Mormonlar va h.k). Sharqda shakllangan, Krishnaizm, Shri Chinyoma markazi. Sinkretik: ga`rb va sharq yo`nalishlari aralashmasi – «Buyuk oq birodarlik» va Bahoiylik kabi turli yangi din va yo`nalishlarni misol qilish mumkin.
Iblisga sig`inuvchilar – satanizm, mistik (okkultizm) oqimlari mavjud3. Dinlar yagona xudoga sig`inish yoki ko`pxudolikka asoslanganligi, e`tiqod qiluvchilarning tarkibi va soni kabi qator mezonlarga ko`ra tasniflanadi. Jumladan, islom, xristianlik, sikxizm va yahudiylik dini yakkaxudolikka (monoteizm), buddaviylik, hinduiylik esa ko`pxudolikka (politeizm)ga asoslangan. Afroxristian, dzen-buddaviylik kabi dinlar qo`shilib ketishi orqali (sinkretik dinlar) vujudga kelgan.
Dunyo aholisining diniy tarkibi haqida turli manbalarda bir-biridan farq qiluvchi ko`rsatgichlar aks ettiriladi. Soha mutaxassislari tomonidan ko`proq «Pev Research Center» (Vashington) tadqiqot markazi tomonidan berilgan ma`lumotlardan foydalaniladi. Jumladan mazkur markazning 2010 yil o`tkazgan va 2012 yil dekabrda e`lon qilingan tadqiqotlari natijasiga muvofiq, xozirda dunyoda xristianlar 2,2 mlrd, (Yer aholisining 32 %), musulmonlar 1,6 mlrd (23%), buddaviylar 500 mln (7%), shuningdek hinduiylar 1 mlrd (15%), yahudiylar 14 mln (0,2%) hamda sikxizm, sintoizm, jaynizm, bahoiylik kabi milliy din va diniy konfessiyalrga 58 mln kishi (1%) e`tiqod qiladi. Hali biror din tanlamagan ateistlar soni 1,1 mlrd (16%)ni tashkil etadi4.
|
| |