|
O’zbеkistоn rеspublikаsi
|
bet | 38/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)Fotimiya (Ubaydiya). Imom Ubaydulloh al-Mahdiy Abbosiylar va qarmatiylardan qochib, o‘z safdoshlari bilan Mag‘ribda joylashadi va 909 yilda Fotimiylar davvlatiga asos soladi. Shu tariqa ismoiliylar imomlari yashirin davvrdan oshkora davvrga o‘tadi. Fotimiylar davvlati o‘z ta'limotini yoyish maqsadida Sharqqa targ‘ibotchilar yubora boshladi. Fotimiy askarlari Javvhar as-Siqilliy boshchiligida Misrni qo‘lga olib, so‘ngra al-Qohira shahrini o‘zlariga poytaxt qildilar. Ilmiy markaz sifatida al-Azharni qurdilar. Keyinchalik al-Mustansir bi-l-loh (1036-1094) o‘zidan so‘ng imomlik o‘g‘li Nizorga o‘tishini ta'kidlaydi, lekin uning vaziri Afzal ibn Badr al-Jamoliy al-Mustansirning vafotidan foydalanib, uning kichik o‘g‘li al-Musta'liyni Imom deb e'lon qiladi. Ammo Ismoiliya firqasi da'vatchilarining ko‘p qismi al-Musta'liyga bay'at qilishdan bosh tortib, Nizor va uning o‘g‘illarini imomlikka haqli deb hisoblashgan. Demak, Ismoiliya shialari shundan so‘ng ikkita: Musta'liya (g‘arbiy ismoiliylar) va Nizoriya (Sharqiy ismoiliylar)ga ajraldi.
Qarmatiylar. Ismoiliylarning da'vatchilari Yamanda muvaffaqiyat qozongach, Bahraynda qarmatiylar harakati bilan tanilgan yangi firqa vujudga keldi. Bu firqaning asoschisi kufalik Hamdon Qarmatdir. Ismoiliya arboblaridan Husayn al-Ahvoziy vafot qilgach, Hamdon boshqaruvni o‘z qo‘liga oldi. U o‘z siyosatini targ‘ibot qilishda faol ish olib bordi, natijada uning tarafdorlari asta-sekin ko‘paydi. U Kufa tashqarisida joylashgan «dor al-Hijra» deb nomlangan markazni o‘zi uchun qarorgoh qilib, u erda da'vatchilar tayyorladi. Shuningdek, u kambag‘al va beva-bechoralarga yordam berish maqsadida safdoshlaridan mol va turli soliqlarni yig‘ar edi. Qarmatiylarning siyosiy-g‘oyavviy harakati Kufa atrofida boshlanib, IX asr oxirlariga kelib davvlatga tahdid soluvchi va kishilar qalbiga qo‘rquv tarqatuvchi harakatga aylandi. Keyinchalik ular Basra, Kufa va Shomning ba'zi nohiyalariga hujum qilishdi, so‘ngra Yaman va Bahrayn hududlariga yoyildilar. Natijada ular Bahraynda Abu Sa'id al-Jannobiy boshchiligida kuchli davvlatga asos soldilar. Qarmatiylar o‘sha davvrda Abbosiylar bilan bir qancha janglar o‘tkazib, zafar ham qozonishdi. Haj mavvsumlarida ham karvonlarga hujum qilib, bosqinchilik va talon-tarojlik bilan shug‘ullanganlar. Chunki qarmatiylarning botiniy ta'limotiga ko‘ra, ko‘p amallar, jumladan, haj, «qora toshga» sig‘inish noto‘g‘ri edi. Ular faoliyatining kuchaygan davvri 929 yil hisoblanadi. Shu yili ular Abu Tohir Sulaymon boshchiligida Makkaga kirib, hojilarni o‘ldirib, jasadlarini Zamzam qudug‘iga tashladilar hamda Ka'bani buzib, «al-Hajar al-Asvad» (qora tosh)ni o‘z poytaxtlari Bahraynga olib ketdilar. Ibn Kasir o‘zining «al-bidoya va-n-nihoya» asarida zikr qilishicha, «al-Hajar al-Asvad» qarmatiylar qo‘lida 22 yildan ortiq qolib, 951 yilda Makkaga qaytarilgan. Qarmatiylar faoliyati uzoq muddat davvom etib, 1077 yillarga kelib zaiflashgan. IX asrning ikkinchi yarmida Ismoiliyaning bu yo‘nalishi qarmatiya deb nomlana boshladi. Boshqa guruh esa Muhammad ibn Ismoilning avvlodlarini imomlar sifatida tan olishda davvom etdilar. Bu imomlar Suriya, Xuroson va boshqa erlarda juda faol da'vatchilik harakatini amalga oshirdilar. Shimoliy Afrikada «fotimiylar» hokimiyat tepasiga kelguniga qadar Ismoiliya harakati tarixda «as-satr» (yashirinlik, maxfiylik) davvrini boshdan kechirdi.
X asr boshlaridan boshlab bu guruh «Fotimiy-ismoiliylar» deb atala boshladi. Yashirin Imom ning nomi va qaytish joyi qattiq sir saqlanganligi uchun uzoq vaqt qarmatiylar va ismoiliylar orasida katta farq bo‘lmadi.
Ba'zi tadqiqotchilar fotimiylargacha bo‘lgan davvrni Ismoiliya harakatining qarmatiylik bosqichi deb hisoblaydilar. IX asr oxiriga kelib Ismoiliya o‘z da'vatchilarining harakatlari bilan Janubiy Iroq, Xuroson, Xuziston, Bahrayn, Yaman, Suriya, Misr, Mag‘ribda o‘zining ko‘p tarafdorlarini orttirdi. O‘zlarini Imom Ismoilning avvlodlari deb hisoblagan fotimiylar harakatiga asos solinishi Fotimiy-ismoiliylar bilan qarmatiylar orasida qat'iy bo‘linishga olib keldi. X asrning oxiriga kelib Mag‘rib, Misr, Suriya, Falastin, Hijoz fotimiylar hokimiyati ostiga o‘tdi. Ularning maxfiy tashkilotlari xalifalikning sharqida, xususan, Iroqi Ajam (Eron)Da keng tarqaldi. Ismoiliylar o‘z ta'limotlarini yoyishda puxta ishlangan maxfiy markazlashgan tashkilot tuzdilar. Muhim, tezkor axborotlarni almashishda xat tashuvchi kaptarlardan foydalanishgan. Targ‘ibot ishlarida ular ish olib borayotgan joy va vaqt e'tiborga olingan. Targ‘ibot boshlig‘i Imom hisoblangan. Ismoiliya da'vatchilarining vazifasi omma oldida olimlar va faqihlar bilan tortishib, o‘z ta'limotini tarqatish bo‘lgan. Yangi da'vatchilarni tanlashga Ismoiliya rahbarlari alohida e'tibor berganlar.
Ismoiliya mafkurasi shakllanishining ilk davvridayoq uning ikki qirrasi – «tashqi», ekzoterik ( az-zohir) va «ichki», ezoterik ( al-botin) namoyon bo‘ldi. Az-zohir jihati jamoaning oddiy a'zolariga ham tegishli bo‘lib, al-botin jihati esa faqatgina «xos» kishilarga tegishli bo‘lgan. Ular Ismoiliya tuzumining yuqori pog‘onalarini egallagan kishilar edi. Tashqi ta'limot o‘z ichiga barcha urf-odat va jamoaning oddiy a'zolariga majburiy bo‘lgan shariatning huquqiy qonunlarini olgan edi. Ismoiliya ta'limotining bu Jihati imomiylar ta'limotidan juda kam farq qiladi. Ismoiliyaning «ichki», ezoterik aqidasi ikki qismdan iborat: 1. Ta'vil al-Qur'on – Qur'on va shariatni allegorik tarzda sharhlash. 2. al-haqoiq – «maxfiy», «oliy» haqiqatlarni tafsir qilishga asoslangan falsafiy va ilohiy bilimlar tizimi. U «neoplatonizm» idealistik falsafasi (xususan, monoteistik-yakkaxudolik g‘oyalarining birlashuvi, Real dunyo voqeligining ko‘p qirraligi), Aristotel rasionalistik falsafasi, xristian gnostisizmi, mistikasi elementlari va boshqalarni o‘zlashtirdi. Ismoiliya diniy-falsafiy tizimining asosiy elementlari – kosmogonik va davvriylik nazariyalari. Ismoiliya aqidasi o‘z ichiga diniy majburiyatlar ( Faroid ad-din) bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy ilohiyot ( al-iboda), din arkonlari ( arkon ad-din) va nazariy ilohiyot – «sirli ilm» ( ilm al-botin), Qur'onni allegorik sharhlash ( at-ta'vil)ni oladi. Bunda Ismoiliya ilohiyotchilari «tashqi» va «ichki» jihatlarning bir-biri bilan mustahkam bog‘liq ekanligini ta'kidlaydilar. Ismoiliylar diniy-siyosiy aqidasining asosi imomat – Ali ibn Abi Tolib avvlodlaridan begunoh imomning mavvjudligi. Ismoiliylarda din asoslari ettita bo‘lib, ulardan asosiysi imomga itoat etishdir. Qolgan oltitasi tahorat, namoz, zakot, rO‘zA, haj va jihoddir. Ismoiliyaning huquqiy tizimi al-qozi an-Nu'monning (VAF. 979 y.) «Da'o‘im al-Islom» (Islom ustunlari) kitobida mufassal bayon etilgan bo‘lib, imomifa (ja'fariya mazhabi) fiqxi bilan deyarli mos tushadi.
Ular orasida meros, nikoh va boshqa ba'zi xususiy masalalardagina farqlar mavvjud. Ismoiliylar vaqtinchalik nikoh – mut'ani ( sig‘a) tan olmaydilar. Bu firqa vakillari Hindiston, Pokiston, Badaxshon, Arabiston yarim orolining janubi va boshqa joylarda mavvjud.
Og‘axoniylar. XIII asrga kelib ismoiliylarning nizoriy oqimi deyarli yo‘q bo‘lib ketdi. Biroq XIX asrga kelib, asli shialardan bo‘lgan Hasan Ali Shoh (1804-1881) Eronda o‘z atrofiga bir qancha qo‘shinlarni yig‘ib, davvlatga qarshi isyon ko‘tardi. Ko‘pchilik Hasanni qo‘llab-quvvatladi. Natijada Eronda davvlat to‘ntarishi boshlandi. Inglizlar forsiylar yurtlariga bo‘lgan qiziqishlari tufayli ushbu to‘ntarishga homiylik qildilar. Lekin bu to‘ntarish 1840 yilga kelib samarasiz yakunlandi. Hasan Ali Shoh va uning qo‘shinlari asir olindi. Keyinchalik inglizlar asirga olinganlarni katta pul evaziga hamda Erondan olib chiqib ketish sharti bilan ozod qildilar. Inglizlar ularni Afg‘onistonda qaror topishlari uchun qo‘llab quvvatladilar. Afg‘onlar bunga yo‘l qo‘ymay, ularni Hindistonga chiqarib yubordilar. Natijada ular Bombey shahrida qarorgoh barpo qilib, o‘z faoliyatlarini davvom ettirdilar. Inglizlar Hasan Ali shohdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalandilar. Hasanga ismoiliylar tarafdorlarining mutlaq hokimligi berilib, Ismoiliy-nizoriylarning imomi deb e'lon qilindi va unga Og‘axon laqabi berildi. Hasan Ali atrofiga Hindiston ismoiliylari qo‘shildi, natijada Og‘axoniylar oilasi barpo qilindi. Hasan Ali vafot etgach, o‘g‘li Ali Shoh (VAF. 1885 y.) Ikkinchi Og‘axon nomi bilan tanilib, otasining ishlarini davvom ettirdi.
Ikkinchi Og‘axon vafotidan so‘ng yakka hokimlik uning o‘g‘li Muhammad Shoh al-Husayniy uchinchi Og‘axonga (VAF. 1957 y. ) o‘tdi. Uchinchi Og‘axon o‘z vafotidan oldin ismoiliylar an'anasiga xilof ravvishda hokimlikni katta o‘g‘liga emas, balki nevarasi Karimxon al-Husaynga vasiyat qildi. Karimxon Amerika universitetlarining birida tahsil olgan va u hozirgi kunda ismoiliylarning 48-imomi, to‘rtinchi Og‘axon deb hisoblanadi. Og‘axoniylar Og‘axonlarni Fotima naslidan, ular barcha gunohlardan pok va muqaddasdirlar, deb ularga e'tiqod qiladilar. Og‘axoniy imomlar Evropa mamlakatlarida badavvlat hayot kechirayotgan bo‘lsalar-da, ularning tarafdorlari imomlarini ulug‘lashda davvom etib, topgan boyliklarining beshdan birini berib turadilar. Shu sababli uchinchi Og‘axon dunyoning eng boy kishilaridan biriga aylangan edi. Hozirgi kunda Og‘axoniylar Karachida o‘z markazlarini bunyod etganlar, uning tarafdorlari Afrikaning Sharqiy qismi Nayrobi, dor as-Salom, Madagaskar, Zanzibar, Kongo, Hindiston va Pokistonda o‘z ta'limotlarini yoyishda davvom etmoqdalar. Shuningdek, Suriya va Livanda ham ularning tarafdorlari mavvjud. Hozirgi kunda bu aqida tarafdorlarining soni taxminan 20 mln. ga yaqindir.
Nusayriya (Alavviya). Nusayriylar shialarning 12 imomlik firqasidan bo‘ladilar. Ular nomini Ibn Nusayrga nisbatlaydilar. Nusayriylarning o‘zlari ushbu nomni yoqtirmaydilar va o‘zlarini «alavviylar» deb nomlaydilar. Lekin turklar ularni bu nom bilan atalishini inkor etib, Suriyadagi o‘zlari yashaydigan tog‘lar nomi bilan nomlashadi. Keyinchalik, frantsuzlar XX asr boshlarida ularga eski nomlarini qaytarib berishdi, shunga ko‘ra Nusayr tog‘lari mustaqil alavviylar erlaridan hisoblanadi. Ular: Alini iloh darajasiga ko‘tarishadi; - nasroniylarning (uchlik) aqidasiga o‘xshash ta'limotga egalar. Ularning uchliklari – Ali, Muhammad va Salmon al-forsiylardan tarkib topgan. Bu ramz – ma'no, ism va eshik demakdir. Bunga ko‘ra Alini ma'no yoki mutlaq g‘ayb (ya'ni Xudo), Muhammadni ism yoki zohir ismning shakli, Salmonni esa ma'noga etaklovchi «eshik» ( bob) yoki yo‘l deb biladilar; - Salmonni Jabroil farishta darajasiga ko‘tarib, Muhammad payg‘ambarga Qur'onning barchasini Salmon etkazgan deb hisoblaydilar; - shar'iy hukmlari botiniy uslubda ta'vil qilish asosida istinbot etilgan. Hozirgi kunda bu firqa vakillari Suriya Arab Respublikasi aholisining taxminan 10 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari, ular Livan va Turkiyaning janubida joylashgan shaharlarda yashaydilar.
Druzlar. Druzlar ham nusayriylar botiniy firqalardan hisoblanadilar. Ular o‘zlarini muvahhidlar deb nomlaydilar. Druzlarning paydo bo‘lishi X – XI asrlarda fotimiylar sulolasidan bo‘lgan xalifa al-Mansur ibn Abd al-Aziz al-hokim (996-1021) nomi bilan bog‘liq. Ular 1017 yili xalifa al-hokimni ilohiyot deb e'lon qilganlar. Manbalarda bu ta'limot asoschisi haqida turli fikrlar mavvjud: 1) ba'zilar «Labbod» laqabi bilan tanilgan Hamza ibn Ali az-Zavvzaniy; 2) boshqalar «Ajda'« nomi bilan tanilgan Hasan ibn Hidra al-Farg‘oniy; 3) uchinchi guruh «Nashtakin» laqabi bilan mashhur bo‘lgan Muhammad ibn-Ismoil ad-duruziy (VAF. 1019 y. )ni ta'limot asoschisi deb hisoblaydi. Oxirgi fikr haqiqatga yaqinroq deb hisoblanadi. Druzlar ta'limoti bo‘yicha manbalar mavvjud bo‘lib, ulardan Hamza ibn Alining «Druz Mushafi» nomli asari ahamiyatli sanaladi. Ushbu asar 44 ta bo‘limdan tashkil topgan. Asarda Qur'oni Karim oyatlari o‘ziga xos tarzda talqin qilinadi. Masalan, unda xalifa al-Hokim itoatidan bosh tortganlar oxiratda azobda, itoat qilganlar rohatda, deb ta'kidlanadi. Ushbu asarga qadimgi yunon, xususan Aflotun falsafasi, yahudiylik va buddizm ta'limotlaridan ham g‘oyalar kiritilgan. Druzlar Islomning zohiriy qoidalarini – jannat, do‘zax, farishtalarni, Islomning asosiy ruknlari ro‘za, haj amallarini inkor etadilar. Diniy bayramlardan faqat qurbon hayitini va shialarda motam marosimi hisoblangan Ashuroni (ta'ziya) nishonlaydilar. Druzlar jamiyati ikki tabaqa: ruhoniylar va jasadlarga bo‘linadi. Ruhoniylar ularda o‘z dinlarini chuqur biladigan, e'tiqodlarida mustahkam, barcha man qilingan narsalardan parhezkor insonlar hisoblanadi. Jasadlar – savvlatlari boru, lekin o‘z dinlari haqida ko‘p narsadan bexabar johil insonlardir. Druzlar ta'limotida masjidga borish, namoz o‘qish shart emas. Ularning ibodatxonalarida payshanba kunlari faqat ruhoniylargina to‘planadilar.
O‘rta asrlardan boshlab druzlar o‘zlarining merosiy mulklariga va hukmdor amirlar sulolasiga ega bo‘lgan. Livanda druz amirlari hokimiyati, ayniqsa, faxr ad-din II Maon (1590-1633) va Bashir II Shihob (1789-1840) davvrlarida juda yuksalgan. Ular Suriya xalqining 1925-27 yillarda frantsuzlar hukmronligiga va 1958 yilda Isroilga qarshi qo‘zg‘olonlarida faol ishtirok etishgan.
Hozirgi kunda druzlar asosan Livan, Isroil, qisman Suriya, Iordaniya bilan Iroq o‘rtasida joylashgan sahrolarda yashaydilar.
|
| |