|
O‘tilgan mavzu bo‘yicha savvollar
|
bet | 27/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)O‘tilgan mavzu bo‘yicha savvollar
1. Xristianlik birinchi bo‘lib qaysi davvrda va qayerda tarqaldi?
2. Xristianlikning asosiy aqidasi qanday?
3. Xristianlikning qanday asosiy oqimlarini bilasiz?
4. Xristianlikning muqaddas kitobi qaysi?
5. Iisus Xristos shaxsi haqida nimalar bilasiz?
6. Hozirgi paytda xristianlikning asosiy markazlari qayerda?
7. Xristianlikning qanday manbalarini bilasiz?
8. Bibliyaning tarkibiga qanday kitoblar kirgan?
9. Jumhuriyatimiz hududida xristianlikning qaysi oqimlari tarqalgan?
6-mavvzu. Islom dini
Reja
Islom dinining paydo bo‘lishidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitlar. Payg‘ambarlik va vahiyning talqini.
Hijrat va Madinada tashkil etilgan ilk islom davvlatida boshqaruv shakli. Tavvhid aqidasi. Islom dinining besh sharti.
Qur'on, hadis, fiqh, aqida ilmlarining shakllanish tarixi. Qur'on, sura va oyat tushunchalarining ma'nosi, qur'onshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi.
Hadis tushunchasining mohiyati, hadislarning turlari va tasnifi. Buyuk muhaddislarning hayoti va ijodi. O‘zbekistonda hadisshunoslikning rivoji.
Islom dini tarafdorlari jahon aholisining 20 foizga yaqin qismini tashkil etadi. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziya (165 mln.), Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), Eron (63 mln.), Turkiya (61 mln.), Arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.) mavvjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 foizini tashkil etadila.
Paydo bo‘lishi va ta'limoti. Islom tarixida bu din kelmasidan avvvalgi muddat johiliya yoki johiliyat davvri deb yuritiladi. «Johiliya» so‘zi adabiy Arab tilida «bilmaslik», ya'ni «yagona Xudo – Allohni 4 (CD-ROM disk: entsiklopediya stran mira. Version 1.0. Copyright 2001. Studio Korax). tanimaslik» ma'nolarini beradi. Bu istiloh musulmon mualliflari tomonidan Arabiston yarim orolining islomdan oldingi davvr tarixiga nisbatan ishlatila boshlandi. Bu bilan yangi davvr tarixchilari qadimgi davvrda ichki Arabiston aholisi orasida «ko‘pxudolik» ( al-Vasaniya) hukm surardi, degan fikrga urg‘u berishni istaydilar. Ba'zi tadqiqotchilar johiliya davvri 100-200 yil davvom etgan degan fikrni bildiradilar. Biroq ushbu davvrning qancha muddat davvom etganligini aniqlash birlamchi manbalar, birinchi navvbatda, yozma adabiyotning ozligi, ba'zida butkul yo‘qligi tufayli juda mushkul. Arab erlari Osiyoning janubi-g‘arbidagi yarim orolda joylashgan bo‘lib, shimol tomondan – Shom (Suriya) sahrolari, sharqdan Fors (Arab) ko‘rfazi, Umon dengizi, janub tomondan Hind okeani va g‘arbdan qizil dengiz bilan chegaralangan. Mana shu bepoyon o‘lka bu erda yashagan Somiy tillarning birida so‘zlashuvchi arablar nomi bilan Arabiston yarim oroli deb atalgan. Zamonavviy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Islom paydo bo‘lishi arafasida yarim Orol hududida madaniyat nuqtai nazaridan uch tsivilizasiya mavvjud bo‘lgan: 1) mustaqil ma'noga ega bo‘lgan Janubiy Arabiston (tili – Janubiy Arab tili); 2) nisbatan chetki ta'sirlardan uzoqroqda joylashgan ichki Arabiston; 3) Vizantiya va Eron imperiyalari madaniy an'analari bilan bog‘liq Shimoliy Arabiston. Islomning paydo bo‘lishi tarqoq Arab qabilalari uchun olamshumul voqeaga aylandi. Tarixda birinchi Arab davvlati – Arab xalifaligi vujudga keldi. Arab istilolari oqibatida mazkur uch tsivilizasiya vakillari aralashib ketdi. Lekin ularning o‘tmishda nisbiy mustaqil rivojlanganliklari arablar nasabi haqidagi tasavvvurda saqlanib qoldi. Unga binoan, arablarning barchalari nasab jihatidan ikki katta avvlod vakillaridir: qahtoniylar – janub arablari, Adnoniylar – shimol arablari dir. Mana shu ikki avvloddan barcha Arab qabilalari tarqalgan. Lekin tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, mazkur tasavvvur VII asr oxirlari – VIII asr boshlarida Suriya va Iroqda hokimiyat uchun harbiy kurash olib borgan Arab qabilalari ittifoqlari (Kalbiylar, asadiylar va boshqalar) vakillari tomonidan shakllantirilgan. Qadimgi arablar orasida ko‘chmanchilik mafkurasi qoldiqlari, qabilavviy tuzum tasavvvurlari kuchli bo‘lsa-da, Islom dini paydo bo‘lishi davvrlarida ularning katta (2/3) qismi o‘troq holda shahar va qishloqlarda yashagan. Islom dini shakllangan va rivojlangan Makka va Yasrib shaharlari yaqin Sharq tsivilizasiyasi qadimiy markazlaridan nisbatan uzoqroqda joylashgan. Arabiston yarim orolining Makka, Madina, Toif, Xaybar singari bir qancha eng muhim shaharlarini o‘z ichiga olgan qismi qadimdan Hijoz deb atalgan. Bu yarim orolning katta qismida Islom vujudga kelguniga qadar « ko‘pxudolik»e'tiqodi hukm surardi. Qadimgi arablarning diniy tasavvvurlari jumlasiga totemizm, fetishizm, animizm elementlari va o‘tmish ajdodlar ruhiga sig‘inishni kiritish mumkin. Totemizmning yaqqol dalili sifatida ko‘pgina qabilalarning nomlarini keltirish kifoya: Asad (Arslon), kalb (it), Bakr (bo‘taloq), sa'lab (tulki), Zi'b (bo‘ri) va h.k. Arabistonda har xil xudolarning timsoli – sanamlar kulti bir vaqtda paydo bo‘lgan emas, albatta.
Ular uzoq vaqt shakllangan. Biroq keyingi davvr Islom tarixchilarining xabar berishlariga qaraganda, Arabistonga dastavvval sanam keltirgan va unga ibodat qilishni targ‘ib qilgan shaxs Amr ibn Luhay ismli kishi bo‘lgan. Rivoyatga ko‘ra, u Shomga tijorat maqsadida tez-tez safar qilib turar edi. Amr ibn Luhay ba'zi shomliklar odatlaridan qattiq ta'sirlanib, ularning butlaridan birini Makkaga olib kelgan. Keyinchalik butlarga sig‘inish arablar orasida keng tarqalib ketgan. Harqalay, but-sanamlarga sig‘inish – dinning yangi bosqichi bo‘lgan. Ibn al-Kalbiyning (VAF. 763 y.) «Kitob al-asnom» asarida ta'kidlanishicha, mil.avv. VIII asrdayoq har bir Arab qabilasi o‘z sanamiga ega edi. Tez-tez bo‘lib turadigan qabilalararo urushlardan so‘ng, odatda, mag‘lub qabila g‘olib qabila sanamiga sig‘ina boshlardi. Ba'zida g‘olib qabila mag‘lub qabilaning sanamini ham o‘z sanamlari safiga qabul qilishi mumkin edi. Arabistonning turli erlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavvjud bo‘lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma'lum edi. Ulardan biri Makka Ka'basi edi. Makka eski Arabistonning diniy markaziga aylangach, u erdagi Ka'baga sanamlar to‘plandi. Ibn al-Asirning (VAF. 1232 y.) uqtirishicha, Makka fath etilgan 630 yili Ka'ba ichida 360 ta sanam bo‘lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta ko‘rinadi, ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo‘lsa, u Ka'baga shuncha nusxada qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Islomdan oldin Arabistonda yahudiy jamoalari mavvjud bo‘lgan. Arabiston yahudiylari haqida, asosan, Qur'on, hadis, tafsir, sira (Payg‘ambar hayoti va muqaddas urushlari haqida hikoya qiluvchi adabiyot janri) va tarix kitoblari xabar beradi. Bu mavvzuga aniqlik kiritadigan va hozirga qadar topilgan hujjatlarning eng qadimiysi – yangi Bobil podshohi Nabonidga (mil.avv. 555-539) tegishli xronikadir. Unda aytilishicha, mil.avv. 552-542 yillarda Shimoliy Arabistondagi Tayma shahrini o‘ziga poytaxt qilib olgan Nabonid bu erdagi shaharlarni o‘zlashtirish maqsadida
Bobildan talaygina aholini ko‘chirgan; ularning ko‘pchiligini yahudiylar tashkil qilgan. Ma'lumki, bundan oldinroq (mil.avv. 586 y. ) Navvuxodonosor II Quddusni zabt qilganida salkam 30 ming yahudiyni asir olib, Bobilga keltirgan va «Bobil asirligi» 50 yil davvom etgan edi. Shundan so‘ng ham ba'zi yahudiylar Falastinga qaytmay, Bobilda qolib ketgandilar. Arabiston yarim orolida yahudiylik bilan bir qatorda xristianlik dini ham tarqaldi. Xristianlar bu erda keng targ‘ibotchilik ishlarini olib borar edilar. Ular Arabistonga qachon kirib kelganligi noma'lum. Odatda targ‘ibotchilar tib va mantiq ilmidan xabardor, kishilar qalbiga yo‘l topa oladigan odamlar bo‘lganligi uchun ko‘pgina qabila boshliqlariga ta'sir etganlar, ularning xristian dinini qabul qilishiga yoki o‘zlarining olib borayotgan faoliyatlarida yordam berishiga erishganlar. Islomga qadar Arabiston yarim orolining deyarli barcha hududlarida xristian rohiblari muntazam ravvishda din targ‘iboti bilan shug‘ullanar edilar. Yuqorida aytib o‘tilganidek, xristianlikning Arabiston yarim oroliga qachon kirib kelgani aniq ma'lum emas. Hijoz shaharlariga xristianlar (Sharqiy cherkovlar vakillari) asosan Vizantiya qaramog‘i ostidagi Falastin va Shomdan ko‘chib kelganlar. Islom vujudga kelishi arafasida dumat al-Jandal, Eylat, Tayma, Yasrib, Makka va Toifda ham talaygina xristianlar bor edi.
Habashiston xristianlari bilan aloqalar haqida efiop askarlarining yurishlari va ilk musulmonlarning hijralari dalolat beradi. Qadimgi Arabiston jamiyatida «haniflar» nomi bilan ma'lum bir jamoa mavvjud edi. Bu jamoa vakillari diniy tasavvvurlarini fanda «noma'lum monoteizm» deb atash qabul qilingan. Ular sanamlarga sig‘inmas, balki yagona Xudoga ibodat qilar hamda ochiqdan-ochiq butparastlarni tanqid qilishar edi. Ular bir erda muqim turmay, o‘lka bo‘ylab darbadar hayot kechirardilar. Ushbu toifa kishilaridan Zayd ibn Amr, varaqa ibn Navvfal, Ubaydulloh ibn Jahsh va Usmon ibn Huvayris, Quss ibn Sayyidolarni keltirish mumkin. Ular keyinchalik ilk Islom jamoasida ma'lum mavvqega ega bo‘ldilar. Sosoniylar Eroni dinlari ham Arabiston yarim orolida mavvjud edi. Ular haqida adabiyotlarda kam gapiriladi. Vaholanki, zardushtiylik va manixeizm ta'limotlari ham bu mintaqalarda keng tarqalgan edi. Bu davvrda o‘zini «Payg‘ambarlar muhri» ( Xotam al-anbiyo‘) deb atagan Moniy va uning «o‘zga dinlar ta'limotini to‘g‘rilovchi» dini atrof hududlarga etib ulgurgan edi. Chunki Laxmiylar davvlati Sosoniylar ta'siri ostida bo‘lib, Islom dini shakllanishi arafasida Eron Yamanni zabt etgan edi. Yangi dinning shakllanishida Arabiston yarim orolida mavvjud holatning ta'siri, albatta katta bo‘ldi. Ammo bu jarayonlarda birinchi Arab davvlati vujudga kelishi va uning mafkurasining shakllanishi muhim o‘rin tutadi. Ularni to‘laqonli idrok etishda Muhammad payg‘ambar hayoti, uning yangi din targ‘ibotchisi va davvlat arbobi sifatidagi faoliyati asosiy o‘rinni egallaydi.
Muhammad payg‘ambar hayoti. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Makka va uning atrofi tarixida «Fil voqeasi» nomi bilan mashhur bo‘lgan jangdan 50 kun keyin tavvallud topdi. Bu sananing milodiy hisob bo‘yicha qaysi kunga to‘g‘ri kelishi keyinchalik hisoblab chiqarilgan. Bu hisoblardan misrlik munajjim Mahmud Poshoning aniqlashicha, Payg‘ambarning tavvallud topishlari milodiy sananing 571 yil 21 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. Otasi Abdulloh Qurayshning Banu Hoshim, onasi Omina bint Vahb – Banu Zuhra urug‘idan edilar. Ota-onadan etim qolgan Muhammad payg‘ambar to sakkiz yoshgacha bobosi Abdulmuttalib qo‘lida tarbiyalandi. So‘ngra uni amakisi Abu Tolib o‘z himoyasiga oldi. Payg‘ambar yoshlik chog‘larida ikki marta Shomga, bir marta Yamanga karvon bilan safarga chiqdi. Arablar orasida o‘zaro qon da'vosi sababi bilan bo‘lgan urushlarning eng og‘ir kechgani «Fijor jangi» hisoblanadi. Islomdan avvval ham arablarda Muharram, Rajab, zulqa'da va Zulhijja oylari muqaddas sanalib, ularda urush taqiqlangan edi. Mazkur urush mana shu oylarda bo‘lganligi uchun unga «Fijor jangi» («Gunohkorlar urushi») deb nom berilgan. Bu urushda Quraysh tarafida Muhammad payg‘ambar ham ishtirok etdi. To‘rt yil davvom etgan bu urush sulh bilan nihoyalandi. Muhammad payg‘ambar 25 yoshga to‘lganida Banu Asad urug‘idan bo‘lgan boy ayol Xadicha bint Xuvaylidga uylandi. Muhammad payg‘ambarning etti farzandidan (Moriyadan tug‘ilgan Ibrohimdan boshqa) oltitasi (Zaynab, Umm Kulsum, Ruqayya, Fotima, Qosim, Abdulloh)ning onasi Xadicha bint Xuvaylid edi. Makkadagi Ka'ba binosi ustida tomi bo‘lmaganidan, yomg‘ir suvlari uni emirib yuborgan edi. Keyinchalik binoni sel oqimidan saqlash uchun bir to‘siq qurilgan bo‘lsa-da, u ham yillar o‘tib emirilgan edi. Payg‘ambar davvrida Makka ahli Ka'bani yangidan qurishga qaror qildilar. Bu qurilishda Payg‘ambar ham qatnashdi. Vahy nozil bo‘lishining boshlanishi.
Muhammad payg‘ambar 40 yoshga etganida ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msaydigan bo‘lib qoldi. Shunday paytlarda Makkadan 3 mil uzoqdagi Hiro tog‘ida joylashgan g‘orga chiqib ketar, erlik aholi odaticha Ramazon oyini u erda ibodat bilan o‘tkazardi. G‘amlagan oziqalari tugagach, Xadicha oldiga qaytib, bir oz vaqtdan so‘ng yana o‘sha g‘orga ketar edi. U erda o‘zini sukunatga berib, chuqur o‘yga tolar, g‘oyibdan quloqlariga «Sen Allohning elchisisan» degan tovushlar eshitilar edi. Ko‘p tush ko‘rar, tushida ko‘rgan narsalari o‘ngida to‘g‘ri chiqar edi. Islom tarixida ilk vahy «Alaq» surasining boshidagi besh oyatdir. Xadicha vahy nozil bo‘lishi haqidagi xabarni yaxshilikka yo‘yib, varaqa ibn Navvfal nomli samoviy kitoblardan boxabar bo‘lgan qarindoshidan bo‘lib o‘tgan voqeaning tafsilotini so‘radi. Varaqa ibn Navvfal buni payg‘ambarlikning nishonasi deb ta'bir qildi. Nozil bo‘layotgan vahiylarda Payg‘ambarga o‘z qavvmini qiyomat haqida ogohlantirish, yagona, barchani yaratgan Parvardigordan qo‘rqishga chaqirish uchun ko‘rsatmalar bo‘ldi. Shundan so‘ng Muhammad payg‘ambar yashirin da'vatga o‘tdi. Birinchi bo‘lib Xadicha bint Xuvaylid va amakivachchalari Ali ibn Abi Tolib Islomni qabul qilishdi. Vaqt o‘tishi bilan musulmonlar soni 30 kishiga etdi. Ular o‘z dinlarini yashirin saqladilar. Bu holat uch yil davvom etdi. Ochiq da'vatdan so‘ng Makka mushriklari Abu Bakr, Usmon ibn Affon kabi Islomni qabul qilgan ulug‘va badavvlat zotlarga hech narsa deya olmasalar-da, ammo zaif, kambag‘al, himoyasiz musulmonlarni qattiq siquvga oldilar. Habashistonga borishni istagan 11 erkak va to‘rt ayoldan iborat bo‘lgan birinchi guruh Makkadan yashirin ravvishda chiqib, qizil dengiz bo‘ylab ketdi. Ularning ichida Usmon ibn Affon va xotini Ruqayya (Payg‘ambarning qizi), Abu Huzayfa va xotini, Zubayr ibn al-avvom, 113 Abdurrahmon ibn Avvf, Abdulloh ibn Mas'ud bor edilar. Guruh boshlig‘i Usmon ibn Maz'un edi. Bu 15 kishi vahyning beshinchi yili Habashistonga (Oqsum Podshohligi) etib keldilar. Ularni Habashistonda xristianlar juda yaxshi kutib oldilar. U erda yaxshi, sokin hayot kechira boshladilar. Ularning bunday osoyishta hayot kechirayotganliklarini eshitgan boshqa musulmonlar ham bir yildan so‘ng ikkinchi guruh holida u erga hijrat qildilar. Bu guruhning boshida Ja'far ibn Abi Tolib (Alining akasi) bo‘lib, ular 80 kishi edilar. Habashiston xalqi va uning podshohi Najoshiy muhojirlarga juda yaxshi munosabatda bo‘ldilar. Makkaliklarning qattiq qarshiliklaridan ko‘p ozor chekkan Payg‘ambar Toifga yo‘l oldi. Biroq toifliklardan hech kim Islomni qabul qilmadi. Shu qiyinchilik yillarida «Isro va Me'roj» voqeasi yuz berdi. Qur'ondagi «Isro» va «Najm» suralarida bu hodisa haqida so‘z yuritilgan. Da'vatning o‘ninchi yili haj mavvsumida Payg‘ambar Makkaning shimolida «Aqaba» deb ataladigan bir tepalikda Yasrib (Madina) shahridan kelgan olti kishini uchratib, ularni Islomga da'vat etdilar. Ular Islomni qabul qildilar. Ushbu uchrashuv Islom tarixida «birinchi Aqaba bay'ati» deb nom oldi. Unda As'ad ibn Zarora, rafi'ibn molik, Avvf ibn Horis, Qutba ibn Omir, Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdullohlar Payg‘ambarga din shartlarini bajarishga «bay'at» (qasamyod) qildilar. Keyingi ikki haj mavvsumida ham Aqaba bay'ati bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi uchrashuvda madinaliklardan 12 kishi, uchinchisida esa 75 kishi ishtirok etdilar. Bu voqealardan so‘ng Payg‘ambar Madinaga hijrat qilishga qaror qildi.
Madina davri. Madinalik «ansor»(yordamchi)lar makkalik «muhojir»larni samimiy kutib oldilar. Muhammad payg‘ambarning Madinaga ko‘chib o‘tishi Rabi'al-avvvalning sakkizinchi kuni, milodiy 622 yil 20 sentyabrda yuz berdi. Islomning Madina davvri uning tarixida juda katta ahamiyatga ega. Musulmonlar birinchi marta alohida diniy jamoa (Umma) bo‘lib yashay boshladilar. Bu esa o‘z navvbatida diniy qoidalarning takomillashuvini tezlashtirib yubordi. Asta-sekin namoz, azon va boshqa amallar tartibga solindi. Payg‘ambar bu shaharga uchinchi taraf vakili sifatida taklif etilgan edi. Avvval murosasiz Avvs va Xazraj Arab qabilalari hamda Banu Qurayza, Banu Qaynuqo‘, Banu nadir yahudiy qabilalari bilan o‘zaro sulh tuzildi. Hijratning ikkinchi yili Ramazon oyida (mil. 624 y.) musulmonlar ummasi qo‘shinlari va makkaliklar o‘rtasida Badr jangi bo‘ldi. Bu jang Madinadan 80 mil (taxminan 150 km.) uzoqda Suriya karvon yo‘lida joylashgan Badr qudug‘i yaqinida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kechgan jang musulmonlar g‘alabasi bilan tugadi. Bu jangdan so‘ng Umma mavvqei Madina ahli orasida beqiyos o‘sdi. Shu davvrdan boshlab Muhammad payg‘ambar etakchiligidagi Islom jamoasi kuchli bir davvlatning vazifalarini bajara boshladi. O‘zlarini musulmon deb e'lon qilib, aslida esa Payg‘ambar va musulmonlarga muxolif ish yuritganlar Munofiqun deb nomlandilar.
Ko‘pxudolikka e'tiqod qiluvchilar mushriklar deb ataldi. Musulmon jamoasi davvlat darajasiga ko‘tarilib, boshqa qabilalar va qabilalar ittifoqlari bilan o‘zaro qisqa va uzoq muddatli sulh shartnomalarini tuzildi. Shu yili zakot Islomning asosiy amallaridan biri sifatida farz qilindi. Yahudiy, xristian va sobi'iylar Ahl al-kitob mavvqeiga ega bo‘lishdi. Ular – Madina davvlati xazinasiga har bir voyaga etgan erkak boshidan to‘lov ( jizya) yig‘ib berib, o‘z ijtimoiy-diniy avvtonomiyalarini saqlab qolish huquqiga ega bo‘ldilar. Ammo Madina davvlatining asosiy muxolifi Makka jamoasi bo‘lib qolavverdi. Hijratning oltinchi yilida Makka qurayshiylari bilan tuzilgan Hudaybiya shartnomasi eng muhim g‘alabalardan biridir. Makka fathidan (630 y.) so‘ng Islom davvlati Arabiston yarim orolida to‘la g‘alabaga erishdi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, Makkaning olinishi musulmonlar uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki shundan so‘ng musulmonlar jamoasi Arabiston muhitida etakchi davvlat va siyosiy kuchga aylandi. Shu bilan bir qatorda Madinada diniy qoida va tartiblar bir tekis shakllana boshladi. Musulmonalar va yahudiy qabilalari o‘rtasida o‘zaro mojarolar bo‘lib o‘tdi. Qibla Quddusdan Makkadagi Ka'baga o‘zgartirildi, Ahl al-kitob ga (yahudiylar, xristianlar, sobi'iylar) Ahl az-zimma (musulmon davvlati himoyasi ostidagi diniy jamoa) mavvqei berildi. Payg‘ambar Umma hayotini ko‘p hollarda atrofdagi odamlar uchun odatiy bo‘lgan qoidalar asosida boshqardi. Muhim hollarda yangi diniy va ijtimoiy qoidalar vahy orqali kiritildi. 11 hijriy yil 12 Rabi'al-avvval 632 milodiy yil 8 iyun kuni Payg‘ambar vafot etdi. Bu bilan Islom tarixida ilk davvr – Qur'oniy davvr yoki teokratiya davvri tugadi. Bundan buyon musulmon-Arab davvlati tarixida podshohlar – xalifalar, Islom dini me'yorlarini shakllantirish va rivojlantirishda diniy ilmlar bilimdonlari – ulamolarning roli tobora oshib boravverdi. Payg‘ambar vafoti haqidagi xabar Madina ahli orasida yoyilgach, ansorlar Umma boshchisi – xalifalikka nomzod masalasini hal qilish maqsadida Banu So‘ida qabilasining Saqifa nomli guzariga oshiqdilar. Bir qancha muhojirlar va ansorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qizg‘in bahs va tortishuvlardan so‘ng xalifalikka ( xalifat Rasulilloh) Abu Bakr as-Siddiqni (632-634) saylab, barcha unga bay'at qildilar. Abu Bakr diniy va dunyoviy hokimiyatni o‘z shaxsida birlashtirdi. Payg‘ambar vafotidan so‘ng Islomni qabul qilgan ba'zi qabilalar Madina shahar-davvlati yangi yo‘lboshchisi Abu Bakr davvrida zakotni berishdan bosh tortdilar. Soxta payg‘ambarlar harakatlari vujudga keldi. Ilk Islom tarixidagi ushbu voqealar « Ridda»nomi bilan ataladi. Abu Bakr bunday xatti-harakatlarni qat'iylik bilan bostirdi. Bu davvrda Arab qo‘shinlari Islomni tarqatish g‘oyasi bilan Arabiston yarim orolidan tashqariga chiqa boshladilar. Bu esa o‘z navvbatida Islomning jahon diniga aylanishiga zamin yaratib berdi.
|
| |