|
Referat mavzu: Kiberjinoyatchilik va uni keng tarqalishining sabablari. Bajardi: Ochilov Nodir kirish
|
bet | 1/6 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 108,67 Kb. | | #138460 | Turi | Referat |
Bog'liq Referat mavzu Kiberjinoyatchilik va uni keng tarqalishining sab
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARVAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kiberxavfsizlik asoslari
REFERAT
Mavzu: Kiberjinoyatchilik va uni keng tarqalishining sabablari.
Bajardi: Ochilov Nodir
KIRISH
Kiber jinoyatchilik nima?
Kiber jinoyatdan asosiy maqsadi nima?
Kiber jinoyatchilikning turlari
Kiber jinoyatchilikning tarqalish sabablari
Xulosa
Asrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi turlari bilan tilga olinayotgan kiberjinoyatchilik kirib kelganiga ham ancha bo'ldi. Uning bizga ma'lum bo'lgan virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag'larni o'zlashtirish talon-toroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlar, xususan, bo'hton, ma'naviy buzuq ma'lumotlarni tarqatish bilan bashariyat hayotiga katta xavf solayotganidan ko'z yuma olmaymiz.
«Kiberjinoyatchilik» tushunchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, ma'lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami hamda bank rekvizitlarini o'g'irlash (fishing va farming) va boshqa turli huquqbuzarliklar bilan izohlanadi.
Shu o'rinda kiberterrorizm va uning jamiyat hayotiga solayotgan xavfining ko'lami ham oshib borayotganini ta'kidlash joiz. Kiberterroristik harakat (kiberhujum) - komp`yuterlar va axborot kommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshirilgan, odamlarning hayoti va sog'lig'iga bevosita xavf tug'diradigan yoki potentsial xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan, moddiy ob'ektlarga katta zarar etkazishi yoki shunga olib kelishi mumkin bo'lgan, ijtimoiy xavfli oqibatlarning boshlanishi yoki maqsadi bo'lgan siyosiy sababdir. Zamonaviy terrorchilar uchun kibermakondan foydalanishning jozibadorligi kiberhujumni amalga oshirish katta moliyaviy xarajatlarni talab qilmasligi bilan bog'liq.
ekspertlarning xulosasiga ko'ra, bu rivojlanayotgan davlatlarning taraqqiyotiga ko'maklashish, umuminsoniy demokratik tamoyillarni qaror toptirish niqobi ostida fuqarolar ongiga ta'sir o'tkazish, ularni turli yo'llar bilan o'z maqsadlari sari bo'ysundirish orqali amalga oshirilmoqda.
Afsuski, bu jarayonda kiberhujumlarni uyushtirish, bu yo'lda internet global tarmog'ining mislsiz imkoniyatlaridan «samarali» foydalanishga urinishlar tobora avj olmoqda.
Internetda mavjud ijtimoiy tarmoqlar, ularning ishlab chiqaruvchilari va homiylarining suveren davlat ichki ishlariga «aralashishlari» qanday rol` o'ynashi oxirigacha o'rganilmaganligi bois ba'zan bunday «aralashuv» mazkur davlatga qarshi ekanligi hali hanuz e'tirof etilgani yo'q.
Ijtimoiy tarmoqlar egalari ushbu tarmoqlar sahifalarida davlat tuzumini ag'darishga da'vat qilingani uchun javobgarlikka tortilishining xalqaro miqyosdagi huquqiy asoslari yaratilmagan. Vaholanki, har bir qilingan jinoiy xatti-harakat yoki harakatsizlik mazmun-mohiyatiga ko'ra, albatta, javobsiz va jazosiz qolmasligi kerak.
Internet saytlari to'satdan paydo bo'lib, ko'pincha formatini, so'ngra manzilini o'zgartiradi. Shu bois ayrim ekspertlar internetning butkul ochiqligi kabi dastlabki kontseptsiyalardan voz kechib, uning yangi tizimiga o'tishni taklif etmoqda.
Yangi modelning asosiy mohiyati tarmoqdan foydalanuvchilarning anonimligidan voz kechishdir. Bu tarmoqning jinoiy tajovuzlardan yanada ko'proq himoyalangan bo'lishini ta'minlashga imkon berdi.
Misol tariqasida, yopiq tarmoq tizimiga o'tgan Xitoy davlatini va bunday jarayonga tayyorgarlik ko'rayotgan Rossiya davlatini keltirishimiz mumkin.
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, axborot tizimlari va zamonaviy komp`yuter texnologiyalaridan samarali foydalanish bo'yicha izchil davlat siyosati olib borilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda joriy etilayotgan zamonaviy raqamli texnologiyalar, fuqarolarimizga qator qulayliklar va imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Mazkur jarayon bilan bir qatorda, yaratilayotgan raqamli texnologiyalar va axborot tizimlarining xavfsizligini ta'minlash muammosi ham mavjud, albatta.
Bu eng dolzarb masalalardan biri - kiberxavfsizlikni ta'minlash, sodir etilishi mumkin bo'lgan kiberjinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi hisoblanadi.
Kundan-kunga takomillashib ketayotgan kiberjinoyatchilikka qarshi kiberxavfsizlikni ta'minlashda quyidagi asosiy talablarni bajarish orqali ulardan himoyalanish, ya'ni kiberxavfsizlikni ta'minlashimiz mumkin:
xodimlarga axborot xavfsizligi asoslarini o'rgatish;
foydalanayotgan dasturiy mahsulotlarning zaifliklarini doimiy sinovdan o'tkazish;
ishonchli antivirus dasturidan foydalanish;
litsenziyalangan rasmiy dasturlardan foydalanish;
axborot tizimlarini himoyalashda ko'p faktorli autentifikatsiyadan foydalanish;
parollardan foydalanishda kuchli parolni saqlash siyosatiga rioya qilish;
muntazam ravishda komp`yuter qattiq disklaridagi ma'lumotlarni shifrlash.
Shu o'rinda, mamlakatimizda kiberjinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashni olib boruvchi vakolatli davlat idoralariga ham muayyan vazifalar yuklanishini alohida ta'kidlash lozim.
Xususan, ular kiberjinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida O'zbekiston Respublikasi va uning xalqini axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari orqali amalga oshirilayotgan yoki bunga imkon berayotgan shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini va ularning manfaatlari tashqi hamda ichki kibertahdidlardan himoya qilinishini ta'minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, kiberjinoyatlar va kiberhuquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va barham berish kabi vazifalarni amalga oshirishi darkor.
Shuningdek, kiberjinoyatlar va kiberhuquqbuzarliklarni tergov qilish va ularni aniqlash, bartaraf etish hamda oldini olish bo'yicha zarur qarorlar qabul qilish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, kiberterrorizm, kiberekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, davlat organlari manfaatlariga hamda kiberxavfsizligiga tahdid soluvchi kiberhatarlarni aniqlash va ularga qarshi kurashish, kiberjinoyatlar bo'yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni o'tkazish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi kiberjinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish kabi muhim vazifalarni bajarishlari lozim.
|
| |