|
O’zbеkistоn rеspublikаsi
|
bet | 21/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)Manbalari. Buddizm ta'limoti bir qator kitoblar shakliga keltirilgan to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka – «uch savvat» ma'nosini anglatadi). U uch qismdan iborat bo‘lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Bu manbaning qo‘lyozma nusxasi Shri Lankada saqlanib qolgan. U milodning boshlarida kitob shakliga keltirilgan. Ular Budda targ‘ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan Sutra matnlari – Sutra-pitaka, rohiblik axloqi, xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari – Vinaya-pitaka, buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag‘ishlangan Abxidxarma matnlari – Abxidxarma-pitakadan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, Xitoy, Tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddizmga oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning ilk buddizm tarixi uchun ahamiyati ozroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning asosiysi Tripitakada jamlangan.
Xitoyga kirib kelishi. Buddizmning Maxayana yo‘nalishi Xitoyga I asrda kirib kelgan. III – VI asrlarda buddizm Xitoy hududida keng tarqaldi. Bu vaqtda poytaxt yaqinidagi Loyana hamda chanani kabi shaharlarda 180 ga yaqin buddizm ibodatxonalari hamda diniy markazlari faoliyat yuritgan. Maxayananing shakllanishida Kushon davvlatining ham roli katta bo‘ldi. Aynan Kushon davvlatidan, ayniqsa, Kanishkaning to‘rt qurultoyidan so‘ng buddizmning Maxayana yo‘nalishi Markaziy Osiyo davvlat va shaharlariga tarqala boshladi. Buyuk Ipak yo‘li orqali ilk buddist targ‘ibotchilar mil.avv. II asrdayoq Xitoyga kelgan edilar. Buddizmning Xitoyga kirib kelishi haqida keyinchalik ko‘plab rivoyat va asotirlar paydo bo‘ldi. Biroq Xitoy manbalarida ham, diniy rivoyatlarda ham Xitoydagi birinchi buddistlar haqida biror aniq ma'lumot mavvjud emas. Ilk davvrga taalluqli ma'lumotlardan biri imperator Min-dining tushi haqidagi rivoyat hisoblanadi. Unga ko‘ra, Min-Di tushida oltindan yasalgan bir but ko‘rgan. U Buddaning timsoli ekanligini o‘z maslahatchisi Fuidan so‘rab bilgach, milodning 60-yillarida buddizm asoschisi va uning ta'limoti bo‘yicha diniy matnlar keltirish uchun Hindistonga elchilar yuborgan.
Shundan so‘ng Xitoyga Hindistondan bir necha buddizm targ‘ibotchilari kelib, ular uchun maxsus qurilgan «Baymasi» («oq ot ibodatxonasi»)ga joylashganlar. Buddizmning xitoylashuvi va tarqalish jarayonini o‘rganish qiyin va murakkab ilmiy masaladir. Buddizm Xitoy hududida yoyilishi bilan alohida yangi shakl ham kasb etdi. IV – V asrlarda buddizm katta muvaffaqiyatga erisha boshladi. Ushbu ta'limot o‘lkaning Janubiy viloyatlariga yanada chuqurroq joylashdi. IV asrning o‘rtalariga kelib Xitoyda ayollar ibodatxonalari, ayol monaxlar va tinglovchilar paydo bo‘lgan. Shu asrning oxiriga borib, podshohlar buddizm ibodatxonalariga doimiy ravvishda katta miqdordagi xayriyalar beradigan bo‘lganlar. Bu davvrda Sharqiy Szin davvlatining o‘zidagina 1786 ta Sangxa, 24 ming monax mavvjud bo‘lgan. Xususan, imperator Siyaou-Di 381 yili birinchi bo‘lib o‘zini buddist deb e'lon qildi. U saroyida ibodatxona barpo qildirib, 50 unga monax keltirishni buyurdi. Lyao sulolasidan bo‘lgan u-Di hokimligi davvrida (502-549) buddizm mamlakat janubida rasmiy din sifatida tan olindi. Shunday qilib, buddizm mil.avv. birinchi ming yillik oxirlarida Markaziy Osiyoni o‘z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib keldi. Bizning diyorimizda olib borilgan arxeologik qazilmalar asnosida o‘ra-tepa, Dalvarzin-tepa, Quva, zar-tepa, qorovul-tepa, Ayritom mavvzelaridan topilgan Shakyamuni sanamlari, hayvon haykalchalari, ramziy g‘ildiraklar va Stupa qoldiqlaridan Kushon imperiyasida buddizmga katta ahamiyat berilganini anglash mumkin.
|
| |