• Mels Mahmudov Taqrizchilar: Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Baxtiyor Mustafoyev Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sobit Avezov
  • «O`zbеk masiqa tariхi»




    Download 1.57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/36
    Sana04.03.2024
    Hajmi1.57 Mb.
    #166204
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    f5ff4863-76d0-454e-b4c5-e67daa453121
    ped amaliyot hujjatlari yuzi, Пектолитик ферм-WPS Office, Пробиотик олишда, Mashinalarda proporsiya va proporsiyalashni o rganish, Ergasheva Dilso\'z ma\'lumotnoma, Mirzayeva Umida ma\'lumotnoma, makroekonomika, 1-labaratoriya ishi, 1 Topshiriq 1-25, Dabiy tahrirning mohiyati, vazifasi va muharirlik faoliyati, Surunkali yurak yetishmovchiligi, gre-sample-questions, Microsoft Word 2016-Êàðèìîâ È. Ì. Àõáîðîò õàâôñèç àñîñëàðè Äàðñë, 1680241037 (1), Amaliy o’zbek tili fanidan 1-kurs (rus guruhlari) uchun yakuniy nazorat savollari


    Bahrom Madrimov 
    O`ZBEK MUSIQA 
    TARIXI 
    (5111100 musiqiy ta

    lim yo

    nalishi talabalari uchun mo

    ljallangan) 
    Toshkent-2015 


    Mazkur o‗quv qo‗llanma oliy o‗quv yurtlari 5111100 musiqiy ta‘lim yo‗nalishi 
    talabalari uchun mo‗ljallangan. 
    O‗ZBEK MUSIQA 
    TARIXI 
    O‗quv qo‗llanma 
    Toshkent-2015 


    O‗quv qo‗llanmada o‗zbek musiqasi tarixi, uning tarixiy davrlardagi shakllanish 
    va rivojlanish jarayoni yoritilgan. Qo‗llanmada o‗zbek musiqa san‘atining ilk 
    o‗rta asr, sosoniylar, somoniylar, temuriylar davri , XIX-XX asr va istiqlol davri 
    rivojlanish jarayoni tarixiy manbalar asosida aks ettirilgan. Shuningdek, hozirgi 
    o‗zbek musiqasi va musiqa folklori janrlari tabiati, taraqqiyoti, ularning o‗ziga xos 
    belgilari, farqli xususiyatlari atroflicha tahlil va talqin etilgan. Qo‗llanmaning 
    muhim ahamiyati shundaki, o‗zbek musiqa san‘ati tarixi va taraqqiyoti jahon 
    musiqasi rivojlanishi bilan qiyosiy tarzda o‗rganilgan.
    O‗quv qo‗llanma oliy ta‘limning musiqa ta‘limi yo‗nalishi talabalari, musiqa 
    san‘ati 
    mutaxassislari, 
    pedagoglari 
    va 
    shu 
    soha 
    ixtisosliklari 
    bilan 
    shug‗ullanuvchilariga mo‗ljallangan.
    Muharrir: Pedagogika fanlari doktori, professor 
    Mels Mahmudov 
    Taqrizchilar: Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
    Baxtiyor Mustafoyev 
    Filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
    Sobit Avezov 


     
    SO„Z BOSHI 
     
    Ushbu o‗quv qo‗llanma O‗zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim 
    vazirligi tomonidan 5111100-bakalavriyat yo`nalishi talabalari uchun tayyorlangan 
    fan dasturi asosida tuzildi. 
    "O`zbek musiqa tarixi" o`quv fanining vazifasi o`zbek xalqining musiqa 
    madaniyati, tarixi, kompozitorlar ijodi bilan tanishish, kompozitorlarning yozgan 
    musiqiy asarlari bilan tanishish, ularninг yozilish tarixini o`rganish hamda jahon 
    musiqa madaniyatida tutgan o`rni haqida o`quvchilarga ma`lumot berishdan iborat. 
    "O`zbek musiqa tarixi" fanida o`zbek musiqa tarixi bilan bir qatorda 
    kompozitorlar 
    ijodi 
    ma`naviy 
    qadriyat 
    sifatida 
    ardoqlab 
    kelingan. 
    Uning 
    shakllanish va rivojlanish jarayonini o`rganishda mumtoz adabiyoti va san`atidagi
    ilg‘or ijodiy merosning ahamiyati juda katta. 
    "O`zbek musiqa tarixi" fanining asosiy maqsadi-talabalarni o`zbek musiqasi 
    bosib o`tgan tarixiy jarayon, uning umuminsoniyat tarixida tutgan o`rni, milliy 
    musiqiy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, ularga musiqiy-tarixiy bilimlarni berish, 
    musiqa san`atining tarixi bilan jamiyat taraqqiyotining bog‗liqligini tushuntirishdan 
    iborat. O`zbek musiqasini qadimiy davrlarda, Temuriylar davrida qay darajada 
    rivojlanganligini, ulug‗ siymolar va musiqashunoslar nomlarini va ularning musiqa 
    ilmida 
    yaratgan 
    kashfiyotlari 
    hamda 
    uni 
    rivojlantirishdagi 
    hissalarini 
    bilish 
    talabalarda 
    milliy 
    g‗urur, 
    qadr-qimmat, 
    ehtirom 
    tuyg‗ularini 
    shakllantirishda 
    xizmat qiladi. 
    "O`zbek musiqa tarixi" o`quv fanining vazifasi o`zbek xalq cholg‗uchiligi 
    tarixini, arxeologik qazilma yodgorliklarini o`rgatish, O`rta asr olimlarining ilmiy-
    usuliy qarashlarini fikrlash, maqomot tizimi bilan tanishish, o`zbek xalq musiqasi
    xalq qo`shiqlari janri (ashula, lapar, yalla, marosim, meqnat va hokozo) 
    xususiyatlarini o`rganish kabilarni o`z ichiga oladi. U vazifalarni bajarishda o`zbeк 
    musiqashunosligida bu mavzularga bag‗ishlangan, keng yoritilgan mavzu va 
    yangi adabiyotlarga tayaniladi.
    "O`zbek musiqa tarixi" fani ilk cholg‘u asboblari paydo bo`lgandan boshlab to 
    XX asrgacha ularning turlari, ijro uslubi, shakllanishi va evolyutsion o`zgarib 
    turishini bosqichma-bosqich kuzatib boradi. Ular haqidagi ma`lumotlar yozma 
    manbalar va arxeologik qazilma yodgorliklari asosida bilim beriladi. Bunda o`zbek 
    va fors adabiyotida muhim ahamiyat kasb etgan kitob miniatyuralari ham o`rin 
    olgan. "O`zbek musiqa tarixi" fanini o`rganish talabalar oldida turgan asosiy 
    maqsadlardan biridir. 



    Download 1.57 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 1.57 Mb.
    Pdf ko'rish