Etishni rag’batlantirish




Download 69.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.03.2024
Hajmi69.49 Kb.
#165804
Bog'liq
Qo’shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni jalb
1-6 mavzular, 2-mavzu, SHIKOYAT ARIZASI, иктидорли шахсий иш режа Назаров Жавлон, 3 laboratoriya, Urazaliyev.T, rashidova h.fizialogiya, jalol mustaqil ta\'lim, Ilk qadam davlat quv dasturi asosida faoliyat markazlarida makt, Doc1, 11 ГЛАВА 7, 09 ГЛАВА 5, Ommalashtirish uchun, 3-mustaqil ish dasturlash, 7-sinf-test-takrorlash


6.2.Qo’shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni jalb 
etishni rag’batlantirish 
O’zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining rivojlanib borishi, foyda 
olishning turli yo’llarini amalga tatbiq etishga olib kelmoqda. Agarda avval 
korxonalarda asosiy daromad o’zida ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan iborat 
bo’ladigan bo’lsa, bozor munosabatlari rivojlanayotgan hozirgi sharoitda investitsiya 
va moliyaviy daromad olishga kengroq e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda investor 
oldida turgan asosiy maqsad optimal investitsiya portfelini shakllantirish bo’lib, 
uning ushbu portfel tarkibiga kiruvchiga investitsiya qimmatliklarini, boshqacha 
aytganda, investtsiya mulk ob’ektlarini qanday joylashtirishi ham muhim 
hisoblanadi. 
Bugungi kunda investor mulkini qaysi faoliyatga yo’naltiriliishi ham muhim 
masalalar qatoriga kiradi. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri 
qo’shma korxonalar hisoblanadi. Qo’shma korxonalar tashkil etish korxona va 
tashkilotlarning chet ellik sheriklar bilan aloqasini yuksaltiradi, mamlakat hududida 
xorijlik tadbirkorliklarga keng sharoit yaratadi, mamlakat hududiga xorijiy 
investitsiyalarini jalb etadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida milliy iqtisodiyotni 
barqarorlashtirishning asosiy omillaridan biri bu qo’shma tadbirkorlikni 
rivojlantirishga keng yo’l ochib berilishidir. Hozirgi kunda xorijlik ishbilarmonlar 
O’zbekistonni o’zlari uchun qulay va ishonchli sherik deb hisoblaydilar, chunki 
respublikamizda xorijiy investorlar uchun qulay investitsion muhit yaratildi. 
Natijada 
ularda o’z sarmoyalarini respublikamizda joylashtirish va biz bilan hamkorlik qilish 
istagi ortib bormoqda. Respublikamizda yaratilgan qulay investitsion muhitning 
asosiy omillari - respublikamizdagi qulay siyosiy barqarorlik, boy xom ashyo 
resurslarining mavjudligi, qo’shma tadbirkorlikning huquqiy asosi yaratilganligidir. 
Xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish mamlakatimizga: 
- yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb 
qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy kilish esa necha yillar davomida sifatsiz, 
xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab chikaruvchi eski 
texnikalardan tezrok qutilish imkonini beradi; 
- yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan 
ta’minlash, shu bilan birga, xorijning ilg’or boshkaruv tajribasini joriy kilish 
imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi; 
- jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va 
ularni eksport kilish evaziga mamlakatga erkin konvertatsiya qilinadigan 
valyutalarning ko’proq kirib kelishini ta’minlaydi. 

Download 69.49 Kb.




Download 69.49 Kb.
Pdf ko'rish