O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI TABIATSHUNOSLIK FAKULTETI
“Geografiya o`qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi
4-kurs “B”guruh talabasi Iskanova Gulnisoning
Jahon mamlakatlari
iqtisodiy-ijtmoiy geografiyasi fanidan
Mavzu: Yaponiyaga iqtisodiy geografik tavsif
Bajardi: Iskanova Gulniso
Tekshirdi:o`qit. S.Q.Negmatov
Navoiy 2015
Mundarija
KIRISH:
I.Bob. Yaponiyaning iqtisodiy-geografik o’rni va
tabiiy-demografik salohiyati.
1.1. Yaponiyaning hududiy chegaralari va tabiiy
geografik o’rni.
1.2. Tabiiy sharoiti va resurslari.
1.3. Aholisi va mehnat resurslari
II.Bob. Yaponiya xo`jaligiga umumiy tavsif.
2.1. Yaponiya xo`jaligi: sanoati, qishloq xo`jaligi.
2.2. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi fanining asosiy maqsadi
talabalarda. O’zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dastur»i va «Ta’lim
to’g’risidagi qonun»i qabul qilinishi munosabati bilan o’quv qo’llanmalari va
darsliklarga bo’lgan talablar keskin o’zgardi. Barcha fanlarga bo’lganidik maktab
geografiyasi fanida ham tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Geografiya
predmetlarining dasturi va tuzilishi O’zbekiston maktab ta’limi tizimida sodir
bo’lgan o’zgarishlarni hisobga olgan holda qaytadan ko’rib chiqildi.
Shu munosabat bilan geografiya o’qitish metodikasida ham muhim
o’zgarishlar sodir bo’ldi. Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi
yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash munosabati bilan o’qitish
metodikasida ham qator o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Shu munosabat bilan mazkur fandan har bir talabaga “Kurs ishlari”
mavzulari berilgan va u orqali fan uchun mo`ljallangan semestr davomida eng
qiziqarli ma’lumotlar yoritilishi ko`zda tutilgan.
“Yaponiyaga iqtisodiy geografik tavsif” nomli kurs ishi mavzusi orqali
Yaponiyaning bugungi kunda jahonning yirik bozorlari va jahonning eng yirik
iqtisodiy bloklariga nisbatan tutgan o`rniga baho berish kurs ishining asosiy
maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Bu maqsadga erishish uchun esa bugungi kunda Yaponiyaning iqtisodiy
geografik o`rni, tabiiy geografik o`rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, aholisi
va mehnat resurslari, Yaponiyaning umumiy xo`jaligi: sanoati va qishloq
xo`jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari kabi rejalar tanlab olindi. Shu
rejalar asosida Yaponiyaga iqtisodiy geografik tavsif berish nazarda tutilmoqda.
|