• 2-mavzu. Milliy dinlar Reja
  • Yahudiylikning vujudga kelishi va talimoti.
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 1,63 Mb.
    bet8/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    Takrorlash uchun savollar:

    1. “Dinshunoslik” fanining predmeti nimani o‘rgatadi?

    2. Dinga ta`rif bering.

    3. Diniy dunyoqarah haqida nimalarni bilasiz?

    4. Kursning nazariy va amaliy ahamiyati nimada?

    5. Dinshunoslik fani qaysi fanlar bilan o`zaro aloqada?

    6. Dinni o`rganadigan ilmiy yo`nalishlarni sanab bering?

    7. Dinlarning kishilik jamiyati madaniyatining shakllanishiga qanday ta`sir qilgan?

    8. Dinlar qanday sinflarga bo`linadi?

    9. Dinshunoslik fanining hozirgi kundagi ahamiyati nimadan iborat?

    10. Dinlarning dunyo aholisiga nisbati qanday?



    2-mavzu. Milliy dinlar
    Reja

    1. Yahudiylik dinining yuzaga kelishi.

    2. Markaziy Osiyoda yahudiylik.

    3. Hindiston milliy dinlari: Hinduizm, Jayniylik. Sikxiylik ta'limoti va manbalari.

    4. Xitoy milliy dinlari:Konfutsiylik ta'limoti va Daochilik – falsafiy ta'limot. Sintoiylik. Yapon xalqi an'analari. Kami kulti.

    1.Yahudiylikning vujudga kelishi va ta'limoti. Yahudiylik dini eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelib, yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiylikning kitobiy asoslari er. av. IV-III asrlarda shakllandi. Bu dinning ta'limotiga ko‘ra olamlarni yaratuvchi yagona Xudo Yahve mavjud. U Tavrotni yahudiylarga berish bilan ular bilan ahd tuzgan. Go‘ѐki yahudiylar Yahvening er yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va keyingi dunѐda berilajak in'omlarning eng haqlisi, Muso Yahvening elchisi, Tora (Tavrot) Yahve tomonidan Musoga tur tog‘ida berilgan muqaddas kitob. Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shuning uchun yahudiylik diniga ko‘ra shanba kuni ulug‘kun hisoblanib, hech qanday mehnatga qo‘l urilmaydi. Bundan tashqari yahudiylikda messiya - xaloskorning kelishi haqidagi ta'limot ham keng o‘rin olgan.


    Unga ko‘ra oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi:
    1)dunѐni qaytadan, isloh qilgan holda qurish;
    2) butun yahudiylarni Sinion
    (Quddus yaqinidagi tepalik) atrofida to‘plash;
    3) ularning barcha
    dushmanlarini jazolash.
    Muso tur tog‘ida Yahve bilan uchrashganda unga 10 ta lavhani tushirdi.
    Ularda ushbu din asosini tashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi:
    1. Yahvedan boshqani iloh deb ushlamaslik;
    2. But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;
    3. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
    4. Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash;
    5. Ota-onani hurmat qilish;
    6. Nohaq odam o‘ldirmaslik;
    7. Zino qilmaslik;
    8. O‘g‘irlik qilmaslik;
    9. Yolg‘on guvohlik bermaslik;
    10. Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik.

    Download 1,63 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




    Download 1,63 Mb.