Mavzu: Doni Zokirov ijodiy faoliyati Reja




Download 31.74 Kb.
bet1/5
Sana24.05.2023
Hajmi31.74 Kb.
#64128
  1   2   3   4   5
Bog'liq
jalol mustaqil ta\'lim
1-6 mavzular, 2-mavzu, SHIKOYAT ARIZASI, иктидорли шахсий иш режа Назаров Жавлон, 3 laboratoriya, Urazaliyev.T, rashidova h.fizialogiya, Ilk qadam davlat quv dasturi asosida faoliyat markazlarida makt, Doc1, 11 ГЛАВА 7, 09 ГЛАВА 5, Ommalashtirish uchun, 3-mustaqil ish dasturlash, 7-sinf-test-takrorlash

Mavzu: Doni Zokirov ijodiy faoliyati


Reja:
Kirish
1. Doni Zokirov ijodiy faoliyati
2. O’zbek estrada musiqasi tarixi
3. Estrada xonandasi ovozini shakllantirishga doir uslubiy tavsiyalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
O’zbekiston Mustaqillikka erishgan davrdan boshlab yaratilayotgan san’at asarlari orasida Vatan, istiqlol, ozodlik, millat haqidagi qo’shiqlar keng o’rin oldi.Boshqa san’at turlari qatorida eng ommaviy san’at turi – musiqiy estrada rivoji uchun yangi sharoit, yangi tizim joriy etildi.
Estrada san’atini rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish uchun “O’zbeknavo” gastrol-kontsert birlashmasi tugatilib, uning negizida Milliy Estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining asosiy maqsad va vazifalarini ado etadigan xo’jalik hisobidagi “O’zbeknavo” estrada birlashmasi tashkil etilishi belgilab qo’yildi. Birlashma qoshida ijodiy ko’maklashuvchi vakillar guruhi kengashi faoliyat ko’rsata boshladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori nafaqat estrada qo’shiqchiligi sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlar, balki umuman musiqa san’ati ijrochiligi bilan shug’ullanuvchi guruhlar va yakka shaxslar ijodiy faoliyati uchun keng yo’l ochib berdi va mazkur soha vakillari oldiga tegishli vazifalarni qo’ydi.Ayniqsa, “san’atkorlarning ijodiy nufuzi, mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasi”ga qarab “O’zbeknavo estrada birlashmasi” tomonidan maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar berilishi yo’lga qo’yildi. Bu mazmunan sayoz, badiiy jihatdan zaif qo’shiqlarning ma’naviy tarbiya ishiga salbiy ta’sir ko’rsatishini cheklash bilan birgalikda, kasbiy ijrochilik me’yorini belgilashda muhim omil bo’ldi. Shu bois prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Taniqli san'atkor va iste'dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o‘sha joylarda madaniyat va san'atni rivojlantirishga mas'ul bo‘ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.1
Musiqa va san'at sohasida oliy ma'lumotli kadrlarni ko‘paytirish masalasiga ham e'tibor qaratildi.2 Bo‘lajak bastakor, ijrochi, musiqashunos, pedagog insonning ichki kechinmalari, uning o‘y va intilishlari, tahliliy hisob-kitob va tasavvurlar parvozi, musiqiy asar ustida ishlash va uning konsertdagi ijrosi, iroda va xotira, xarakter va qobiliyat, shuningdek, musiqachi va tinglovchi shaxsiyatining boshqa psixologik sifatlarini yaxshi bilishi va etarlicha aniq tasavvur eta olishi kerak.3
O’zbekistonda estrada musiqasi rivojlanishi dars jarayonida o`quvchilar o’rganishda umumta’lim maktablarida 1- sinfdan 7- sinfgacha o'quvchining musiqiy bilimini oshirishimizda va boshlang’ich ta’limdagi 5 ta faoliyatga asoslangan holda, o’quvchilarni darsga mavzuimizning dolzarbligidir.


Doni Zokirov (1914.28.12, Samarqand — 1985.26.11, Toshkent) — kompozitor, sozanda (gʻijjak), dirijyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Toshkent konservatoriyasining kompozitsiya sinfini (B. Nadejdinda) tugatgan (1953). 1930-yildan Samarqand viloyat musiqali drama teatri xalq cholgʻulari orkestrida gʻijjakchi, 1933-yildan musiqa rahbari. Oʻzbek davlat musi-qali teatrida sozanda (1936-37), Oʻzbek davlat filarmoniyasida xalq cholgʻulari orkestrining bosh sozandasi (1937—40), Muqimiy nomidagi teatrda (1940—47), Oʻzbek davlat filarmoniyasi ashula va raqs ansamblida (1953—57) badiiy rahbar. Oʻzbekiston televideniyesi va radiosi oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestrining dirijyori (1948—53), 1957-yildan bosh dirijyori va 1960-yildan badiiy rahbari (1989-yildan orkestr 3. nomida).
Ijodi oʻzbek musiqa merosiga ohangdosh va usuldosh, lirikdramatik va epik obrazlarga boy. "Oynisa" baleti (T. Litvinova librettosi, 1957, B. Giyenko bilan hamkorlikda), "Zaynab va Omon" operasi, (Zulfiya, 1958, T. Sodiqov, Yu. Rajabiy, B. Zeydman bilan), "Dalada bayram" musiqali komediyasi (Sh. Saʼ-dulla, 1954, S. Boboyev bilan), "Yoshlikda bergan koʻngil" (3. Fatxullin, 1965), "Mening Jannatim" (S. Abdulla, 1970, K. Jabborov bilan), "Shahzoda va yetim qiz" musiqali dramalari, 2 ta simfonik (1947—50) va "Qarshi choʻli gullari" (1972) vokalsimfonik syuitalari, "Davrim sadosi" (B. Umidjonov bilan, 1970) kantatasi, "Hamza" poemauvertyurasi, "Lirik poema", "Koʻrmadim", "Boʻlmasa", "Ayb etmangiz", "Urtanur", "Ey, sabo" (Navoiy gʻazallari) kabi romanslar, "Ona diyor", "Koʻchalar", "Beqiyos diyor", "Samarqandim" kabi qoʻshiqlar muallifi. "Amirlikning yemirilishi", "Qutlugʻ qon", "Ulugʻbek yulduzi" kabi kino-filmlarga (hammasi M. Ziv bilan) musiqa yozgan. 3. oʻnlab xalq ("Qaytarma", "Sharob", "Fargʻonacha" kabi) va mumtoz ("Choʻli Iroq", "Yovvoyi Ushshoq", "Nasrulloyi", "Rajabiy", "Navo", "Savti Navo" va boshqalar) kuylarni oʻzbek cholgʻu asboblari orkestri uchun yuksak darajada moslashtirgan. Shu bois, kompozitorning ijodiy uslubi ham oʻzbek musiqa merosi anʼanalarini badiiy ishonarli tarzda mujassam etgan.
(1914-1985) O`zbekiston xalq artisti Doni Zokirov 1914 yil 28-dekabrda tug`ilgan. Kompazitor, sozanda (g`ijjak), dirijor. O'zbek xalq artisti Toshkent konservatoriyasini kompozitsiya sinfini tugatgan. 1930 yildan Samarqand viloyati musiqali dramma teatri xalq cholg`ulari orkestrida g`ijjakchi, 1933yildan musiqa rahbari Ozbek davlat musiqali teatrida sozanda (1936-37), Ozbek davlat filarmoniyasida xalq cholg`ulari orkestirining bosh sozandasi (1937-40) Muqimiy nomidagi teatrida (1940-47), Ozbek davlat filarmoniyasi ashula va raqs ansamblida (1953-57), badiiy rahbar. O`zbekiston televideniyesi va radiosi o`zbek xalq cholg`u asboblari orkestirining dirijori (1948-53), 1957 yillardan bosh dirijori va 1960 yildan badiiy rahbari. Ijodi o`zbek musiqa me`rosiga ohangdosh va usuldosh, lirik-dramatik va epik obrazlarga boy.
konservatoriyaning Nukus filiali tashkil etildi. Bugungi kunda filialda "Musiqa san'ati" fakulteti, "Umumkasbiy va ijtimoiy gumanitar fanlar" va "cholg'u ijrochiligi" kafedrasi faoliyat yuritib, yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Muyassar Razzoqova, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti professori, dirijyor Hikmat Rajabov, xalqaro tanlovlar g'oliblari - Ayapbergen Utegenov, Xurshid Beknazarovlar bilan uchrashuv kechalari, mahorat darslari yuqori saviyada tashkil etildi. Albatta, bunday tadbirlarni o'tkazishdan asosiy maqsadimiz o'zbek, qoraqalpoq va jahon klassik musiqasi durdonalari bilan tanishtirish va talaba yoshlarning o'z ustida ko'proq ishlashi, izlanishi uchun saviyasini oshirishdan iboratdir.
O'zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali talabalari uchun mahorat darslari va maxsus mashg'ulotlarni o'tkazish maqsadida 2021-yil 2-6-noyabr kunlari O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti professori, "Shuhrat" medali sohibi, dirijyor, bastakor va mohir sozanda Rajabov Hikmat Jumayevich filialga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Hikmat Jumayevich filial talabalari uchun mahorat darslari va maxsus mashg'ulotlarni va 5-noyabr kuni filialning "Musiqa san'ati" fakulteti "Cholg'u ijrochiligi" kafedrasi talabalaridan tashkil topgan "Xalq so'zlari" orkestri bilan birga "So'z va so'z sehri" nomli konsert dasturini tashkil qildi. Konsert davomida dirijyor Hikmat Rajabov "Xalq so'zlari" orkestri bilan birga O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Gulxatisha Ayimbetova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, Qoraqalpog'iston xalq artisti Bazargùl Karimova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Aygùl Nadirovalar tomonidan Abdireyim Sultanov, Boris Giyenko "Qaraqalpaq syuitasi", Qarmis Dosanov sozi, Najimatdin Muxammeddinov musiqasi "Xalqim bar menin", Roza Dùysemuratova sozi, Ziywatdin Lepesov musiqasi "Seni oylayman", Ajiniyaz sozi, Abdireyim Sultanov musiqasi "Kozlerim", Uzeyr Gadjibekov "Arshin mal-alan" musiqali komediyasidan "Gùlchehra ariyasi", Manas Leviyev musiqasi, "Mahallada duv-duv gap" kinofilmidan "Oq lolalar", Mutal Burxonov musiqasi "So'zsiz qo'shiq", Jorj Bize "Xabanera", Suleyman Aleskerov "Mangu harakat", Vittorio Monti "Chardash", Jolmurza Aymurzaev sozi, Sharapatdin Paxratdinov musiqasi "Tashkent aqshami", Z.Jabborzada sozi, Said Rustamov musiqasi "Surayyo" asarlari ijro etildi.
Aytish joizki, talaba yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma'naviy, estetik dunyoqarashini kengaytirish maqsadida H.Rajabov filialga o'quv qo'llanmalarini taqdim qildilar va Rajabov Hikmat Jumayevich bilan biz o'tgan davr mobaynida turli festival va tadbirlarda ishtirok etib ko'plab konsertlar tashkil qildik, Mazkur festival va konsertlardan, 2019-yil 25-26-may kunlari Buxoro shahrida o'tkazilgan Xalqaro "Ipak va ziravorlar" festivaliga qatnashib, "Ark" qo'rg'oni, "Labi hovuz" majmuasida festivalning tantanali ochilish va yopilish marosimiga bag'ishlangan gala-konsert dasturlarida ishtirok etib, mahorat darslari otkazildi.
Mamlakatimizda musiqa sanatini yanada rivojlantirish, ayniqsa, jonli ijroni rag'batlantirish, yosh avlodni milliy va jahon musiqasining nodir namunalaridan keng
Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance bahramand etish, ular qalbida san'atga mehr va muhabbatni yanada kuchaytirish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan 2021-yil 5-15-aprel kunlari Qoraqalpogiston Respublikasi Mo'ynoq, Qo'ng'irot tumanlarida va Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyasi orqali jonli ijroda "O'zbekiston Vatanim manim" nomli konsert dasturlari namoyish etildi va ushbu konsert dasturi soha mutaxassislari va xalqimiz tomonidan ijobiy qabul qilindi hamda bu boradagi ishlarimiz davom etmoqda.
Bugun san'atga qiziquvchi, iste'dodli yoshlarimiz juda ko'p. Ba'zilari allaqachon sohada o'z o'rniga ega bo'lib kelmoqda. Asosiy vazifa esa biz ustozlarning zimmasida. Biz yoshlarga to'g'ri yo'nalish ko'rsata olishimiz, ularni iste'dodi bo'yicha yo'naltirishimiz kerak. Ma'lumki, respublikamizning barcha musiqa dargohlarida turli orkestr va qator o'zbek xalq cholg'ulari ansambllari faoliyat olib boradi. Bu orkestr va ansambllarda ishtirok etish yosh musiqachilar uchun katta ijrochilik maktabini o'tashi shak-shubhasiz.

Download 31.74 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 31.74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Doni Zokirov ijodiy faoliyati Reja

Download 31.74 Kb.