Xristian cherkovining Katolik va Pravvoslavv




Download 1,63 Mb.
bet25/64
Sana17.01.2024
Hajmi1,63 Mb.
#139436
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

Xristian cherkovining Katolik va Pravvoslavv cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida etakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy tafovutlari o‘sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istanbul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi.
XVI asr boshlarida katolisizmdan bir necha Evropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning doirasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o‘zlariga xos bo‘lgan tomonlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, bular ham o‘z navvbatida bir necha yo‘nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo‘lindi.
1. Pravvoslavv oqimi. Pravvoslavv oqimi xristianlikning uch asosiy yo‘nalishidan biri o‘laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro‘yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Evropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravvoslavv atamasi yunoncha ortodoksiya so‘zidan olingan bo‘lib, ilk davvr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravvoslavviening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo‘nalish u erdagi hukmron din edi.
Muqaddas kitob bo‘lmish Injil va muqaddas o‘gitlar IV-VIII asrlardagi etti butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta'limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning Sharqiy tarmog‘i bo‘lmish pravvoslavviyaning rivojlanishi jarayonida 14 Mustaqil (avvtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, ellada, Albaniya, Polsha, Chexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.
Pravvoslavv oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o‘rin egallaydi. Cherkov ta'limotiga ko‘ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savvoblar nozil bo‘ladi.
Cho‘qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o‘z tanasini uch marta suvga botirishi Xudo-otani, O‘g‘ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug‘ilishni kasb etadi.
Badanga eleyni surkash ham sirli bo‘lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.
Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko‘rinishida o‘z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o‘z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko‘tarish uchun episkopning qo‘lini o‘sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo‘yishi) orqali amalga oshiriladi.
Badanni eley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravvoslavv cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Post diniy marosimi odatda, katta cherkov bayramlaridan oldin o‘tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqealariga tayyorgarlikdan iborat.
Rus Pravvoslavviyasining ko‘p kunlik postlari to‘rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavvel kuni oldidan, Bogorodisa uyqusidan oldin va Iso tug‘ilgan kundan oldin.
Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o‘rinda turadi. Pasxa Isoning o‘lganidan so‘ng qayta tirilganini nishonlab o‘tkaziladigan bayram. U yilning 22 aprelidan may oyining birinchi yakshanbasigacha o‘tkaziladigan bayram. U «Otsovskiy den»dan avvval o‘tkaziladi. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi pesax bayrami bilan bog‘liq bo‘lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to‘la ajralib chiqqach pasxa yangicha tus olgan.
Pasxadan so‘ng pravvoslavv dinining o‘n ikki kunlik o‘n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular: Iso tug‘ilishi, Sretenie, Isoni cho‘qintirish, Preobrajenie, Quddusga kirish, Isoning osmonga ko‘tarilishi, Troisa Muqaddas butning osmonga ko‘tarilishi, Blagoveùanie (Injilning nozil bo‘lishi), Rojdestvo Bogorodisû (Isoning xochga osilishi) va hakozo.
2. Katolik oqimi. Xristianlikning yirik yo‘nalishlaridan biri katoliklardir. U Evropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo‘lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi.
Katolisizm umumiy, dunyoviy degan ma'nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo‘lmagan Rim Xristian jamoasi bo‘lib, rivoyatilarga ko‘ra uning birinchi episkopi apostol Petr bo‘lgan.
Katolisizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va sohtalashtirilgan ko‘rinishga ega, diniy o‘qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. provslavviyadagi kabi katolisizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig‘inish odatlari mavvjuddir.
Katolisizm xristianlikning yo‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta'limot, sig‘inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Katolik diniy ta'limotning asosini Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq Pravvoslavv cherkovidan farqli o‘laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvvalgi etti Butun Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bo‘lib o‘tgan barcha Soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi.
Katolik cherkovi tashkiloti qat'iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi bu cherkovning boshlig‘i. U diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati dunyoviy soborlar xokimiyatidan yuqori turadi.
Katolik cherkovining markazlashuvi jumladan diniy ta'limotni noan'anavviy tahlil qilish (sharhlash) huquqida aks etgan dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib chiqaradi. Masalan, Pravvoslavv cherkovi tomonidan tan olingan diniy ramzda ta'kidlanishicha, Muqaddas ruh ota xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga ko‘ra esa Muqaddas ruh ota xudodan va o‘g‘il xudodan kelib chiqadi. Cherkovning najot borasidagi roli haqida ham o‘ziga xos alohida ta'limot shakllangan. Najotning asosi imon va xayrli ishlar hisoblanadi. Cherkov, Katolik ta'limotiga ko‘ra, xayrli zaruriy ishlar xazinasiga Iso tomonidan yaratilgan «Xayrli ishlar zaxirasiga» ega.
Cherkov Iso, Bibi Maryam, Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish, undan muhtojlarga ulashish, ya'ni gunohlarni avvf etish, nadomat chekuvchilarga pul yoki tufha evaziga avvf - kechirim tufha qilish huquqiga ega. Pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunohlarini kechirish - indulgensiya haqidagi ta'limot mana shundan kelib chiqqan.
A'rof haqidagi (do‘zax va jannat oralig‘idagi mavvze) aqida faqat katolik ta'limotida mavvjud. Gunohi katta bo‘lmagan gunohkorlarning ruhi u erda o‘tda kuyadi (ehtimol bu vijdon va nadomat azobining ramziy in'ikosidir), keyin jannatga yo‘l topadi. Ruhning a'rofda bo‘lish muddati xayrli ishlar tufayli qisqartirilishi (ibodat va cherkov foydasiga xayr-ehson qilish bilan) mumkin. Bu ibodat va xayr ehsonlar o‘lganlar xotirasiga yaqinlar tomonidan qilinadi.
A'rof haqidagi ta'limot I asrdayoq paydo bo‘lgan edi. Pravvoslavv va Protestant cherkovlari a'rof haqidagi ta'limotni rad etadi.
Bundan tashqari, pravvoslavv dini ta'limotidan farqli o‘laroq, katolik yo‘nalishida papaning begunohligi haqidagi aqida ham bor. Bu aqida 1870 yildagi birinchi Vatikan soborida qabul qilingan. Farb cherkovining Bogorodisaga nisbatan alohida e'tibori 1950 yilda papa Piy XII tomonidan kiritilgan, Bibi Maryamning meroji haqidagi aqidada o‘z aksini topdi. Katolik ta'limoti pravvoslavv ta'limoti kabi etti asrorni tan oladi, biroq bu asrorlarni talqin qilinishidan qarashlar mos kelmaydi. Masalan, pricheshenie (tamaddi) qilish qattiq non bilan, (pravvoslavvieda bo‘ktirilgan non bilan) dunyoviy (miryane)larga non va vino bilan shuningdek faqat non bilan amalga oshiriladi. Cho‘qintirish sirini o‘tash paytida suv sepiladi (cho‘qintiriluvchiga), muz ostidagi suvga cho‘ktirilmaydi.
Miropomazanie (cho‘qinuvchining peshonasiga eley surkash) etti-sakkiz yoshlarda amalga oshiriladi, go‘dakligida emas. Bunda o‘spirin (bola) yana bitta ismga ega bo‘ladi. Bunda u o‘sha avvliyoning qilmishlari va g‘oyalarini maqsad qilib qo‘yadi. Shunday qilib, bu rusumning ijro etilishi imon mustahkamlanishiga xizmat qilishi zarur.
Pravvoslavvlarda nikohsizlik rusumini faqat qora ruhoniylik qabul qiladi. Katoliklarda esa nikohsizlik (selibat) Papa Grigoriy VII tomonidan joriy qilingan qoidaga ko‘ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir.
Din markazi - ehromdir. Dinning muhim elementlari cherkovga qatnovchilar hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar, shuningdek postlardir.
Milodiy post katoliklarda advent deb ataladi. U Avvliyo Andrey kunidan keyingi birinchi yakshanbada - 30 noyabrda boshlanadi. Ular uch ibodat bilan: yarim tundagi, ertalabki va kunduzgi ibodat bilan nishonlanib, Bibi Maryam homilador bo‘lishi, Isoning tug‘ilishi va dindorning qalbida bo‘lishi kabi ramziy ma'noni anglatadi. O‘sha kuni tazim qilish uchun ehromlarda go‘dak Isoning figurasi qo‘yilgan yaslilar o‘rnatiladi.
Katolik ierarxiyasida uch darajadagi ruhoniylar bor: diakon, ruhoniy kyure, pater, kendz. episkop. Episkopni papa tayinlaydi. Papani kardinal kollegiya saylaydi. Bunda umumiy ovozning uchdan ikki qismi plyus 1-ovoz (yashirin ovoz berish yo‘li bilan) II Vatikan soborida (1962-1965 yillar) cherkov hayotining barcha jabhalarini yangilash, zamonavviylashtirish jarayoni boshlandi. Birinchi navvbatda ibodat an'analariga tegishli bo‘ldi. Masalan, ibodatni lotin tilida olib borishdan voz kechildi.
3. Protestantizm oqimi. Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo‘lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favvqulodda diqqat bilan tinglandi.
Protestantizmning mohiyatiga ko‘ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in'om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e'tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y beradi. Avvom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirish saqalanib qoldi.
O‘lganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avvliyolarga sig‘inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi.
Asrorlardan faqat cho‘qinish va mansublik (cherkovga) e'tirof etiladi. Ibodat va'z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo‘ldi. Protestantlar Bogorodisa shaxsiyatini, a'rofni tan olmaydilar.
M. Lyuter tomonidan tuzilgan reformasiya bosh taomillari 95 tezis shaklida yozib bergan. Ular Vittenbergning Nasriy cherkovining shimoliy eshiklariga yozib qo‘yilgan. Mana shu tezislardan biri: Iso payg‘ambar: «Tavvba qiling, chunki samoviy shohlik yaqinlashib qoldi» deb jar solganida shuni ta'kidlaydiki, imon keltirganlar hayoti boshdan-oyoq to‘xtovsiz tavvba-tazarrudan iborat bo‘lmog‘i darkor.
Tavvba-tazarru ruhoniy (avvliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to‘rt tezisda, Lyuter ta'kidlaydiki, haqiqiy tavvba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-harakat bilan ro‘yobga chiqmaydi.
Papa faqat o‘zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Cherkov hech qaysi samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavvba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy qilinadi (belgilanadi). Bu erda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a'rof ustidan hukmronligi rad etiladi.
«Ruhlar uchun indulgensiya olgan shaxslarga tavvbu-tazarru qilish talab qilinmaydi», degan ta'limot Iso ta'limoti emas. Chindan tavvba qilgan kishilarni Xudo gunohlarini kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig‘isiz ham bunday mag‘firatdan umid qilishi mumkin.
Lyuter bir necha tezislarda ta'kidlaydiki, chindan tavvba qilgan, nadomat chekkan xristian (nasoro) «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya'ni unga samoviy jazo joriy etilmaydi».
Cherkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va xudo marhamatidir. Lyuterning ta'kidlashicha, «xayrli amallar xazinasi»ning mavvjudligi kambag‘allar uchun emas boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o‘z amallari bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mehrini qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi.
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog‘i zarur. Najot yo‘li ruxsatnoma yorlig‘ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavvba qilmoqdadir.
1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havvola qilingan tezislar shundan iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo‘lib qoldi.
Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko‘rsatmalar» degan bosh asari, protestantizm ta'limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo‘nalish - kalvinizmning asosi bo‘lib qoldi.
Dastlabki islohot arboblaridan farqli o‘laroq, Kalvin uchun diqqat markazi Injil emas Tavvrot bo‘lib qoladi. Kalvin absolyut taqdir haqidagi ta'limotni ishlab chiqdi. Bu ta'limotga ko‘ra, barcha odamlar xudoning biz uchun noma'lum bo‘lgan irodasiga asosan mag‘firat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo‘linadi. Inson va imon, na «xayrli ishlar» bilan taqdirga yozilganni o‘gartira olmaydi: mag‘firat qilinganlar najotga mahkum, mag‘firatdan mahrum bo‘lganlar esa abadiy azobga mahkumdirlar. Taqdir haqidagi ta'lim shunday asosga qurilganki, Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi.
Protestant cherkovining kalvinistik yo‘nalishdagi davvomchilari (kalvinistlar yoki reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Fransiya, Angliyada keng obro‘ga va ta'sirga ega edilar.
Presviterianlar. Presviterianlik kalvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo‘lib, (yunoncha eng eski) mo‘'tadil puritanlardir. 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu ta'limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida uning a'zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Jamoalar mahalliy va davvlat ittifoqlariga birlashadi. Diniy marosim ibodat, presviterning mavv'izasi, oyatlarni kuylashdan iborat. Liturgiya bekor qilgan, na «din ramzi» va na «otche nash» o‘qilmaydi. Faqat dam olish kunlari bayram kuni deb hisoblanadi.
Anglikan cherkovi. Anglikan cherkovi - Angliyaning davvlat cherkovi 1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VIIIni cherkov boshlig‘i deb e'lon qildi, ya'ni cherkov qirol hokimiyatiga bo‘ysundirildi. XVI asr o‘rtalariga kelib ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi, postlar bekor qilindi, but va sanamlar olib tashlandi, ruhoniylar uylanmasligi majburiy bo‘lmay qoldi. «Mo‘'tadil yo‘l» ta'limoti, ya'ni Rim katolisizmi va protestanizm orasidagi o‘rtacha yo‘l shakllandi. Anglikan diniy ta'limoti «Umumiy ibodatlar kitobi»da aks ettirilgandir.
Baptizm. Protestant ta'limotining eng ko‘p sonli davvomchilari baptistlardir. Baptizm (yunoncha «suvga cho‘ktirish») XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o‘z tarafdorlariga ega. Bu ta'limot tarafdorlari faqat o‘spirinlarnigina cho‘qintirishga olib boradilar. «Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravvishda o‘zi ixtiyor qilmog‘i zarur», degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir, ularda ibodat o‘ta soddalashtirilgan bo‘lib, diniy qo‘shiq, ibodat va mavv'izadan iborat. Zabur xristianlari to‘rtta rusumni saqlab qolishgan: cho‘qintirish, (o‘spirinlar uchun) tanovul, nikoh, qo‘l bilan silab qo‘yish. Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.
Adventistlar harakati. Adventistlar (lotincha - kelish) harakati Amerikada XIX asrning 30 yillari og‘ir iqtisodiy buhron (krizis), umumiy ishsizlik davvrida vujudga keldi. Uning asoschisi Vilyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning eng kattasi «Ettinchi kun adventistlari». Ularning asosiy g‘oyasi Isoning ikkinchi bor erga tushishi va insoniyatni xalos etib, shayton va uning tarafdorlarini bilan urushib, ularni mutlaq yakson qilishidir. Ular kishilarni Isoni kutib olish uchun yaxshi axloqli bo‘lishga chaqiradi. Adventistlar dindorlardan o‘z mablag‘laridan o‘ndan birini cherkov hisobiga o‘tkazishlarini va tinmasdan targ‘ibot ishlarini olib borishlarini talab qiladi. Iso payg‘ambarning ikkinchi marta erga qaytishi haqidagi bashorat najot yo‘li deb hisoblanadi.
Hozirgi paytda Farbiy hamda Sharqiy cherkovlarning rahbarlari ko‘p asrli ixtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964 yili Rim Papasi Pavvel VI va Konstantinopol patriarxi Afinagor ikkala cherkov vakillarining XI asrda aytgan o‘zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish uchun birinchi qadam qo‘yildi.
XI asrning oxirida xristianlikning SHarqqa tomon harakati va tarqalishi ommavviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo‘lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va O‘rta Osiyoning boshqa shaharlarida episkopik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Maroda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar zardushtiylar, monavviylar, buddavviylar, bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lgan.
O‘rta Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davvrlarida islom bilan xristianlik o‘rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan. Hatto Beruniy yashagan davvrda ham (973-1056) Marvda provoslavv metropoliyasi bo‘lgan.
Ana shu davvrda xristianlik Kavvkazda ham tarqala boshladi. Armaniston (301 yil) va Gruziyada (318 yili) davvlat diniga aylanadi. Ozarbayjon va Janubiy Dog‘iston territoriyasida IV-VII asrlarda hukmron din hisoblangan.

Download 1,63 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Download 1,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xristian cherkovining Katolik va Pravvoslavv

Download 1,63 Mb.