• 3-mavzu: Zardushtiylik dini Reja
  • Zardushtiylikning vujudga kelishi.
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 1,63 Mb.
    bet15/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    Takrorlash uchun savollar

    1. Yahudiylik dini qaysi vaqtda vujudga kelgan?


    2. Yahudiylik dinining muqaddas kitobi qaysi?
    3. Yahudiylik dinining asosiy ta’limoti nimalardan iborat?
    4. Vedalarning boshqa muqaddas kitoblardan qanday farqi bor?
    5. Braxmanlik jamiyatni qanday tabaqalarga bo‘ladi?
    6. Hinduiylik qanday dinlar qatoriga kiradi?
    7. Hinduiylik ta’limoti nimalardan iborat?
    8. Konfusiychilik nima asosida vujudga kelgan?
    9. Konfusiychilik Xitoyda qanday mavqyega ega edi?
    10. Daosizm asoschisi kim?

    3-mavzu: Zardushtiylik dini
    Reja

    1. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi. Zardushtiylik shakllangan tarixiy sharoit.

    2. Zardushtiylik ta'limoti. Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal tamoyili. Govmard va shoh Yima. Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari.

    3. Zardushtiylikda tabiatning ulug‘lanishi. Zardushtiylikning diniy iyerarxiyasi.

    4. «Avesto» matnlari. Avestoning tarkibiy tuzilishi.



    Zardushtiylikning vujudga kelishi. Zardushtiylik mil.avv. II-I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik ta'limotiga ko‘ra, bu din vahy orqali nozil bo‘lgan. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko‘p ta'sir o‘tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ustidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g‘oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan o‘zlashtirildi. Aytib o‘tish joizki, ushbu din paydo bo‘lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to‘liq echilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg‘ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so‘zni «Mazdaga sig‘inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so‘zi «Donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi.
    Zardushtiylik yana «Behdin», ya'ni «eng yaxshi din» deb ham ulug‘langan. Uning ta'limotiga ko‘ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so‘zi oldiga ulug‘lash ma'nosini anglatuvchi «Axura» qo‘shilib, zardushtiylikning ilohiyoti – Axura-Mazda nomi paydo bo‘lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zardust, Zoroastr ko‘rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o‘rtasida Zardushtning tarixda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba'zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil.avv. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta'kidlashicha, u mil.avv. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavvjud bo‘lgan ko‘pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvvur va e'tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi.
    Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joy xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – «G‘arb nazariyasi» bo‘lib, unga ko‘ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimgi Eron hududlarida keng tarqalganligi bo‘lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avvestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy Eron-pahlavviy tilida bo‘lganligidir. E'tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davvrlarida, ya'ni mil.avv. VI 69 asrdan to mil. VII asrigacha ketma-ket aynan yaqin va O‘rta Sharqda davvlat dini maqomida bo‘lgan. Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo‘lib, unga ko‘ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko‘pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk Xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog‘langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avvestoda: «birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba'zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», - deyiladi.
    «Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavvsifi Xorazmnikiga to‘g‘ri keladi. Avvestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «barakat va najot»sohibi bo‘lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo‘l» Sug‘d, «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko‘tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi.

    Download 1,63 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




    Download 1,63 Mb.