• 2013- yil “ ”_______________ K i r i sh Ta’limni – tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
  • Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi.
  • Bitiruv malakaviy ishning maqsadi.
  • Tadqiqotning predmeti.
  • Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot usullari.
  • Bitiruv malakaviy ishning metodologik asoslari.
  • Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi.
  • Bitiruv malakaviy ishning ilmiy-amaliy ahamiyati.
  • Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi.
  • 1.1. Innavatsion ta’lim texnologiyalari haqida
  • Geografiya




    Download 0,58 Mb.
    bet1/79
    Sana10.04.2017
    Hajmi0,58 Mb.
    #3803
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

    TA’LIM VAZIRLIGI
    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

    TABIATSHUNOSLIK – GEOGRAFIYA FAKULTETI

    GEOGRAFIYA” KAFEDRASI



    BITIRUV MALAKAVIY ISHI

    Mavzu: Yevropa mamlakatlarini ta’lim texnologiyalari

    asosida o’rganish

    Kafedra mudiri: dots.

    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Janqobilov I.X.


    Ilmiy rahbar: g.f.n. k. o’q. Usmanova R.

    Bajaruvchi: IV kurs Janiqulova Z.




    Qarshi -2013

    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


    BITIRUV MALAKAVIY ISHGA TOPSHIRIQ

    “Tasdiqlayman” Kafedra mudiri:_______________

    2012- yil “ ”_______________

    Talaba Janiqulova Zulayho

    Ta’lim yo`nalishi: -Geografiya

    Bitiruv malakaviy ishining mavzusi: Yevropa mamlakatlarini ta’lim texnologiyalari asosida o’rganish

    Bitiruv malakaviy ish oldi amaliyoti o`tilgan joy: Qashqadaryo viloyati malaka oshirish instituuti, Qarshi shahar 34 – maktab, 19- maktab va geografiya kafedrasi

    Bitiruv malakaviy ish rahbari: g.f.n.

    Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
    Usmanova R.


    I SH R E J A S I


    Bitiruv malakaviy ish bo`limi

    Bajarish muddati

    BMIni bajarishning sh rejasini tuzish, mavzuga doir adabiyotlar kartotekasini artibga solish

    2011-yil

    noyabr-dekabr



    I. BOB. Geografiyada ta’lim texnologiyalaridan foydalanish




    I.1. Innavatsion ta’lim texnologiyalari haqida tushuncha

    2013-yil yanvar

    I.2. Geografiyada ta’lim texnologiyalaridan foydalanish

    2013- yil fevral

    I.3. Geografiya ta’limini amalga oshirishda interaktiv usullarda foydalanish

    2013- yil fevral

    II. BOB. Yevropa mamlakatlarini ta’lim texnologiyalari asosida o’rganish




    1.1. 9- sinf geografiya ta’limi dasturi

    2013- yil mart

    1.2. Yevropa mamlakatlariga umumiy geografik tavsif

    2013- yil aprel

    1.3.Yevropa mamlakatlari “Trаnsport geografiyasi” mavzusini ta’lim texnologiyalari asosida o’qitish

    2013- yil aprel

    1.4. “Germaniya” mavzusini ta’lim texnologiyalari asosida o’rganishga doir

    2013- yil mart

    “Kirish” va “Xulosa” qismlarni tayyorlash, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini tuzish, ilovalarni tayyorlash, BMI ni rasmiylashtirish va himoyaga tayyorlash………………………

    2013- yil may

    Bitiruv malakaviy ishni bajarish uchun zarur bo`lgan materiallar:


    a) adabiyot manbaalari: Prezident asarlari, tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishga doir monografiyalar, maqolalar, internet materiallari, geografiya jamiyati axborotnomalari va mavzuga doir maqolalar, ilmiy to’plamlar, ma’lumotnomalar.
    Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.
    Maqola -publitsistik janr. M.da ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, il-gor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi.
    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)

    b) qonuniy me’yoriy hujjatlar: mavzuga oid Prezident farmonlari, Hukumat qarorlari, qonunlar.

    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.

    c) statistik va boshqa ma’lumotlar: Qashqadaryo viloyati malaka oshirish instituuti, Qarshi shahar 34 – maktab, 19- maktab va geografiya kafedrasi

    to`plangan ma’lumotlar.
    Tasvirlash materiallari: grafik, jadval, tarixiy kartalar va b.
    Topshiriq berilgan kun: 2012- yil 10- dekabr
    Ishni topshirish muddati: 2013-yil 25- may
    Ilmiy rahbar: g.f.n. Usmanova R.

    Kafedra mudirining bitiruv ishini himoyaga qo`yish haqidagi xulosasi :


    ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
    Kafedra mudiri:_____________________________________

    2013- yil “ ”_______________
    K i r i sh
    Ta’limni – tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.1

    I.A. KARIMOV
    Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Bugungi kunda yosh avlodni zamon ruhi va talabi hamda ishlab chiqarish ehtiyojlariga to‘liq javob beradigan darajada o‘qitish va tarbiyalash “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”ning asosiy talabi hisoblanadi.
    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    Belgilangan ushbu vazifalar ta’lim va tarbiya tizimidagi barcha bo‘g‘inlarning o‘zaro hamkorligi asosida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lidan rivojlanib, xalqaro maydonda o‘zining munosib o‘rnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lini ta’minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Jamiyat va inson manfaatiga qaratilgan bu islohotlarning samarasi bevosita ta’lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning salohiyatiga bog‘liqdir. Bu .mavzuning dolzarbligini bildiradi.

    Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga qodir milliy asosga qurilgan va jahondagi ilg‘or davlatlar ta’limi taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Ta’lim-tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib, hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yangi texnologiyalarga aylanib bormoqda. 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” milliy ta’lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi hujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi. 2012 yil 16 – 17 fevral kunlari “ Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning o’tkazilishi davlatimiz tomonidan yosh avlodni tarbiyalashga berilayotgan e’tiborning katta ekanligidan dalolatdir.

    Fevral (lot. Februarius - halollanish oyi) - Grigoriy kalendarika, yilning ikkinchi oyi (28 kunga, kabisa yilida esa 29 kunga teng). Nomi kad. rimliklarning har yili 15 fevralda oʻtkazilgan halollanish marosimi bilan bogʻliq.

    Zamonaviy geografiyani о‘qitishda innovatsion texnolgiyalardan samarali foydalana olish eng birinchi navbatda о‘qituvchining faoliyatiga, nazariy bilim darajasiga, tashkillashtirish qobiliyatiga va pedagogik mahoratiga bog‘liq.

    Prezident I.A. Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilga mо‘ljallangan eng muhim ustivor yо‘nalishlarga bag‘ishlangan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidagi ma’ruzasida quyidagicha bayon qilganlar. “Hisobot yilida ta’lim sohasini rivojlantirish va isloh etish masalasi doimiy ravishda e’tiborimiz markazida bo’ldi. …oily ta’limgacha bo’lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega bo’lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlari izchil davom ettirildi”2 deb ta’kidladi.



    Shu xususda geografiya keng qamrovli fan bo’lib, o’quvchilarga bilim berganda tabiat va jamiyat orasidagi aloqadorlik ularning ongiga singdirib boriladi. Ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish-o’quvchilarni o’zini-o’zi boshqarishga, mavzu to’g’risidagi axborotlarni kengroq uzatish va qabul qilishga, dars mobaynida monitoring olib borishga, o’quvchilarni vatanparvarlik g’oyalari bilan tarbiyalash va yana bir qancha insoniy fazilatlar bilan ta’lim –tarbiya berishga xizmat qiladi. Ayniqsa, geografiya mashg’ulotlari sinfdan tashqari ishlarda o’lka haqidagi bilimlarni mustahkamlash bilan shugullanish katta ahamiyatga ega.

    Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi. Mavzuni o‘rganishda an’naviy va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati haqida tadqiqot ishi olib borgan olimlarning ( Eshmuhammedov R., Abduqodirov A., Majidova N., Majidova A., Qorayev S., Musayev P.,Qurbonniyozov R.) ilmiy ish natijalarida va Qashqadaryo viloyatini geografiyasini o‘rgangan Qarshi Davlat universiteti Geografiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari Hayitov A., Mamatov A., Abdullayev S.va boshqalarning ilmiy ishlaridan hamda geografiya o‘qitish bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tadqiqotchilaridan Jumayeva R., Murodova N. tomonidan o‘qitishning optimal usullari tahlil qilingan.

    Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Geografiya darslarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va pedagogik texnologiyalarni qo’llash, mashg’ulot samaradorligi uchun ko‘rgazmali materiallardan foydalanish, savol-javoblar o‘tkazish, mavzu uchun metodik ochqich vazifasini bajaruvchi elementlarni topa olish bilan xarakterlanadi. Buning uchun Yevropa mamlakatlarini o’ganishda qiyoslash asosida mahalliy materiallardan foydalangan holda mashg’ulot otkazish maqsadga muvofiq bo’ladi.

    Tadqiqot obyekti. Jahon mamlakatlarini o’rganishda mahalliy materiallardan ham foydalanib, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoni.

    Tadqiqotning predmeti. Geografiya darslarida jahon mamlakatlarini O’zbekistonning materiallaridan foydalanib taqqoslashda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmuni, shakllari, usul va metodlari.

    Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:

    • Geografiyada ta’lim texnologiyalaridan foydalanish;

    • Innavatsion ta’lim texnologiyalari haqida;

    • Geografiya ta’limini amalga oshirishda interaktiv usullardan foydalanish;

    • 9- sinf geografiya ta’limi dasturi;
      Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.
      Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.


    • Yevropa mamlakatlariga umumiy geografik tavsif;

    • “Germaniya” mavzusini ta’lim texnologiyalari asosida o’rganishga doir;

    Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot usullari. Olib borilayotgan ilmiy ishda Geografiya darslarida innovatsion talimning o’rni, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, geografiya ta’limini amalga oshirishda interaktiv usullardan foydalanish asosida tizimli tahlil qilingan.

    Bitiruv malakaviy ishning metodologik asoslari. Olib borilayotgan ilmiy ishda geografiya va pedagogik ta’lim texnologiyalarining fundamental adabiyotlari va hukumatimiz tomonidan joriy etilgan farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar Tayyorlash Milliy dasturi, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlari, Prezident I.A. Karimovning ta’lim haqidagi ma’ruzalari va asarlari BMI ning metodologik asosini tashkil qiladi.

    Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi. Geografiya ta’limida o‘qituvchi o‘quvchilarni faollashtiradigan o‘zi va o‘rganishi uchun qulay bo‘lgan usul va uslublarni, o‘qitish shakllarini, vaziyatlarini izlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyaga suyanib, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, o‘quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishishni ta’minlash.

    Bitiruv malakaviy ishning ilmiy-amaliy ahamiyati. Geografiya keng qamrovli fan bo‘lib, o’quvchilarga bilim berganda tabiat va jamiyat orasidagi aloqadorlik ularning ongiga singdirib boriladi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish-o‘quvchilarni o‘zini-o‘zi boshqarishga, mavzu to‘g‘risidagi axborotlarni kengroq uzatish va qabul qilishga, dars mobaynida monitoring olib borishga, o‘quvchilarni vatanparvarlik g‘oyalari bilan tarbiyalash va yana bir qancha insoniy fazilatlar bilan ta’lim-tarbiya berishga xizmat qiladi.

    Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va jadvallardan iborat.

    I. BOB. GEOGRAFIYADA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”

    tasodifan paydo bo‘lgani yo‘q-bu aynan

    shu xalqimizning qon-qoniga singigan

    ma’rifat qonuniyatining davomi.1
    I.A. KARIMOV
    “Bir narsa ravshan-ishchilar va injener – texnik kadrlar tayyorlashning tarkib topgan sistemasini tubdan yangilash talab qilinadi...

    Moddiy bazani mustahkamlash, kadrlar masalasi, ma’naviy ehtiyojlar-bularning hammasi diqqat-e’tiborimizda bo‘lishi kerak. bu gap tarixiy va madaniy meros masalalariga, asossiz tarzda unutib yuborilgan xalq an’analarini va udumlarini tiklashga ham to‘la taalluqlidir”.2



    1.1. Innavatsion ta’lim texnologiyalari haqida

    Geografik bilimlarga oid ilk tasavvurlar aynan bola atrofidagi damni his etishdan boshlanadi. Buning metodik jihatlarini yaratish O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim Vazirligi tasarrufidagi tegishli o‘quv-metodik bo‘linmalar tomonidan ishlab chiqilishi lozim.

    Maktabda matematika, fizika, ona tili, xorijiy tillar kabi o‘quv kurslarining o‘qitilish qoidasidan kelib chiqqan tarzda geografik ta’lim, uning yo‘nalishlari va obektlari nomlari bilan emas, bolalarning yoshi jismoniy imkoniyatlari va psixologik xususiyatlarini inobatga oluvchi sinflar bilan farq qiladi, xolos. Albatta, bunda bilim olib oddiydan -murakkabga tomon iyerarxik pog‘onalash, ya’ni tizimlash asosida tashkil etiladi.

    Uzluksiz geografik ta’lim milliy ta’lim tizimining barcha bosqichlarini o‘zida qamrab oluvchi va iyerarxik pog‘ona joylashtiruvchi bilim berishni oddiydan murakkab tomonga olib boruvchi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ko‘ziga yaqqol tashlanayotgan ularni “Atrof-olamga sayohat” ruknida bolalarga ochiq havoda tanishtiruv sohalarini saotlarini o‘tkazish va rasmlar chizdirish tavsiya etiladi. Barchada esa bolalarga ochiq havoda tanishtiruv soatlarini o‘tkazish va rasmlar chizdirish tavsiya etiladi. Bog‘chada esa bolalarga atrof olam haqidagi she’rlarni yodlatish va turli o‘yinlarni o‘ynatish lozim. “Ertaliklarni” nafaqat milliy bayramlarga, balki 22-mart xalqaro suv kuni, 22-aprel xalqaro Yer planetasi kuni, 5-iyun butun jahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni, 22-sentabr-Xalqaro turizm kuni, 6-oktabr-Yashash hududlarini muhofaza qilish kuniga” bag‘ishlangan o‘tkazish mumkin. Umumiy o‘rta maktab o‘z nomi bilan umumiy, shuning uchun ham unda o‘qitilayotgan “Geografiya” mantiqan umumiy bo‘lmog‘i lozim. Chunki yuqorida ko‘rindiki, u nafaqat janubiy yoki iqtisodiy geografiyadan balki o‘nlab boshqa fanlardan tarkib topgan geografik fanlar tizimidan iborat. U o‘z aksini uzluksiz ta’lim bosqichlarida topishi lozim.

    Tabiiy yo‘nalishdagi ixtisoslashgan maktablarda geografik ta’lim 1-sinfdan umumta’lim maktablarida esa 5-sinfdan boshlangani ma’qul. Maktabda umumlashtirilgan geografiya hozirgidek tabiiy va iqtisodiy geografik bilimlarni berishga asoslanmaydi.

    Yakuniy maktab geografiyasi “O‘zbekiston geografiyasi” o‘quv kursi bilan yakunlanadi. Chunki yoshlarning barchasida milliy g‘oya va g‘ururini shakllantirish maqsadida “O‘zbekiston tarixi”, o‘quv kursi bilan bir qatorda “O‘zbekiston geografiyasi”ni o‘qitish maqsadga muvofiqdir. Bu uning davlat va jamiyat uchun naqadar zarurligini ko‘rsatadi va uning umum majburiy xususiyatlarini namoyon etadi hamda yagona maqsad sari intiltiradi.

    O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limga geografiya faqatgina “Amaliy geografiya” tariqasida emas, balki deffirensiyalashgan holda ixtisoslashgan tarzda kirib kelishi lozim.

    Akademik litseylarning nogeografik ta’lim muassasalarida, oliy ta’lim talablaridan kelib chiqqan tarzda, aniq fanlar yo‘nalishida, “Umumiy geografiya”, qolganlarida esa huddi shu nomdagi geografik fanlarni o‘zlashtirish kerak.

    Agarda respublikamizda kelgusida maxsus geografik akademik litseylar ochilsa uning 3 yillik ta’lim bosqichining birinchi kunida “geografiya asoslari”, so‘ngra o‘sha zamonga mos hamda kasbga yo‘naltiruvchi geografik, bilim berish maqsadga muvofiqdir.

    O‘rta darajadagi kasbni egallash uchun kollejlarga o‘qishga kirgan talabalarga geografik bilim ularning jonlangan yo‘nalishlariga mos ravishda o‘tilishi mantiqan to‘g‘ri deb hisoblaymiz. Masalan: pedagogika kollejlarida o‘quvchiga “geografiya o‘qitish metodikasi” o‘quv kursini o‘tish ham qarz ham farzdir. Yangi iqtisodiyot va servis kollejlarida “Iqtisodiy geografiya”, “Rekreatsion geografiya” yoki “Turizm geografiyasi”ni o‘tish foydadan holi emas. Bu bilan biz o‘quvchilarga mehnat faoliyatlarida kerakli bo‘lgan geografik bilim va ko‘nikma berayapmiz. Ularni ishga joylashishlarini osonlashtirmoqdamiz.

    Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talaba (o’quvchilar)ni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilib kelingan edi. Bunday usul talaba (o’quvchilar) da mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so’ndirar edi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innavatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan- kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo’llanilgan mashg’ulotlar talaba (o’quvchilar) egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv jarayonida talaba (o’quvchilar) asosiy figuraga aylanadi.

    Pedagog – olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida Nega o’qitamiz? Nimaga o’qitamiz? Qanday o’qitamiz? Savollariga javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib samarali va natijali o’qitish mumkin? – degan savoliga ham javob qidirdilar.

    Bu esa, olim va amaliyotchilarni o’quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o’qitishni ishlab - chiqarishga oid aniq, kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urunib ko’rish mumkin, degan fikrga olib keldi.

    Bunday fikrning tug’ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo’nalaishini yuzaga keltirdi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o’quv – tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:



    Download 0,58 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




    Download 0,58 Mb.