|
O’zbеkistоn rеspublikаsi
|
bet | 16/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)Zardushtiylik ta'limoti. Zardushtiylik ta'limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davvrda mavvjud bo‘lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e'tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteistik ta'limotdir. U behuda qon to‘kuvchi qurbonliklar, harbiy to‘qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da'vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo‘riq er ochib, uni bog‘u rog‘ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog‘lar, ekinzorlarni, sug‘orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o‘rgatmoqchi bo‘ladi. Bunga ko‘ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo‘lajak, har bir inson o‘lgandan so‘ng o‘zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga yoki yomon ishlari ko‘p bo‘lsa, na xursandlik va na xafalik ko‘rmaydigan arosat joy – misvongatu ga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va qorong‘ulik, hayot va o‘lim o‘rtasida abadiy kurash davvom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi.
Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab sig‘inishi shart.
Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravvishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to‘rt unsur – suv, olov, er va havvo ulug‘lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi o‘ziga xos bo‘lib, o‘lganlar bir necha past, baland «sukut minoralari» – daxma larga solinadi, u erda murdalarning go‘shtlarini qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go‘shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib, minora o‘rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklik ning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil.avv. XІІ – VI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va kichik Osiyo xalqlari unga e'tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davvrida uning muqaddas kitobi Avvesto ruhoniylar tomonidan og‘zaki rivoyatdan yig‘ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa, «Videvdat» bo‘limiga o‘zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VIII asrda O‘rta Osiyoga Islom dini kirib kelib keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e'tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavvjud. Ular Hindistonning Mumbay (Bombey, G‘ujarot Shtatlarida 115 ming kishiga yaqin), Pokiston, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Avvstraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba'zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e'tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi koma nomidagi institut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda zardushtiylarning I umumjahon Kongressi Tehronda o‘tkazildi. Keyingi kongresslar Bombeyda o‘tkazildi.
4. Avvesto. Avvesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Abisto, Avvasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avvesto O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davvrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvvurlari, urf-odatlari, ma'navviy madaniyatini o‘rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davvomida vujudga kelib, avvloddan-avvlodga og‘zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avvestoning bo‘laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo‘laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig‘ila boshlangan. Bular Zardushtning o‘limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avvesto» – «O‘rnatilgan, qat'iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba bizgacha to‘liq holda etib kelmagan. Avvesto haqida Abu Rayhon Beruniy (VAF. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Abistoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi». Avvestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gresiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davvrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida «Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas'udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma'lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o‘ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib kelgan Avvesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avvesto 30 « nask»edi, majusiylar (zardushtiylar) qo‘lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan.
Yozma manbalarga ko‘ra, haqiqatan ham Avvestoni mo‘bad lar avvloddan-avvlodga, og‘izdan-og‘izga olib o‘tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo‘badlar mag‘lub xalqlar (yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddas xabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur'at etmaganlar. Dastavvval (mil. I yoki II asrlarida), Arshakiylar davvrida Avvesto qismlarini to‘plash boshlangan. Keyinchalik Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davvrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davvrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so‘ng bu asosiy matn to‘ldirib borilgan. Avvestoning ana shu to‘ldirilgan nusxasining ikki to‘liq qo‘lyozmasi Hindistonda saqlanadi – biri Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi bo‘lmish koma nomidagi institutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davvlat kutubxonasida. Avvestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug‘ilgan va o‘z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma'lumot berilgan.
Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko‘p sonli lashkarlarini Botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog‘lari bor, yaylov va suvlari bilan go‘zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo‘l, chuqur ko‘llari, keng qirg‘oqli va kema yurar daryolari o‘z to‘lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gavva (sug‘dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor». Shubhasiz, «keng qirg‘oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo‘lib, Avvesto tasvirlagan mazkur shaharlar O‘rta Osiyo shaharlarining bu ikki Daryo qirg‘oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avvestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo‘nalishi deb – Xorazm-Marg‘iyona-Baqtriyani ayta olamiz. Avvestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta'limotini qabul qilmaganlar. Zardusht Vatanni tark etib, qo‘shni davvlatga ketadi, u erning malikasi Xutaosa va shoh Kavvi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta'limotini qabul qiladilar. Natijada qo‘shni davvlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g‘alaba qozonadi. Shundan so‘ng bu ta'limot xalqlar o‘rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davvr rivoyatiga ko‘ra, Shoh Kavvi Vishtaspa farmoni bilan Avvesto kitobi o‘n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan. Avvestoning tarkibiy qismlari.
|
| |