• Axborot texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini: J. Atamuradov
  • Bayonnomasi




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana05.12.2023
    Hajmi0,64 Mb.
    #111951
    Bog'liq
    порахурлик баённома 17 декабрь



    Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti 
    Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasida o’tkazilgan 
    “Poraxo’rlik va ta’magirlik-salbiy illat” mavzusida o’tkazilgan suhbat 
     
    BAYONNOMASI 
    17.12.2021 yil
    2021 yil 12 dekabr kuni Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari 
    kafedrasi mudiri O.I.Jalolov kafedra o’qituvchilariga poraxo’rlik va ta’magirlik 
    mavzisuda suhbat tashkil qildi. Ushbu tadbirda jumladan ushbu fikrlar bildirildi: 
    “ Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan 
    biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga 
    jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib 
    keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining 
    muhim masalalari qatoridan joy olgan. 
    Hozirgi davrda korrupsiya ko‘pgina davlatlarning iqtisodiy va siyosiy 
    salohiyatiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatib bera oldi. Unga qarshi kurashish, 
    muntazam ravishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalardan biriga 
    aylandi. 
    O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
    Qonuni 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiyaga oid 
    huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilgan
    ya’ni korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy 
    manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki 
    nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi 
    shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir. 
    Mazkur Qonun o‘z navbatida, fuqarolarga korrupsiya va korrupsiyaga oid 
    huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illatlari haqida ma’lumot beradi. 
    Darhaqiqat, korrupsiya har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy 
    hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan 
    illatdir. 
    Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy 
    demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy 
    strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, 
    fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish 
    va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar 
    amalga oshirib kelinmoqda. 


    Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va 
    huquqiy siyosatning mazmun va mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad va 
    vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish, inson 
    manfaatlarini ta’minlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, 
    ham taktik xususiyatga ega bo‘lgan yangi usullarni qo‘llash, shaxs hamda jamiyat 
    manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish, korrupsiyaning oldini olishning 
    huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ehtiyoji vujudga kelishi bilan belgilanadi. 
    Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev O‘zbekiston 
    Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, 
    demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” 
    mavzuidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va 
    boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, 
    jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda 
    ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”, deb bejiz ta’kidlamadi. 
    Qonunning 5-moddasida esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat 
    siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular: aholining huquqiy 
    ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan 
    murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha 
    sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish
    korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, 
    ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf 
    etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning 
    muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iboratdir. 
    O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan quyidagi 
    ijtimoiy xavfli qilmishlar korrupsiyaviy jinoyatlar hisoblanadi: 
    Masalan, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoiy yo‘l bilan 
    topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish, budjet intizomini buzish, hokimiyat yoki 
    mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan 
    chetga chiqish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, pora berish; pora olish-berishda 
    vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga og‘dirish, tovlamachilik yo‘li bilan haq 
    berishni talab qilish, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-


    qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, tergov qilishga yoki 
    sud ishlarini hal etishga aralashish, yolg‘on guvohlik berish, jinoiy faoliyatdan 
    olingan daromadlarni legallashtirish, hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat 
    vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi va hokazolar.Tadbir 
    davomida mavzuga doir lavhalar namoyish qilindi. 
    Ushbu Qonunning muhim ahamiyatli jihati korrupsiyaga qarshi kurashish 
    bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari haqida ma’lumot 
    berilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, 
    Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga 
    oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish 
    departamenti, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga 
    muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishlari nazarda tutilgan. 
    Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va 
    huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz 
    munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining 
    huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi 
    kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari Qonunning 16, 17, 18-
    moddalarida o‘z ifodasini topgan. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati 
    yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy 
    illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar. 
    Ushbu Qonunning yana o‘ziga xosligi, Qonunning 5-bobida korrupsiyaga oid 
    huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi 
    nazarda tutilgan. 


    Shunday ekan, o‘zimizga xulosa qilishimiz, kelajakni korrupsiyasiz 
    birgalikda qurishimiz, buning uchun avvalo o‘zimizni o‘zimiz tarbiya qilishimiz, 
    korrupsiyanining har qanday ko‘rishnishini bartaraf qilish uchun birgalikda 
    kurashishimiz zarurdir. Qabul qilingan Qonun esa davlat va jamiyat taraqqiyotiga 
    salbiy ta’sir etuvchi mazkur illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida 
    xizmat qiladi. 
    Axborot texnologiyalari fakulteti 
    Yoshlar bilan ishlash bo’yicha
    dekan muovini:
     
    J. Atamuradov 

    Download 0,64 Mb.




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish