• 4-MAVVZU. BUDDAVVIYLIK DINI Reja
  • Buddizm asoschisining shaxsi.
  • O‘tilgan mavzu bo‘yicha savvollar




    Download 1,63 Mb.
    bet18/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    O‘tilgan mavzu bo‘yicha savvollar
    1. Zardushtning vatani qaerda?
    2. Zardushtiylik qanday davvrda yuzaga keldi?
    3. Zardushtiylikning muqaddas kitobi nima?
    4. Hozirgi paytda zardushtiylik diniga e'tiqod qiluvchilar qaerlarda
    mavvjud?
    5. Zardushtiylik ta'limoti asoslari nimalardan tashkil topgan?
    6. Zardushtiylik amaliyoti nimalardan iborat?
    7. Zardushtiy dafn marosimlari qanday?
    8. Etti pok va etti nopok unsurlar qaysilar?
    4-MAVVZU. BUDDAVVIYLIK DINI
    Reja

    1. Buddavviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy ta'limotlari, oqimlari va manbalari.

    2. Kushonlar imperiyasida buddavviylik dinining davvlat dini darajasiga ko‘tarilishi. An'anavviy buddavviylik.

    3. Tripitakan va buddaylikning muqaddas manbalari. O‘rta asrlarda Dzen buddavviylik ta'limoti. Chan buddizmning Xitoyda rivojlanishi. Modern buddavviylik. Globall buddavviylik. Hozirgi davvrda buddavviylikning rivojlanishi.

    4. Tibetning buddavviylik maktabi va rohib Dalay Lamaning faoliyati.

    5. O‘zbekistonda buddavviylik dinining tarixiy ildizlari (Qaratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa) va hozirgi zamon.

    Buddizm – dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisoblanib, mil.avv. VI – V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari: Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodja, birma, Tailand, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit'alarida, Rossiya Federasiyasining Tuva, Buryatiya, Kalmikiya respublikalarida istiqomat qiladilar.
    Hozirgi kunda e'tiqod qiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, Islom va hinduizmdan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Buddistlarning soni taxminan 700 mln. atrofida bo‘lib, ulardan 1 mln. ga yaqini rohiblardir. Buddizm bundan 2500 yildan avvvalroq Hindistonda diniy-falsafiy ta'limot sifatida vujudga kelib, unda ko‘plab diniy manbalar va diniy yo‘nalishlar mavvjud. Buddizm turli milliy va diniy an'analar bilan kelishuvchanligi sababli ko‘p Millatlar tomonidan keng qabul qilindi. Buddizm hayotning barcha sohalari: diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlariga kirib bordi. Buddizmni din yoki falsafa, mafkura yoki madaniyat qoidalari to‘plami yoxud hayot tarzi deb baholash mumkin. Ayni kunda bu dinga e'tiqod qilib kelayotgan Sharq mamlakatlaridagi buddizm ta'limotini o‘rganish u erdagi siyosiy-iqtisodiy, ma'navviy madaniyatni tushunishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bu davvlatlarda ushbu dinga e'tiqod qiluvchilar nazarida buddizmning qoida va an'analari Markaziy hukumat qonunlaridan ko‘ra ustunroqdir, tabiiyki, buning zamirida uning potentsial kuchi yotadi.
    Buddizm asoschisining shaxsi. Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavvjud manbalar asosida bu oqim asoschisi Real tarixiy shaxs ekanligini ta'kidlaydilar. Bu ta'limot to‘g‘risida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavvan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma'nolari quyidagicha: Siddxartxa – shaxsiy ism, Gautama – urug‘nomi, Shakyamuni – «Shakya qabilasidan chiqqan donishmand», Budda – «nurlangan», Tadxagata – «shunday qilib, shunday ketgan», Djina – «g‘olib», Bxagavvan – «tantana qiluvchi». Ular ichida eng mashhuri «Budda» bo‘lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan. Bizgacha Buddaning bir necha biografiyalari etib kelgan: «Maxavvostu» – milodning II asrida yozilgan, «Lalitavvistara» – milodning II – III asrlarida yuzaga kelgan, «Buddxacharita» – buddist faylasuflardan biri Ashvagxosha tomonidan milodning I – II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» – milodning I asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra». Mazkur biografiyalarda Buddaning qaysi yillarda yashaganligi turlicha berilgan. Ularda mil.avv. IX – III asrlar oralig‘idagi har xil muddatlar ko‘rsatiladi. Rasmiy hisobga ko‘ra, Butama-Budda mil.avv. 623 yilda tug‘ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq ko‘pchilik tadqiqotchilar uning tavvalludi mil.avv. 564 yilda, vafoti esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba'zan 560 va 480 deb yaxlit sonlar bilan ko‘rsatadilar. Aytish joizki, yuqorida zikr qilingan biografiyalarda Buddaning haqiqiy hayoti bilan uning haqidagi afsonalar o‘zaro qorishib ketgan. Siddxartxa Shakya qabilasining podshohlaridan biri Shuddxodananing o‘g‘li edi. Uning saroyi Himolay tog‘lari etagida Kapilavvasti degan shaharda bo‘lgan (hozirgi Nepal hududida). Onasi – Malika Mayya. Podshoh o‘g‘lini orzu-havvaslar og‘ushida tarbiyalab, uni hech bir kamchiliksiz katta qiladi. Siddxartxa ulg‘ayib qo‘shni hukmdorlardan birining qizi Yashadxaraga uylanadi va o‘g‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi. Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko‘rmay o‘sgan bola Siddxartxa bir kuni ittifoqo bir keksa chol, bir bemor hamda og‘ir mashaqqat tortayotgan rohibni uchratadi, bir kishining esa vafotiga guvoh bo‘ladi. Bundan qattiq ta'sirlangan Shahzoda insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo‘llarini izlash uchun saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beshta rohib bilan qishloqma-qishloq kezib yuradi. Shu asnoda Siddxartxa bir narsaga amin bo‘ldi: bu yo‘l uni o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, ya'ni insoniyatni azob-uqubatdan qutqarish sari olib bormaydi va u rohiblar jamoasidan ajraladi. Birmuncha vaqt changalzor o‘rmonlarda kezib horib charchagach, bir daraxtning tagida dam olish uchun o‘tiradi, va o‘zicha, to haqiqatni topmaguncha shu erdan turmaslikka qaror qiladi.
    Bu o‘tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado keladi. Shu paytda uning ko‘z oldida butun borliq namoyon bo‘ladi. U hamma joyda shoshilish, qayoqqadir intilishni ko‘radi: hech bir joyda osudalik yo‘q edi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib ketayotgan edi. Inson aqli etmas bir kuch. Trishna – yashash, mavvjud bo‘lish umidi barchaning tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. Shu ondan u Budda – nurlangan deb ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa – nurlangan daraxt ( Botxa) deb atala boshladi.
    Budda o‘zining birinchi da'vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog‘ida o‘zining besh rohib do‘stlariga qildi va ular Buddaning birinchi shogirdlari bo‘ldilar. Shu kundan boshlab Budda o‘z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib, o‘ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil mobaynida Hindistonning turli joylarida bo‘ladi, odamlarga o‘z g‘oyalarini etkazadi, singdiradi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o‘tadi. Uning jasadi, hind udumiga ko‘ra, kuydirilib, xoki 8 ta buddist jamoalariga bo‘lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona ( Stupa) barpo etdi. Buddaning hayoti haqida turli asotirlar paydo bo‘ldi. Ularda aytilishicha, Budda ko‘p yillar davvomida er yuzidagi turli mavvjudotlar qiyofasida qayta tug‘ilgan: 84 marta ruhoniy, 58 marta shoh, 24 marta rohib, 13 marta savvdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g‘oz, 6 marta fil, shuningdek, baliq, qurbaqa, kalamush, quyon qiyofalarida qayta tug‘ilgan. Jami 550 marta qayta tug‘ilgan. U doimo qaerda, qay qiyofada tug‘ilishini o‘ziga o‘zi belgilagan. So‘nggi marta uni xudolar insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganlar. Bu afsonalarning ba'zilariga ko‘ra, er yuzida Gautamaga qadar 6 ta budda o‘tgan. Shuning uchun buddizmning ba'zi muqaddas joylarida 7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Bodxa daraxti o‘tkazilgan. Ba'zi afsonalar 24 ta Budda avvlodi o‘tgan desa, ba'zilari minglab buddalar o‘tgan deb da'vo qiladi.

    Download 1,63 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




    Download 1,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘tilgan mavzu bo‘yicha savvollar

    Download 1,63 Mb.