Hindiston milliy dinlari: Hinduizm, Jayniylik. Sikxiylik ta'limoti va manbalari




Download 1,63 Mb.
bet12/64
Sana17.01.2024
Hajmi1,63 Mb.
#139436
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
3.Hindiston milliy dinlari: Hinduizm, Jayniylik. Sikxiylik ta'limoti va manbalari.
Eramizdan avvalgi 2-ming yilliklar o‘rtalarida Hindistonga Shimoldan erlik aholidan tillari va ranglari farq qilgan xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Evropa tillariga o‘xshash bo‘lgan sanskrit tilida gaplashar edilar, o‘zlarini esa oriylar (aslzodalar) deb atar edilar. Ular o‘zlari bilan muqaddas ѐzuvlarini ham olib keldilar. Ular Vedalar (sanskr. tilida - bashorat) edi. Uning tarkibiga turli davrlarda ѐzilgan bir necha kitoblar kirgan bo‘lib, ular ibodat, marosimlar, falsafiy ta'limotlar, tarixiy axborotlarni o‘z ichiga olgan edi. Vedalarning boshqa muqaddas (mas. Bibliya) ѐzuvlardan farqli tomoni shunda ediki, ular nihoyasiga etkazilmagan va oxiri ochiq edi. Unga keyingi ruhoniylar tomonidan ham qo‘shimchalar qo‘shish imkoni bor edi. Shuning uchun keyinchalik bu ѐzuvlar juda ham kengayib ketdi. Vedalarda 33 ta, ba'zi manbalarga ko‘ra 333 yoki 3339 ta 26 afsonaviy xudolar haqida madhiyalar bitilgan.
Bu xudolarning eng mashhurlari - Indra, Varuna, Mitra, Dyaus, Adita, Agnyu, Vishnu, Krishna. Vedizm) Mil) av. ikkinchi ming yillik o‘rtalarida Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismiga'hozirgi Panjob hududiga g‘arbdan Hindikush dovoni orqali o‘zlarini oriylar deb atagan jangari xalqlar bostirib kela boshladilar. Bu xalqlar Eronga ko‘chib kelgan qo‘shni qabila tillariga juda yaqin bo‘lgan'hind-Evropa tillaridan kelib chiqqan tilda gaplashar edilar. Harbiy jihatdan katta mahoratga ega bo‘lishlari bilan birga she'riyatga ham usta edilar. Shu yo‘l bilan ular bu mintaqada mavjud dunyoqarashni o‘zlari xohlagan tarafga o‘zgartira olardilar)Ular o‘zlari bilan muqaddas yozuvlari‘Vedalar sanskr)‘muqaddas bilim)ni ham olib kelgan edilar) Hind adabiyoti juda boy'uch yarim ming yildan ortiq tarixga ega)Vaqt o‘tishi bilan undan anchagina qismi umuman yo‘qolib ketdi)Ammo bu adabiyotning boshlanishi Vedalardir).
Bu boshlanish bo‘sh'sayoz bo‘lmay'aksincha'juda ham puxta va ajoyib edi)U keyinchalik o‘z o‘rnida katta daryolar paydo bo‘lgan kichik irmoqni emas'balki ulkan dengizni eslatadi. U doimo asos-manba bo‘lib qolaveradi Albatta'Rigvedadan oldin qandaydir boshlanish bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin biz bu haqda hech narsa bilmaymiz Rigveda o‘z sohasida nafaqat eng ko‘zga ko‘ringan kitob'balki Hindistonning o‘sha davr Voqealari haqida xabar beruvchi noyob manba hamdir)Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo‘lib' ular o‘z ichiga ibodat'marosimlar'falsafiy ta'limotlar'tarixiy xabarlarni olgan edi Vedalar to‘rt yirik to‘plamdan iborat 5qisimdan iborat: Rigveda Madhiyalar vedasi Samaveda Qo‘shiqlar vedasi. Yajurveda Qurbonliklar vedasi¶ Atxarvaveda Afsun va jodular vedasi.
Rigveda, Rigvedaning qadimiy hindlar madaniyatida'shuningdek'umumhind-Evropa madaniyatidagi o‘rnini tushunish uchun kitobning asli paydo bo‘lish tarixiga nazar solish lozim. Oriy qabilalarining ko‘chib kelishlari ko‘p asrlarga cho‘zilgan va juda keng miqyosni qamrab olgan uzoq jarayon bo‘lgan. Rigvedada bu qabilalarning Hindistonga ko‘chib kelishlaridan oldingi harakatlari haqida aniq esdaliklar uchramaydi. Ammo oriylar bu erda birinchi paydo bo‘lganlarida ularda faqatgina jang aravalari emas'balki xudolarga aytilgan'ularning jangovar ruhini qo‘llab(quvvatlagan'ularning dushman ustidan g‘alaba qilishlari'shon Shuhrat'boylik'erkak avlod qoldirish'taraqqiy etish uchun bo‘lgan intilishlarini aks ettirgan madhiyalar ham bor edi.
Bu madhiyalar ruhoniy oilalarida og‘izdan-og‘izga'avloddan-avlodga uzatildi)Rigvedada zardushtiylikning muqaddas kitobi Avesto bilan juda hamohang afsona va marosimlar bor. Ba'zi noaniq afsonaviy shaxslar bu ikki manbani bir-biri bilan qiyoslash yordamida ayon bo‘ladi. Rigveda yagona asar'to‘plam sifatida Hindiston hududida'asosan' Panjobda' Hind daryosi havzasida mujassam bo‘ldi. Hindiston tarixi bo‘yicha qadimiy sana hisoblanmish mil. buddizmning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Vedalar esa undan ancha avval qayd etilgan. Shunday qilib'Rigveda Shimoliy Hindistonda mil avv ikkinchi-birinchi ming yilliklarda yuz bergan voqealar haqida ma'lumot beruvchi yagona manba bo‘lib qolmoqda.Bu yodgorlik juda noyob bo‘lganligi sababli u faqat o‘zini-o‘zi sharhlaydi Veda‘muqaddas bilim.
Rigveda‘madhiyalar vedasi¶ma'nolarini beradi.Veda o‘sha davrda yashagan insonning o‘zi va uni o‘rab turgan olam 5 xudolar' jin-shaytonlar'fazo‘marosimlar'ijtimoiy tuzum'milliy qadriyatlar va boshqalar haqidagi bilimning barchasini o‘z ichiga oladi.Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning to‘plami'ya'ni diniy yodgorlik bo‘lib'uning mualliflari'rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari xudolarni oriylar tomoniga og‘dirish bo‘lgan. Ular madhiyalarni kuylab xudolarni maqtaganlar'ularning qahramonlik va sharaflarini ulug‘laganlar'ularni qurbonlik keltirish marosimlariga taklif etganlar va shundan so‘ng ulardan oriylarni qo‘llab-quvvatlash hamda hayot farog‘atlarini ato etishlarini so‘raganlar. Xudolarga ta'sir etishning eng asosiy yo‘li‘ularga madhiya aytish bo‘lgan. Rigveda qadimgi yunon dostonlari “Iliada¶va Odisseya”ning birgalikdagi umumiy hajmiga teng keladi.
Samaveda. Boshqa vedalar orasida Rigvedaga ko‘proq bog‘liq bo‘lgani bu Samavedadir. U hozirgi davrga ikki tahrirda etib kelgan aynan shahobcha Kautxuma to‘plami ,3, she'rdan iborat bo‘lib'undan faqatgina 21tasi Rigvedada uchramaydi Undagi she'rlar' asosan' Rigvedaning Smandalasidan olingan bo‘lib'tantanali qurbonlik marosimi paytida o‘qiladi To‘plam ikki qismdan iborat 5 birinchi kichikroq bo‘lgan hajmi Agni'Indra ilohiyotlariga'ikkinchisi Somaga qurbonlik keltirish marosimida aytiladigan qo‘shiqlardan iborat. She'rlar orasida ichki bog‘liqlik bo‘lmay' ., ularning tartibi marosimlarning borishiga qarab belgilangan. Bu she'rlar ohang bilan qo‘shiq tarzida aytish uchun mo‘ljallangan. Ushbu vedaning maqsadi diniy marosimlarda aytiladigan qo‘shiqlarni o‘rgatishdan iborat. Hindistonda hozirgacha vedalarni kuyga solib kuylovchilar‘samavedinalar saqlangan bo‘lib'ularning turli maktablari mavjud. Keyingi paytlarda qadimiy musiqiy an'ananing davomi deb da'vo qilinayotgan zamonaviy ijro san'atini o‘rganish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi.
Yajurveda qolgan vedalardan farqli o‘laroq'to‘laligicha shrauta (qurbonlik marosimi bilan bog‘liq) Uning asosiy qismini qurbonlik usullari yajus tashkil qiladi. Mazkur yajuslar marosimning ma'lum bo‘limlarida ijro etilib'bu she'rlarni marosimning borishidan kelib chiqib tushunish mumkin.Yajurvedaning matni turli marosim o‘tkazuvchi braxmanlar maktablari tomonidan tahrir qilingan shakllarga ega. Ulardan Yajurvedaning asl nusxasini ajratib olish juda qiyin'ammo ulardagi umumiy jihatlarni aniqlash mumkin5to‘lin oyli tunda'yangi oy chiqqanda'Agni uchun o‘tkaziladigan qurbonlik marosimlari. Hind an'anasiga ko‘ra vedaning bu maktablari qora va Oq Yajurvedaga bo‘lingan. Qora Yajurvedaning turli maktablarga xos bo‘lgan.
Katxaka' Kapishtxala-Katxa' Maytrayani' Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Uning «qora¶deb atalishiga sabab unda she'riy yajus va mantralardan tashqari nasriy izohlar‘braxmana qismini o‘z ichiga olganligidir. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli birgina tahriri bor. U faqat yajus va mantralardan iborat bo‘lib'nasriy izohlardan xoli bo‘lganligi uchun sof'oq deb ataladi. Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. Marosim.Yajus va mantralar. Braxmana sharhlari.
Atxarvaveda milvv, ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy hind afsunlarini o‘zida aks ettirgan. U boshqa vedalardan mazmun va mohiyat jihatdan farqli o‘laroq'qadimiy hind jamiyatida mavjud bo‘lgan barcha taraflarni'nuqson va kamchiliklarni o‘zida aks ettirgan. Atxarvaveda¦afsunlar va jodular vedasi¶degan ma'nolarni anglatadi. U afsonaviy ruhoniy Atxarvana Olov ruhoniysi nomi bilan bog‘liq. Bunga sabab o‘sha davrda afsun va jodular olov ustida bajarilganligidir. Dastavval vedaning uch turi mavjud bo‘lgan Rigveda Madhiyalar vedasi Yajurveda qurbonlik uslublari vedasi Samaveda qo‘shiqlar vedasi. Bu uch Veda ham xudolarning abadiyligini ta'minlovchi ichimlik tayyorlanadigan Soma o‘simligiga bag‘ishlangan qurbonlik marosimlari bilan bog‘liq. Hind an'anasiga ko‘ra bu marosim¦shrauta¶deb ataladi. Atxarvavedada Veda dini ruhoniylarining asosiy ibodati hisoblangan Somaga qurbonlik qilishga umuman e'tibor qaratilmagan. Shuning uchun ham u yuqoridagi uch vedaga e'tiqod qiluvchilar tomonidan tan olinmagan. U oila atrofida markazlashgan marosimlar bilan ko‘proq bog‘liq. Shunday qilib Atxarvaveda o‘zidan avvalgi uchta vedadan o‘z marosimlarining negiz .- va mohiyati bilan farqlanadi. Uning asosida uzoq o‘tmishga borib taqaladigan xalq sehrgarlik marosimlari yotadi. Atxarvavedaning qachon paydo bo‘lganligi masalasi aniqlikdan ancha yiroq. U eng qadimiy hisoblanmish Rigvedadan ancha keyin yaratilgan. Atxarvaveda olti ming she'rdan iborat.2,madhiyani o‘z ichiga oladi. Ular-ta kitobda jamlangan.
Vedalar ta'limoti. Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta'limot ilgari suriladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki'Hindiston ko‘pxudolikning o‘chog‘i hisoblanadi. Undagi tasavvurlarda biri ikkinchisidan yuqori bo‘lgan'ikkinchisi'aksincha'pastroq bo‘lgan qator ilohiyotlar siymosi namoyon bo‘ladi. Biroq bu darajalar to‘xtovsiz almashinib turadi. Ilohiyotlar orasida¦eng ulug‘i'eng kichigi'eng Qarisi'eng yoshi bo‘lmay'ular barchasi ulug‘likda tengdir. Eng yuqori hokimiyat ham ko‘pchilikka tegishli. Bir vaqtning o‘zida bir Xudo butun borliqning hukmdori bo‘lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir Xudoga tobe bo‘lishi mumkin. Masalan'Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo‘lgan bir paytda'Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bo‘ysunadilar. Xuddi shu munosabat boshqa xudolarga ham tegishli.
Bu belgi Veda ilohiyotiga ham xosdir. Veda xudolari. Vedalarda xudolar‘osmon xudolari'quyosh xudolari'havo xudolari'er xudolari'ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan Osmon xudolari ular sirasiga Dyaus'Varuna'Indra kabi turli osmonlarni boshqarib turuvchi xudolar kiradi. Biroq Varuna keyinchalik suv va dengizlar xudosiga aylanib ketgan. Quyosh xudolari Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon bo‘lishidan besh Xudo yuzaga kelganligi haqida so‘z yuritilgan. Ularning eng qadimiysi Mitra do‘stdir. Surya quyoshning yorqinroq namoyon bo‘lgan ko‘rinishidir. U yunonlardagi Apollon kabi etti ot biriktirilgan g‘ildirakli aravalarda tasvirlangan. Savitri esa quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo‘ladi. Pushan muruvvatli hisoblanib'quyoshning mahsuldorlik faoliyatini o‘zida namoyon qiladi. Ularning yana biri Vishnu vedalarda zikr qilingan va keyinchalik unut bo‘lib ketgan xudolar orasida abadiy hisoblangan'hozirgi paytda butun Hindistonda ulug‘lanadi. Havo xudolari. ulardan tashqari bu xudolar qatoriga Ashvina va Savitar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi ham qo‘shiladi. Ularning boshida osmon podshosi va oriylarning milliy xudosi Indra turadi. U avvalo ikkita sariq otga qo‘shilgan g‘ildirakli aravada turuvchi jang Xudosidir. U oriylar urug‘ining etuk sardori ramzidir. Dastavval Indra hind an'analarida chaqmoq xudosi sifatida namoyon bo‘lgan. Biroq bosqinchilar tomonidan ko‘p yillar davomida olib borilgan urushlar uni urush xudosiga aylantirdi. Yomg‘ir xudosi Panjanya'shamol xudosi Vayyular vedalarda aniq tasvirlanmagan. Ular tez-tez Indra bilan umumlashgan holda tasvirlanadi. Ulardan yana biri Rudna bo‘lib'odamlarning unga nisbatan cheksiz qo‘rquvlari ularni doimiy ravishda Rudnaga bag‘ishlab madhiya va duolar o‘qishga undagan. U Rigvedada Shiva yoqimli nomi bilan zikr etiladi. Keyinchalik Shiva Vishnu bilan birgalikda¦ikki Xudo¶sifatida unutilgan Hindiston xudolari turkumi o‘rnini egalladi. Er xudolari. Er xudolarining eng ulug‘i erda quyoshning‘havoda chaqmoqning‘er ustida olovning mujassamlashuvi hisoblangan olov xudosi Agnidir. Agni haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida vujudga kelgan. U odamlarning qurbonliklarini xudolarga etkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan. Biror qurbonlik uning vositasisiz xudolarga etib bormaydi deb hisoblangan. Ayol xudolar qatoriga tong va tong nuri ma'budasi Usha daryo xudosi Sarasvatilar kirgan.
Sarasvati keyinchalik braxmanizmda so‘z xudosi sifatida tasvirlangan.Veda ibodatlari.Veda ibodatlari ikki turga bo‘linadi. Birinchisi duolar'ikkinchisi xudolarga atab qilinadigan qurbonliklar yoki boshqa bir narsalarni taqdim qilishdan iborat. Dastavval duo kitoblari bo‘lmagan paytda ibodatlar faqat qurbonliklar shaklida amalga oshirilgan. Unda ma'budlarga kuydirilgan moy'non va nihoyat'suv yoki sut bilan aralashtirilgan Soma ichimligi tortilgan. Shuningdek'hayvonlar masalan'ot ham qurbonlik qilingan. Vaqt o‘tishi bilan bu marosimlar murakkablashib borgan. Qurbonlik banda bilan Xudo o‘rtasidagi savdo‘kelishuv ma'nosida qabul qilingan. Masalan'inson bir narsaga muhtoj bo‘lsa'Xudoga qurbonlik qila turib undan o‘z ehtiyojini qondirishni so‘ragan. Keyinchalik Rigveda' Atxarvaveda kabi madhiya va duolarni o‘zida jamlagan kitoblar paydo bo‘lgach'ibodatning ikkinchi ko‘rinishi‘xudolarga atab duo va madhiyalar o‘qish odat tusiga kirgan. Braxmanlik Veda dinlarining bir shahobchasidir. Vaqt o‘tishi bilan vedalardagi qo‘shiqlar ommaga'hatto ruhoniylarga ham tushunarsiz bo‘lib qoldi. Bu qo‘shiqlar hali o‘zgarishga uchramay'muqaddas til va muqaddas matnlar paydo bo‘ldi. Nihoyat'bu tilni o‘rganish uchun kishilar alohida guruhlar tuzib'maxsus vaqt ajratdilar. Natijada o‘z hayotlarini ibodat qilish'ilohiyot ilmini o‘rganish'murakkab marosimlarni o‘tkazish va xalq ruhoniy hayotini boshqarishga bag‘ishlagan braxmanlar kastasi tabaqasi vujudga keldi. Dinga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri‘ilohiy tilni o‘zgartirib bo‘lmasligidir. Xuddi shu bir tilning eskirib amaldan qolishi va faqat muqaddas tilga aylanib qolishi braxmanizmning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillardan biridir. Oriylar umuman boshqa madaniyatga'hayot tarziga ega bo‘lgan turli xalqlar bilan uchrashib'mutlaqo boshqa tabiiy sharoitga duch keldilar. Ular ko‘chmanchilikdan endi o‘troq hayotga o‘tib'davlatdagi hukmron sinfga aylandilar. Shundan so‘ng ularning eski dinlari‘vedizm mazkur jarayonlar ta'sirida taraqqiy etdi. Bu taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish' ruhoniylar tabaqasining mavqeini ko‘tarish'ibodat va marosimlarni murakkablashtirish'ilohlar sifatini murakkab tomonga o‘zgartirish hisobiga bo‘ldi. Shundan keyin o‘zgartirish taqiqlangan diniy aqida vujudga keldi.
Zikr etilgan faktlardan kelib chiqib aytish mumkinki'braxmanizmda xalqning emas'ko‘proq ma'lum ruhoniylar tabaqasining manfaatlari himoya qilinadi. Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli sutralardir. Sutralar san'atning аlohida ko‘rinishi bo‘lib'yaqqol ajralib turuvchi ustalik bilan sof sanskrit tilida yozilgan. Unda mavjud vaziyatga alohida e'tibor qaratilgan holda ma'lum tabaqaga yuqori o‘rin beriladi. Braxmanlar o‘z nomlarini tuzgan dinlarigagina emas'joy nomi. Braxmaniya sifatida butun boshli fan va san'atga#braxmanizm she'riyati'tibbiyoti'matematikasi kabi nom qilib berdilar. Ular o‘zlarining kelib chiqishlarini etti ruhoniy oilaning boshliqlari bo‘lgan etti rishidan deb hisoblaydilar. Madhiyalarning ilk mualliflari bo‘lgan shoirlar'tilshunoslar va hozirjavob kishilar o‘z kasblarini avlodlariga uzatganlar. Vedaning o‘zida aytilishicha' Rajarshi rishi-podshohlar ba'zan shunday madhiyalarning mualliflari bo‘lganlar Braxmanlar tabaqasi oriylarning Hindiston hududiga kirib kelishlaridan oldin shakllangan'degan fikrlar ham mavjud Ammo ular ilk davrda katta mavqega ega bo‘lmaganliklari uchun ularning qachon va qanday qilib asosiy nufuzga ega bo‘lgan davrlarini bilish muhim.
Oriylar Hindiston bo‘ylab harbiy yurishlarini davom ettirganlari sayin kamroq qarshilikka duch kelardilar. Natijada kshatriylar jangchilar tabaqasi tobora e'tibordan chetga chiqib' bosib olingan erlardagi xalqlar orasida tartib o‘rnatish uchun diniy-ruhiy jihatdan ta'siri kuchliroq bo‘lgan boshqa tabaqa‘braxmanlarning nufuzi oshib bordi. Chunki braxmanlar diniy marosimlardan tashqari huquq'urf-odat kabi sohalardan ham xabardor edilar. Braxmanning hayoti to‘rt muayyan belgilangan bosqichdan iborat. Xususan'uning har bir kuni mashaqqatli ibodat'o‘rganish va vazifalar bilan to‘la. Braxmanning diniy hayoti tug‘ilishi bilanoq emas'balki uning balog‘at yoshiga etib'muqaddas bog‘ichni qabul qilishi va¦baxshida qilish¶marosimidan keyin boshlanadi. Shundan keyin braxmanning yoshligi birorta donishmand braxmanning qo‘lida vedalarni yodlash'uning uyida muqaddas olovni doimo tutib turish'ustozining xizmatini qilish'jumladan'uning uchun sadaqa yig‘ish bilan o‘tadi. Braxman bu bosqichda «braxmacharin¶deb nomlanadi. Uzoq vaqt davom etadigan bunday ta'limotdan so‘ng u ikkinchi bosqichga o‘tadi.
Braxman grixastxa¶deb nomlanadigan bu bosqichda uy xo‘jayini vazifasini bajaradi. U uylanishi'oilani boqishi xususan'o‘g‘il etishtirishi amaliy hayot ilmini egallashi va o‘zining fuqarolik burchlarini bajarishi lozim. Qonun uy xo‘jayinining o‘zini qanday tutishini soat sayin qat'iy ravishda diqqat bilan kuzatib boradi. Qachon va nimani eyish'nimani ichish'qachon ibodat qilish'marhumlarni qanday dafn etish'mehmonlarni qanday kutish' ovqatni qanday tayyorlash' qariyalarga' ayollarga' yosh bolalarga qanday munosabatda bo‘lish va boshqa ko‘p narsalar belgilab qo‘yilgan. Braxman¦vanaprastxa o‘rmon zohidi deb ataluvchi hayotining uchinchi qismida oilasi bilan yoki yolg‘iz holda o‘rmonga ketishi kerak. Bu erda u¦o‘z nafsini jilovlab¶ildizlar yoki mevalarni eb'diniy amallarni jiddu jahd bilan bajarishi kerak. Bu bosqichda braxmanga bir qator mashaqqatlarni boshdan kechirish tavsiya etiladi u tuproqqa qorishib dumalashi yoki kun bo‘yi oyoq uchlarida turishi va yo navbat bilan turib o‘tirishi mumkin. Jazirama kunda o‘zini¦besh olov issig‘iga¶duchor qilishi'yomg‘irli paytda ochiq joyda yashashi'qishda esa ho‘l kiyimda yurishi kerak. Braxman hayotining to‘rtinchi bosqichi¦saniyasi. Zohid tarkidunyochilik yoki diniy qashshoqlik davridir. U hayotning barcha tashvishlarini ortga tashlab'xursandchilik'qayg‘u'orzu-havas va jismoniy ehtiyojlarni tark etib'hamma narsaga befarq bo‘lgan holda bir maqsadga‘Oliy Braxmaga etishish'ya'ni u bilan qo‘shilib ketish'bu dunyo va o‘lgandan keyingi abadiy baxtga erishishga¶intilishi kerak. Braxman tarkidunyochilik bosqichida faqat sadaqadan tushgan narsalar hisobiga kuniga bir marta ovqatlanib kun kechiradi.
Zikr etilgan‘¦braxmanning muqaddas to‘rtlik qonuni¶deb atalmish hayot tarzini faqatgina diniy qoidalar bilangina bog‘lab tushuntirish mumkin emas. Hindiston tarixida ko‘plab bunday hodisalarni kuzatish mumkin. Faqatgina oliy tabaqadan chiqqan kishilar emas'oddiy xalq vakillari ham ba'zan shon-Shuhrat istab' o‘z irodasini chiniqtirish maqsadida yoki o‘zini boshqalardan kam bilmay'o‘zlarini ana shunday hayot qiyinchiliklariga solganlar. Qadimda kishilar kuzatgan mazkur holatlarni Hindistonda hozir ham tez-tez uchratish mumkin)Budda hayotini o‘rganishda uchraydigan ko‘pgina hodisalar o‘sha davrda ham braxmanlar¦to‘rtlik qonuniga¶amal qilganlarini ko‘rsatadi.

Download 1,63 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Download 1,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hindiston milliy dinlari: Hinduizm, Jayniylik. Sikxiylik ta'limoti va manbalari

Download 1,63 Mb.