Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti




Download 404,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana29.11.2023
Hajmi404,9 Kb.
#107467
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yaponiyaga iqtisodiy geografik tavsif (3)

 
 
 
 
 
 
 
 


2.2. TRANSPORTI VA TASHQI IQTISODIY ALOQALARI. 
 
Yaponiyada transportning daryo va quvur transportidan tashqari barcha turi 
rivoj topgan. Bu mamlakat transport shaxobchalarining xarakteriga ko`ra G`arbiy 
Yevropa mamlakatlarini yodga solsa, yuk tashish va ayniqsa yo`lovchilar tashish 
hajmiga ko`ra mamlakatlarning hammasidan o`zib ketdi. Yo`lovchi tashuvchi 
temir y`ol tugunlarining zichligiga ko`ra esa Yaponiya dunyoda birinchi o`rinda 
turadi. Yaponiya shuningdek, Garb mamlakatlari orasida eng katta va eng 
zamonaviy dengiz flotiga ega. U arzon yuklarni tashishni ham keng yo`lga 
qo`ygan. 
Yaponiyaning asosiy transport o`qini “Sinkansen” tezyurar poyezdlar 
yuradigan temir yo`l magistrali tashkil qiladi. Bu magitral butun bjsjli Tinch okean 
mintaqasi bo`ylab o`tgan. 
Yaponiyada daryo va quvur transportidan tashqari barcha transport turlari 
yuqori darajada rivojlangan. Ichki yuk tashishda avtomobil, temir yo’l va kabataj 
kemalari asosiy o’rin tutadi.
Avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 1,2 mln km bo’lib (umumjahon 
avtoyo’llarning 4,8 %i) uning 43% i qattiq qoplamli, 5 ming km esa tez qatnov 
yo’llaridir. Avtomobillar soniga ko’ra Yaponiya dunyoda AQSH dan keyin 2-
o’rinda turadi (1000 kishiga 500 ta). Mamlakatda tashiladigan jami yukning 7,4 
%i, yo’lovchilarning 57 % i avtotransport hissasiga to’g’ri keladi.
Temir yo’llarning umumiy uzunligi 30 ming km bo’lib, ularning yarmi 
elektrlashtirilgan. Eng muhim temir yo’li “Sinkansen” magistrali bo’lib, u Kyusyu 
orolidan Xonsyu orolini shimolidagi Aomori shahrigacha 1100 km ga cho’zilgan. 
Bu yo’lda qatnovchi “Poezd-o’q” (“Xikari”) soatiga 240 km tezlikda harakatlanib, 
yiliga 120 mln yo’lovchi tashiydi. Bunda u 66 ta tunnel va 3000 ta ko’prikdan 
o’tadi. Xonsyu va Xokkaydo orollari orasidagi Sugari bo’g’oziga dunyodagi eng 
uzun (54 km li) tunnel qurilgan (1970-1988 yillar). Mazkur “Seykan” tunnelini 23 


km suv ostidan o’tgan. Bu yo’l “Tokio- Sapporo” oralig’idagi poezd qatnovini 
ancha tezlashtirdi va aholiga juda katta qulaylik yaratdi.
Yaponiyada tashiladigan jami yukning 91,7 % i dengiz transportida, 7,4 % i 
avtomobil transportida, 0,7 % i temir yo’l transportida, 0,2% i havo transportida 
tashiladi. 
Yaponiyada tashiladigan jami yo’lovchining 56,9 % i avtomobil transportida, 
33,9 % i temir yo’l transportida, 8,7% i havo transportida, 0,5 % i boshqa 
transport turlarida tashiladi. 
Yaponiya yo’lovchi tashuvchi temir yo’llarning zichligiga ko’ra dunyoda 1- 
o’rinda turadi. Temir yo’llarning eng serqatnov qismi Tokio- Osaka oralig’idir. 
Yaponiyaning tashqi va ichki aloqalarida dengiz transporti muhim ahamiyatga 
ega. Mamlakatda tashiladigan barcha yukning 91,7 % ini dengiz transporti 
hissasiga to’g’ri keladi. Yaponiya rivojlangan davlatlar orasida eng katta va eng 
zamonaviy savdo flotiga ega. U dunyoda yuk tashish tonnaji bo’yicha 6-o’rinda 
turadi (yiliga 22 mln reg. t.). mamlakatda 100 dan ortiq portlar bo’lib, ular ichida 
eng yiriklari Tokio, Tiba, Iokagama, Nagoya, Kobe, Kavasaki, Osaka, Xerosima
Kitakyusyu kabilardir. Hozirda Dunyoda 2700 ta port shaharlar mavjud.
Havo transporti mamlakatning asosiy xalqaro va ichki aloqalarida muhim 
ahamiyatga ega. Yaponiyada tashiladigan jami yukning 0,7 % i, yo’lovchining 8,7 
% i havo transporti hissasiga to’g’ri keladi.
Yaponiya xo’jaligining juda muhim xususiyati uning xalqaro iqtisodiy aloqalari 
nihoyatda kuchli ekanligidir. Birinchidan, mamlakat yoqilg’i va xom-ashyoni 90 % 
ini chetdan keltiradi, ikkinchidan mamlakat iqtisodiyotida tayyor mahsulotni 
eksport qilish ustun. Yaponiya Osiyo-Tinch okeani regionidagi barcha 
mamlakatlarning savdo bo’yicha bosh shergidir. Hatto AQSH passiv savdo 
balansiga ega, Yaponiya esa aktiv savdo balansiga ega. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar Yaponiya iqtisodida hayotiy ahamiyatga ega. Buning 
asosiy sababi mamlakat iqtisodini ko’p sohalarni chet el xom-ashyosiga tayanishi 
va tayyor sanoat mahsulotlarini eksport qilinishidir. 


Yaponiya jahonning juda ko’p mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni 
rivojlantirib bormoqda. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi (oborot) ning katta qismi 
(1/3 qismi) AQSH hissasiga to’g’ri keladi. Yaponiya eksportini 1/3 va importini ¼ 
qismi AQSH ga to’g’ri keladi. AQSH dan tashqari asosiy savdo sheriklari: Xitoy, 
Avstraliya, Germaniya,Indoneziya va “Osiyo yo’lbarslari” davlatlari.
XX asrning 50-60-yillaridan boshlab, Yaponiya eksportida kapitalning salmog’i 
to’xtovsiz oshib bormoqda. Kapitalni asosiy qismi Janubi-Sharqiy Osiy davlatlari 
(avvalo “Yapon modeli” asosida rivojlanayotgan “Osiyo yo’lbarsi” davlatlari) 
G’arbiy Evropa davlatlari va AQSH ga to’g’ri keladi. Keyingi vaqtlarda 
Yaponiyada rivojlanayotgan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari o’sib bormoqda. 
Yaponiya milliy valyutasi-sena, erkin almashinadigan valyuta (SKV) bo’lib, u 
xalqaro valyutalar qatoriga kiradi. Uning qiymati xozirda (2006 yil 1- aprel 
ma’lumoti) quyidagicha: 1$ = 118,9 ien, 1¥ = 1s 26 tiyin.
O’zbekiston jahonning 140 dan ortiq davlati bilan iqtisodiy aloqalar olib 
bormoqda. qo’shma korxonalar soni 2003 yil 3539 taga etdi. O’zbekiston – 
Yaponiya hamkorligi bo’yicha 14 ta xujjat imzolangan. Ular asosan “ta’lim 
sohasida”, “turizm”, “mintaqaviy xavfsizlik”, “iqtisodiy hamkorlik” kabi 
yo’nalishlarda. O’zbekiston iqtisodiyotiga Yaponiya tobora ko’proq investisiya 
kiritmoqda. Masalan: Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi va Sho’rton gaz-
kimyo majmuasi qurilishida Yaponiya faol ishtirok etdi. O’zbekistonga –
Yaponiyadan texnologiya vositalari, tayyor iste’mol mahsulotlari, aloqa 
kommunikasiya vositalari import qilinsa, O’zbekistondan Yaponiyaga paxta, ipak, 
tog’-kon, metallurgiya maxsulotlari eksport qilinmoqda. 2001 yil ma’lumoti 
bo’yicha, O’zbekistonga Yaponiyadan import qilingan mahsulotlar hajmi 100 mln 
AQSH dollaridan oshiqni tashkil etdi. O’zbekiston esa Yaponiyaga 10-20 mln 
AQSH dollari hajmida mahsulot eksport qilgan.
Dunyo bo’yicha import qilinayotgan yoqilg’i va xom-ashyoni 10 %idan ortig’i 
Yaponiya hissasiga to’g’ri keladi. Yoqilg’i va xom-ashyo importi bo’yicha bu 
mamlakat dunyoda AQSH va Germaniyadan keyin 3- o’rinda turadi. Yaponiyaning 


asosiy importi: yoqilg’ilar, rudalar va boshqa xom-ashyolar, oziq-ovqat, sanoat 
mahsulotlari, to’qimachilik, ximiya, mashina va asbob-uskunalar, o’rmon, qishloq 
xo’jalik mahsulotlari. 
Asosiy eksporti: mashina va uskunalar, avtomobillar, qorametallurgiya 
mahsulotlari, kemalar, apteka, kapital, ximiya, to’qimachilik va ishlov beruvchi 
sanoatning boshqa mahsulotlari, ilmiy – tadqiqot ishlari uchun jihozlar, elektronika 
va elektrotexnika buyumlari. 
Yaponiya dunyoning rivojlangan mamlakatlari AQSH va YEIX mamlakatlari 
rivojlanayotgan mamlakatlaridan, Avstraliya, Fors qo'ltig'i mamlakatlari bilan 
shuningdek Rossiya Federasiyasi bilan faol tashqi iqtisodiy aloqalarini olib boradi.


XULOSA
Xulosa o`rnida, shuni aytish mumkinki, biz Yaponiya xo’jaligi bilan tanishar 
ekanmiz, quyidagi xulosalar bilan o’z fikrimizni yakunlaymiz: maydoni 
O’zbekiston respublikasi maydonidan 71 000 km

ga kichik, aholisi soniga ko’ra 
O’zbekistondan 5 barobar katta bo’lgan, yoqilg’i va xom-ashyoga juda kambag’al. 
Yaponiyani jahonning eng qudratli va nufuzli davlatga aylanishiga quyidagi 
yagona omil ya’ni, o’ta malakali va ma’naviyatli xalqi sabab bo’ldi. Ayrim 
ko’rsatkichlar bo’yicha Yaponiya hatto AQSH dan ustun turadi. Bunga asosiy 
sabablar: ta’limning yuqori darajadaligi, malakali ishchi kuchi, mehnatsevar xalqi, 
o’z ishiga o’ta mas’uliyat bilan qarashi, tartib - intizomliligi, dunyoda bolalar 
o’limining eng kamligi, aholisini umr ko’rishini eng yuqoriligi, bolalar tarbiyasiga 
yoshligidan katta e’tibor berilishi, fanga jaratiladigan mablag’larni juda ko’pligi 
(dunyo bo’yicha birinchi o’rinda), ilmiy xodimlar sonining ko’pligi (Buyuk 
Britaniya, Fransiya va Germaniyani birga hisoblaganda ham Yaponiyada ulardan 
ko’p), universititetlarning ko’pligi (butun G’arbiy Evropadagi universititetlardan 
ko’p) kabilardir. 
Shu boisdan ham, Prezidentimiz I.A. Karimov kadrlar masalasini 3-ustuvor 
yo’nalish tarqasida eng dolzarb masalalar qatoriga kiritdi. “Ta’lim to’g’risida” va 
kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, 
hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ta’lim – tarbiya va kadrlar 
tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish 
to’g’risida” gi farmonini bajarish borasidagi asosiy ishlar davr talablariga to’liq 
javob beradigan yuqori malakali mutahassislarni tayyorlashdir.



Download 404,9 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 404,9 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti

Download 404,9 Kb.
Pdf ko'rish