|
O’zbеkistоn rеspublikаsi
|
bet | 23/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)Tantrizm Hindistonda birinchi ming yillik o‘rtalarida vujudga kelib, keyinchalik Xitoyga ham o‘tgan. Buddizmning ushbu yo‘nalishi VIII asrga kelib juda taraqqiy topdi. Bunga mazkur yo‘nalishning uch mashhur patriarxlari Hindistondan kelib faoliyat olib borishlari sabab bo‘ldi. Tantrizm mustaqil hamda ta'sirchan yo‘nalish sifatida Xitoyda uzoq qolmadi.
Chan-buddizm. Mazkur yo‘nalishning nomi sanskrit tilidagi “dxiana” (meditasiya, fikrni jamlash) so‘zidan kelib chiqqan. Hindistonda vujudga kelgan dxiana buddizm maktabi tarafdorlari vaqti-vaqti bilan tashqi olamdan uzilib, ushbu abadiy tashvishlardan chetlanish va fikrni bir nuqtaga jamlash ta'limotini ilgari surganlar. Bu ishda kishi, haqiqatan ham, trans holatiga tushadigan bo‘lsa, bu orqali haqiqatga erishish dxiana ning oliy maqsadi hisoblanadi. Dxiana ta'limotining Xitoydagi ilk namoyandalari Dao-An hamda Xuey-yuanlar edilar. Ular dxiana sutralari ni Xitoy tiliga tarjima qilib meditasiyani amaliyotga joriy qilganlar. Meditasiya amaliyoti eng Shuhrat qozongan davvriga Xitoyda birmuncha kechroq erishdi. Bu narsa «Chan» sektasining muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq. Biroq shuni aytish kerakki, Chan meditasiyasi hind dxiana sidagi meditasiyaning oddiy takrori, aynan rivojlangan shakli emas. Olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, mazkur ta'limot hind buddizmiga qarama-qarshi ta'limot sifatida vujudga kelgan. Darhaqiqat, Chan yo‘nalishi Xitoy buddizmining boshqa oqimlariga qaraganda ko‘proq Xitoyga xosroq. Uning asosiy g‘oyasi quyidagicha: kishi tumanli, xira nirvanaga intilishi zarur emas, faqatgina kelajak haqida qayg‘urish qachondir Bodxisatva yoki Buddaga aylanishi va mana shuning uchungina o‘zini hamma narsadan mahrum qilishi befoyda. Inson ayni vaqtda, shu onda yashamog‘i hayotdan u bera olishi mumkin bo‘lgan narsalarni imkon qadar olib qolmog‘i lozim.
Lamaizm buddizmning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u Tibet tilida « Lama»– «eng ulug‘« degan ma'noni anglatadi. Mazkur diniy yo‘nalish rahbari shu nom bilan – Lama deb ataladi. Lamaizm Tibetda VII – XIV asrlarda tibetliklarning qadimiy dini Bon-Po (Shamanizmning bir turi) unsurlarini qabul qilgan Maxayana va Tantrizm asosida vujudga kelgan bo‘lib, hozirda tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. U bir necha firqa va mazhablarga bo‘linadi. Lamaizm XVI asr oxiridan mo‘g‘ullar, XVI asr boshlaridan Rossiya hududida yashovchi buryatlar, tuvaliklar va qalmiqlar orasida ham tarqaldi. Buddizmning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi. Lamalarsiz Nirvana ga etishish u yoqda tursin, kishi bu dunyoga qaytib kelishda ham hech narsaga erisha olmaydi, deb ta'kidlanadi. Lamaizmning an'anavviy qonunlashgan asosi Kanjur (108 jildli) va Tanjur (225 jildli) nomli muqaddas kitoblarda bayon qilingan. Bu dinda dabdabali ibodatlar, teatrlashtirilgan muqaddas tomoshalar – misteriyalar, ko‘pgina maishiy rasm-rusumlar, xudolarning g‘azabini, yovuz ruhlarning ziyonlarini qaytarish uchun qilinadigan xatti-harakatlar, duo va afsunlar bor.
Lamaizmga ko‘ra, Lama larga va dunyoviy hokimlarga so‘zsiz bo‘ysunish asosiy fazilat sanaladi. Masalan, buryat lamalari rus podshohlarini – avvatara, ya'ni ma'buda Tsagan-Daraexening erdagi ko‘rinishi deb e'lon qilganlar. Lamaizm ta'limotiga ko‘ra, odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, tuhmat, g‘iybat, bekorchi so‘zlash, ochko‘zlik, kek saqlash, zino qilish – o‘nta «og‘ir gunoh»sanaladi. Gunoh qilishdan o‘zini tiyish insonga eng yaxshi qayta tug‘ilishga imkon beradi. Lamaizm yo‘nalishining oliy diniy rahnamosi Dalay-Lama sanaladi. U tug‘ilgan mavvjudotlarning eng ulug‘i, bodxisatva Avvalakiteshvaraning erdagi ko‘rinishi, tirik Xudo hisoblanadi. Dalay – Tibet tilida «dengiz» ma'nosini anglatadi. Dalay-Lama «dengizdek ulug‘Lama» deganidir. Bu unvon 1391 yilda joriy qilingan. Birinchi Dalay-Lama Binduidub (1391-1475) bo‘lgan. Hozirgi kunda Dalay-Lama XIV Lozondantzenjanso-Igvant hisoblanadi. U 1935 yilda tug‘ilgan. Uning o‘limi bilan erda yangi Dalay-Lama paydo bo‘ladi. Oliy Lama lardan tashkil qilingan hay'at uning o‘limidan so‘ng bir yil mobaynida yangi tug‘ilgan go‘daklar orasidan yangi Dalay-Lamani qidirib topadilar. Shundan so‘ng go‘dak monastirda tarbiyalanadi. U voyaga etgunga qadar uning vazifasini regent – muvaqqat vakil bajarib turadi. Lamaizm diniy hayotining markazini monastir tashkil qiladi. U erda Dalay-Lama, lamalar diniy uyushmasi, rohiblar, talabalar faoliyat olib boradilar.
O‘rta Osiyoda buddizm. O‘rta Osiyoda dinlar tarqalganligi manzarasi rang-barang va tadqiq qilish uchun o‘ta qiziqarli. Bu mintaqada boshqa qadimiy dinlar bilan bir qatorda buddizmning ham keng yoyilganligini kuzatamiz. O‘rta Osiyoda buddizm tarixini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotchilardan L.I. Albaum, R.Ch. Bagchi, V.V. Bartold, T.V. Belyaeva, A.N. Bernshtam, V.A. Bulatova, V.P. Vasilev, B.V. Veymarn, V.V. Vertogradova, V.L. Vyatkin, T.V. Grek, B.P. Denike, E.P. Denisov, B.N. Zasipkin, T.I. Zeymal, A.N. Zelinskiy, V.N. Kesaev, G.A. Koshelenko, V.A. Livtshis, B.A. Litvinskiy, M.E. Masson, G.V. Parfyonov, G.A. Pugachenkova, E.G. Pchelina, E.V. Rtveladze, B.Ya. Stavviskiy, A.S. Strelkov, B.A. Turg‘unov, Z.I. Usmonova, V.B. Henning, V.A. Shishkin kabi o‘zbekistonlik va chet ellik arxeolog olimlar izlanishlar olib borganlar. Ularning ekspedisiyalari natijasida yozilgan maqola, risola va monografiyalar ushbu mavvzuni o‘rganishda qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan mualliflarning barchasi buddizm tarixini O‘rta Osiyodagi tarixiy-me'moriy yodgorliklarning arxeologik tadqiqotlari asosida yoritib berganlar. Bir guruh tadqiqotchilar mazkur din O‘rta Osiyoga kirib kelishini Kushonlar shohi Kanishka hukmronligi davvriga taalluqli deb biladilar (I asrning oxiri – II asrning boshlari). Ikkinchi guruh esa bu jarayonning boshlanishini biroz ertaroq deb hisoblaydilar. Tadqiqotchi B.A. Litvinskiyning fikricha, buddizm shimoli-G‘arbiy Hindiston va Janubiy Afg‘oniston (Qandahor) orqali taxminan mil.avv. III asrda Baqtriyaga (O‘zbekistonning Janubiy hududlari) tarqala boshlagan. Baqtriyaga buddizmning kirib kelishi va yoyilishi haqida boshqa fikr ham mavvjud. Tadqiqotchi R.Ch. Bagchi bu jarayon podshoh Ashoka (mil.avv. 273-232 yillar) hukmronligi davvrida yuz bergan deb hisoblaydi. Ammo bu fikrni tasdiqlovchi arxeologik materiallar etarli emas. Shuning uchun ham buddizm bu hududga Kushonlar davvrida kirib kelgan degan fikr haqiqatga yaqinroq. Chunonchi B.Ya. Stavviskiy bu fikrni Kushonlar hukumatining hind viloyatlari va buddist jamoalarning homiylari bilan aloqalari mustahkam bo‘lganligi bilan isbotlaydi. Ammo shu bilan bir qatorda baqtriyaliklarning Kanishkaga qadar buddizm bilan tanish bo‘lganliklarini tasdiqlovchi ma'lumotlar ham mavvjud. Mil.avv. I asr va milodning IV asrlari oralig‘ida Kushon imperiyasida buddizmning Maxayana yo‘nalishi davvlat dini deb e'lon qilindi.
Bungacha buddizm Hindistonda uzoq tarixga ega bo‘lsa-da, u erda asosiy yo‘nalish bo‘lgan Xinayana ham bunday mavvqega erishmagan edi. Kanishka, Vima, Kadfiz va ulardan keyingi Kushon imperatorlari buddizmni keng yoydilar. Ular bu din an'analarini amalda rivojlantirish, boshqa xalqlar o‘rtasida tarqatish uchun Balx, Marv, Termiz, Samarqand, Buxoro, Shosh, Turkiston, Quva, Koson, O‘sh, Bolosog‘un, Koshg‘ar va boshqa shaharlarda buddizm takyagohlari va xonaqohlari, ibodatxonalarini qurib, buddizmning muqaddas kitoblari, Sutra va pastrilar ni o‘rganish, tarjima qilish va sharhlash uchun sharoit yaratib berdilar. Hozirgi Termizdagi qora-tepa, Fayoz-tepa, Sayram, Quva va boshqa joylarda topilayotgan budda haykalchalari yoki ularning parchalari, Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi buddist musiqachilarning tasviri va boshqa osori atiqalar, saroy va ibodatxonalar O‘rta Osiyodagi buddizm haqida xabar beruvchi manbalardir. Bu dinga tegishli yozma manbalar qadimgi turkiy yozuvda, uyg‘ur bitiklarida va boshqa yozuvlarda saqlanib qolgan.
O‘rta Osiyoning janubida Sarvastivada maktabining ilk ko‘rinishi – Vaybxashika maktabining ta'limoti yoyilgan. U buddizmning Xinayana oqimiga tegishli. Ammo Vaybxashika ta'limoti ba'zi jihatlari bilan Maxayana doirasidagi maktablarga yaqin turadi. Bunda, ayniqsa, Maxayana doirasiga kiruvchi Sarvastivada ning Vinaya maktabi muhim ahamiyatga ega. Manbalarning xabar berishicha, Xo‘tanda Vaybxashika maktabi vakillari Maxayanani yoyish uchun zamin tayyorlaganlar. O‘rta Osiyoda buddizmning boshqa maktablari ham yoyilgan. Qora-tepadan topilgan sopol buyumlardagi kxaroshtxi yozuvlari bu erdagi Maxasangxika ta'limotini aks ettiradi. Maxasangxika maktabi O‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishida muhim rol o‘ynagan. Qora-tepaning boshqa qismida braxmi yozuvidagi bitiklar esa O‘rta Osiyoga keyinchalik Kanishka davvrida kirib kelgan Sarvastivada buddist maktabi ta'limotining yoyilganligidan xabar beradi.
Mil.avv. III – I asrlarda buddizm Hindiston hududidan chiqib janubi-Sharqiy yo‘nalish bo‘yicha asosan Xinayana ta'limoti shaklida yoyilgan. Lekin milodning boshlarida shimolga, shimoli-g‘arbga hamda shimoli-sharqqa Maxayana tarzida harakat qildi. Buning sababi bir necha asrlar mobaynida Shimoliy Hindiston, Markaziy Osiyo hududlarining yagona Kushon saltanati bayrog‘i ostida birlashtirilishi bo‘ldi. Aynan Markaziy Osiyo orqali buddizm uzoq Sharqqa kirib bordi va u erda ikkinchi hayotini boshladi. O‘rta Osiyoda buddizmga tegishli tarixiy obidalarning ko‘pligi jihatidan Fayoz-tepa eng yirik yodgorlik hisoblanadi. U erdan chiqqan diniy bitiklar, haykallar bilan birga topilgan ibodatxonaning hududi ancha katta joyni egallaydi. 1926 yilda A.S. Strelkov tomonidan aniqlangan eski Termizning sharqidagi Zurmala minorasi O‘rta Osiyo hududidagi birinchi ochilgan, katta ahamiyatga molik bo‘lgan buddizm inshootidir. Eski Termizdan topilgan qora-tepa buddist majmuasi milodning I asri Kushon saltanatining gullagan davvriga to‘g‘ri keladi. Qora-tepadagi har bir inshoot er usti va g‘or ichida joylashgan ibodatxona, saroy, bir monax (Zohid) uchun moslashtirilgan hujralardan iborat. Dalvarzin-tepa majmuasi 1967-1968 yillarda qazib ochilgan bo‘lib, Termiz yaqinidagi Surxon vohasining o‘rta qismida joylashgan. Mazkur kompleks g.A. Pugachenkova va B.A. Turg‘unov boshchiligidagi O‘zbekiston san'atshunoslik akademiyasi tomonidan ochildi. Dalvarzin-tepada topilgan buddizm majmuasi bu din ta'limoti Kushon saltanatining Shimoliy viloyatlariga I asrda yoyilganligini ko‘rsatadi.
Janubiy O‘zbekistonda joylashgan Baqtriya-Toxaristonning Shimoliy qismida 60-yillarning ikkinchi yarmidan 80-yillargacha buddizm inshootlarining ettitasi aniqlanib o‘rganildi. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan Janubiy Tojikistondagi ajina-tepa, kofir-qal'adagi kichik ibodatxona, qal'a-i Kofirnigon ibodatxonasi, Ayritom majmuasi, Turkmanistondagi Marvdan 30 km uzoqlikda joylashgan Gyaur-qal'a majmuasi, Quvadagi ibodatxona va boshqa ko‘plab buddizmga tegishli yodgorliklar ushbu dinning mazkur mintaqadagi tarixi haqida xabar beradi. O‘rta Osiyoning Marv, Balx, Termiz, Sug‘diyona viloyati, Quva, Koson, Samarqand va Buxoro kabi shaharlari, viloyatlari buddizm ta'limoti va marosimlarini ishlab chiqishda, boshqa o‘lkalar, mamlakatlarda targ‘ib va tashviq etishda, eng muhimi, buddizmning hozirgi zamonning ilg‘or jahon dinlaridan biriga aylanishida favvqulodda ahamiyatga ega markazlari bo‘lgan.
Sug‘d viloyati Xitoy bilan savvdo-sotiq hamda madaniy aloqalarni o‘rnatishda ahamiyatli rol o‘ynagan. Sug‘dliklar Xitoyda buddizmni yoyishda juda muhim o‘rin egallaydilar. Biroq Sug‘dda buddizmning keng yoyilganligi masalasi haligacha ochiq qolmoqda. To‘g‘ri, hozirga qadar bu erda buddizmga oid ba'zi haykalchalar, Sanzordagi buddizm ibodatxonasi, Samarqand yaqinida budda haykalining boshi topilgani ma'lum. Ammo bu topilmalar ushbu hududda bu din keng tarqalgan degan xulosani chiqarishga hozircha etarli emas. Surxondaryo Toxaristonidan chiqqan buddizmning yirik vakili – Tanmonanti (yoki Dxarmanandin). U yoshligidan tarkidunyochilik yo‘lini tutib, uzlatga chekingan. Yosh bo‘lsa-da, aqli tiniq bo‘lib, sutralarni o‘rgangan va yoddan aytib yurgan, bunga o‘zining butun borlig‘ini bag‘ishlagan. U Tripitakani to‘la o‘zlashtirgan. Dxarmanandinning ilmdagi salohiyati chuqur va benihoya edi. U o‘z vatanida ham, boshqa uzoq erlarda ham katta obro‘ga ega bo‘lgan. 365-385 yillarda Dxarmanandin Xitoyning Chan'an viloyatiga Budda ta'limotini targ‘ib etgani va ibodatxonalar, vag‘n va vixara lar qurgani kelgan. Imperator Fu Szyan Xitoydagi barcha avvliyolarning Dxarmanandinga ko‘rsatayotgan izzat-hurmatini ko‘rib, uni juda oliy maqomli mehmon sifatida kutib oladi va tortiqlar qiladi. Xitoyda bu paytda buddizm ancha keng tarqalganiga qaramay, to‘rt qismli Agama-Sutra lardan birortasi ham hali Xitoy tiliga tarjima qilinmagan edi. Imperator Fu Szyanning maslahatchisi va uvey tumani hokimi Chjao Chjen Dxarmanandindan ana shu sutralarni tarjima qilib berishini so‘rash niyatida edilar. Chjao Chjen barcha avvliyolar va Dxarmanandinni o‘z poytaxtiga taklif etib, Agama-Sutra larning ikkitasini – Chjun va Szen hamda mustaqil asarlar sanalgan Pi tan Sin, San FA Du va boshqa asarlarni tarjima etish, sharhlab berish va e'lon etishni iltimos qiladi.
Dxarmanandin bu ishga 2 yil rahbarlik qilib, uni muvafaqqiyatli yakunlaydi. So‘ngra o‘z vataniga qaytadi, lekin uning qachon va qaerda vafot etganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar bizgacha etib kelmagan. Turkiy xalqlar butun Osiyoni, Xitoy va uzoq Sharqni nafaqat qilich va ot kuchi bilan zabt etishgan, balki mavvjud bo‘lgan diniy-falsafiy ta'limotlar, madaniyat, insonparvarlik sohalarida ham etakchilik qilganlar. O‘zlaridan boshqa xalqlarni «varvarlar» deb atagan kalondimog‘ qadimxitoy siyosatchilari ham bu jihatdan ularni tan olishga majbur bo‘lganlar.
|
| |