• Azraqiylar .
  • O’zbеkistоn rеspublikаsi




    Download 1,63 Mb.
    bet35/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    Xavorij oqimlari. VII asr ikkinchi yarmida xavvorijlar orasida yigirmaga yaqin turli guruhlar paydo bo‘ldi. Ular ichida eng yiriklari – ibodiylar, azoriqalar hamda sufriylar bo‘lib, o‘z yo‘lboshchilari nomi bilan shunday atalganlar.
    Ibodiya. Ibodiya boshqa xavvorij guruhlari orasida eng mo‘'tadili hisoblanib, bizning davvrimizgacha saqlanib qolgan yagona xavvorij firqasidir. Bu mazhabning asoschisi Umavviy xalifa Abdulmalik ibn Marvon (685-705) davvrida vafot etgan Abdulloh ibn Ibod (yoki abod)Dir. Mazkur mazhabning ta'limoti mo‘'tadil bo‘lib, u qolgan musulmonlar bilan qiz olib-qiz berishdan, ular bilan meros ulashishdan qaytarmaydi. Shuningdek, ularning ta'limoti hujjat va isbot keltirib e'lon qilgandan so‘nggina boshqa musulmonlarga qarshi urush ochishga ijozat beradi. Buning aksi o‘laroq boshqa xavvorijlar esa o‘zlaridan boshqa oqimdagi musulmonlardan uylanishni, ular so‘ygan hayvon go‘shtini eyishni, ular bilan o‘zaro meros ulashishni man etib, e'lonsiz ularga qarshi urush ochishni joiz deb bilishadi. Gunohi kabira (katta gunoh) qilgan odamni kofir deb, tovon ( jizya) to‘lab yurgan boshqa din vakillarini ( Ahl az-zimm a) o‘ldirishni va mol-mulkini tortib olishni mumkin deb bilishadi. Al-Ibodiya fiqhiy mazhabi Ahl as-sunna mazhabi bilan ko‘plab amaliy diniy masalalarda ( furu') o‘zaro kelishadi. Bu mazhabning ta'limoti ko‘plab qo‘lyozma va bosma kitoblarda jamlangan. Eng muhim chop etilgan kitobi Muhammad ibn Yusuf ibn Utfoishning o‘n jildda chop etilgan «Sharh an-Nil» asaridir. Mazkur mazhab vakillari Marokash, umonda istiqomat qilishadi.
    Azraqiylar. Azraqiylar (Azoriqa) guruhining asoschisi Nofi'ibn al-Azraqdir (VAF. 685 y.). Xavvorij guruhlari orasida eng murosasiz va beshafqat sanalgan bu jamoa hozirgi kungacha etib kelmagan. Azoriqa ta'limotiga xos bo‘lgan jihatlar quyidagilar: xalifa Alini « kofir»deb hisoblaganlar ; -gunohi kabira qilgan musulmonlarni kofir deb e'lon qilganlar ; -azoriqalardan bo‘lmagan musulmonlar, ularning qariyalari, ayol va bolalari qonini to‘kishni ( istiroda) halol deb hisoblaganlar; hayz ko‘rgan ayollarga ham namoz o‘qish va ro‘za tutishni farz deb hisoblaganlar; mayda o‘g‘rilik uchun ham qo‘lni butunlay elkadan kesib tashlashni buyurganlar. Sufriya. Sufriya ham xavvorijlarning bir guruhi bo‘lib, ziyod ibn al-asfar degan kishi nomidan shunday deb ataldi. Sufriylar ta'limoti o‘zining nisbatan mo‘'tadilligi bilan ajralib turadi. Bu guruhning ajralib chiqishiga xavvorijlar orasida ko‘tarilgan imon masalasidagi tortishuvlar sabab bo‘lgan. Ular azoriqadan farqli o‘laroq qo‘zg‘olonlarda qatnashmagan o‘z dindoshlarini kofirga chiqarmaganlar. Raqiblarning qariya, ayol va bolalarini o‘ldirishdan qaytarganlar. Ongli ravvishda taqiyaga – o‘z imonini amalda emas, faqat og‘zaki ravvishda yashirishga yo‘l berganlar. Bu firqa VIII asrgacha o‘z faoliyatini davvom ettirganligi haqida ma'lumotlar bor. Shialik. Shialik islomdagi uch yirik oqimdan biri bo‘lib, hokimiyat masalasida Islom jamoasida paydo bo‘lgan ixtilof natijasida vujudga kelgan. Shia so‘zining to‘liq shakli « ash-shi'a»(«tarafdorlar, guruh, partiya»), aniqrog‘i « Shi'at Ali»(«Ali tarafdorlari partiyasi») bo‘lib, bu nom xalifa Ali (656-661) va uning avvlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. Shialikda imomat masalasi asosiy diniy ruknlardan hisoblanadi. Imomat jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi, deb e'tiqod qilinadi. Ularning ta'limotiga ko‘ra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, balki u meros sifatida o‘tadi. Mazkur ta'limotga binoan, Muhammad payg‘ambar Alini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avvlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo‘li bilan uzatiladi. Imomlik (xalifalik) payg‘ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg‘ambarlarini tanlab, ularni gunohlardan saqlagani va ularga ilmi ladun (Alloh huzuridan berilgan ilm) bergani kabi xalifalarni ham shunday tanlaydi deyiladi. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan. Alining xalifaligi Payg‘ambar vafotining birinchi kunidan boshlangan, deb hisoblaydilar. Ash-Shahrastoniy (VAF. 1153 y. ) iborasi bilan aytganda: «shialarning e'tiqodiga ko‘ra, Alining imomligi va xalifaligiga oshkora va maxfiy dalillar kelgan hamda undan keyingi imomlik uning avvlodlaridan tashqariga chiqmaydi, agarda chiqsa ham, bu ularga zulm qilish yo‘li bilan oshirilishi mumkin». Shialar aynan imomat masalasida o‘zaro bir necha firqalarga bo‘linib ketganlar.

    Download 1,63 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




    Download 1,63 Mb.