• 1. Dinshunoslikning fanining, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari.
  • O’zbеkistоn rеspublikаsi




    Download 1,63 Mb.
    bet2/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    MA’RUZA MATNI


    1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati.
    Reja



    1. Dinshunoslikning fanining, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari.

    2. Din tushunchalarining mohiyati. Dinning funksiyalari va ijtimoiy ahamiyati.

    3. Dinlarning tasnifi.


    1. Dinshunoslikning fanining, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari.
    Mustaqilikka erishganimizdan kyeyin ryespublikaning barcha oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida dinshunoslik fani o`qitila boshlandi. Bu ish jamiyatni dyemokratik asoslarda qayta qurilishi, takomillashuvining nazariy-amaliy asoslarini ishlab chiqish yo`lida muhim qadam bo`ldi. Zero, yurtimizning milliy mustaqil taraqqiyot yo`liga chiqishi, iqtisodiyotni yangi tamoyillar asosida boshqarishga o`tilishi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi, huquqiy davlat va dyemokratik jamiyat asoslari yaratilayotganligi ijtimoiy fanlar rivojiga alohida e’tibor byerish zaruriyatini kun tartibiga qo`ydi.
    Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz uchun nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi.
    “Dunshunoslik” fani ham ana shu asosda vujudga kelgan bo‘lib u talabalarda jahon dinlarining tamadduni, rivojlanishi, tarixi, falsafasi, xalqlar ijtimoiy va manaviy hayotida tutgan o‘rni bo‘yicha ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, shuningdek, din niqobi ostidagi turli buzg‘unchi g‘oyalarning mohiyatini anglab yetish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladi.
    Ushbu fan din, uning kelib chiqishi va ta’limoti, dinlar tasnifi, dunyo dinlari tarixi tushunchasi, pryedmyeti va vazifalari, tamoyillari, manbalari, jahon dinlari, ushbu din vakillari, ularning urf-odatlari, an’analari, dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
    Dinshunoslik fanining obyekti - ijtimoiy hodisa bo‘lgan din hisoblanadi.
    Dinshunoslik fanining predmeti esa, dinning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixini, uning ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta'limotining vujudga kelishi va shakllanishini o‘rgatushdan iborat.
    Din tushunchasiga olimlar duyoviylik, ilmiylik nuqtainazaridan, din arboblari esa muayyan diniy ta`limot asosida yondashishlari bois ushbu tushunchga turli ta`riflar beriladi. Din so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma'nosi “ishonch, e'tiqod”dir. Istilohiy ma'nosi esa lotin tilidagi “religion” so‘zi bilan mos keladi.
    Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta'limotdir.
    Din muayyan ta'limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo‘lgandan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir.
    Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir.
    Dinning tarkibiy qismlari quydagilardan iborat:
    - diniy ta`limot: mazkur din bilan bog`liq aqidaviy qarashlar tizimi;
    - xudo: ilohiy ong va qudrat sohibi bo`lgan oily mavjudot;
    - ibodat: mazkur din ko`rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladigan marosim, rasm-rusum, udumlar majmui;
    - diniy jamoa: (masjid, cherkov yoki ibodatxona qavmi): mazkur dinga e`tiqod qiluvchlarni birlashtiruvchi ijtimoiy institute;
    - axloq me`yorlari: mazkur din ta`limotlarida muqaddaslashtirilgan ijtimoiy munosabat qoidalari1.
    Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishlari muhim xulosalar chiqarishga olib kelgan:

    Download 1,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 1,63 Mb.